Zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Ilk o’rta asrda tasavvuf va islom ilohitshunoslik ta’limotlari. Ularning dunqarash mazmuni



Download 3,89 Mb.
bet25/442
Sana19.04.2022
Hajmi3,89 Mb.
#564528
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   442
Bog'liq
FALSAFA MAJMUA 2018

Ilk o’rta asrda tasavvuf va islom ilohitshunoslik ta’limotlari. Ularning dunqarash mazmuni. Tasavvuf o`rta asrlar musulmon Sharqida keng tarqaladi. Bu ta'limot dastlab VIII asr o`rtalarida Iroqda yuzaga kelgan. Tasavvuf ta'limoti asosida inson faoliyati va uning kamoloti yotadi. Turkiston va Movarounnahrning turli o`lkalarida tasavvufning turli tariqatlari paydo bo`ladi. Turkistonda XII asrda Yassaviya, XII asr oxirida Xorazmda Kubroviya, XIV asrda Buxoroda Naqshbandiya va boshqalar vujudga keladi. Movarounnahrda keng yoyilgan tasavvuf Yassaviya tariqati bo`lib, unga Ahmad Yassaviy asos soladi. Tariqatning asoslari Yassaviyning mashhur "Hikmat" asarida bayon etiladi. Ahmad Yassaviyning fikricha, shariatsiz tariqat, tariqatsiz ma'rifat, ma'rifatsiz haqiqat bo`la olmaydi. Ularning har biri ikkinchisini to`ldiradi va takomillashtiradi. Yassaviy tariqatining asosida kamolotga uzlat va tarkidunyochilik orqali yetishish g`oyasi olg`a suriladi. Unga faqat bu dunyo rohati va farog`atidan voz kechib, uzlatda toat va ibodat yo`lida zahmat chekib, mashaqqatli mehnat qila olgan kishigina yetib boradi. Xullas, Yassaviy tariqatida mashaqqatli mehnat va aziyat shariat yo`lida bo`lmog`i hamda tarkidunyochilik targ`ib etilsa-da, inson zoti sharif darajasida ulug`lanadi. Insonning har qanday mol-dunyodan va davlatdan ustun turishi ta'kidlanadi.
Tasavvuf ta'limotining buyuk siymolaridan yana biri Najmiddin Kubro (1145-1221) edi. U Xorazmda "Kubroviya" tariqatiga asos soladi. Yassaviy tariqatidan farqli o`laroq, Kubroviya tariqati tarkidunyochilikni rad etadi. Kamolot yo`lida olib boriladigan mashaqqatli mehnat jarayonida bu dunyo noz-ne'matlaridan bahramand bo`lishning joizligi g`oyasi ilgari suriladi. Kubroviya tariqatida xalqqa va Vatanga bo`lgan muhabbat nihoyatda kuchli bo`lib, har qanday og`ir damlarda ham omma bilan birga bo`lish, Vatanni mudofaa qilish va uning mustaqilligi uchun kurashga da'vat etiladi.
Tasavvuf XIV asrda naqshbandiya tariqatida yanada rivoj to’adi. _ Unga Bahouddin Naqshband asos soladi. U 1318-yilda Buxoro yaqinida Qasri Hinduvon qishlog`ida matolarga naqsh bosuvchi hunarmand oilasida dunyoga keladi. Yoshligida o`qish va ta'lim olish bilan bir qatorda kimxob matoga gul bosishni ‘uxta o`rganib, ota kasbi naqqoshlikni egallagan.
Xoja Bahouddin "Hayotnoma" va "Dalil al-oshiqin" nomli asarlar , yozib, o`z tariqatini yaratadi. Naqshbandiya tariqati Movarounnahr, Xuroson va Xorazmda keng tarqaladi. Naqshbandiya tariqati insonlarni halol va pok bo`lishga, o`z mehnati bilan kun kechirishga, muhtojlarga xayr-ehson berishga, sofdil va kamtar bo`lishga chaqiradi. Uning "Dil ba yoru dast ba kor" ("ko`ngil Allohda bo`lsin-u, qo'1 ish bilan band bo`lsin") degan hikmati Naqshbandiya tariqatining hayotiy mohiyatini ifodalaydi. U tarkidunyochilikni rad etib, mehnatsevarlik, odillik va bilimdonlikni targ`ib etadi. Naqshbandiya ta'limoti taraqqiyotiga keyingi asrlarda Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Xo`ja Ahror kabi buyuk allomalar katta hissa qo`shadilar.
Mustaqillik sharofati bilan Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro singari bobokalonlarimizning aziz nomlari tiklandi, qadamjolari obod etildi. Asarlari chop etilib, ularning bebaho ma'naviy meroslaridan hozirgi avlodlar bahramand bo`lmoqdalar.
Mafkura — ma'lum maqsadni ro`yobga chiqarish uchun xizmat qiluvchi g'oyalar yig'indisi.
Tasavvuf (sufiylik) - musulmonlarni halollikka, poklikka, tenglikka, inson qadr-qimmatini yerga urmaslikka chorlovchi, har kimni o`zining halol mehnati bilan yashashga, boshqalarnlng kuchidan foydalanmaslikka davat etuvchi ta'limot.
Tariqat — tasavvuf qoidalarlga amal qllib yashash, ya'ni, komil inson darajasiga erishishni ko`rsatuvchi to'g'ri yo'l.

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish