Zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Download 3,89 Mb.
bet238/442
Sana19.04.2022
Hajmi3,89 Mb.
#564528
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   442
Bog'liq
FALSAFA MAJMUA 2018

Hayolilik. Bu me’yor xulqiy go’zallikning asosiy belgilaridan hisoblanadi. U, garchand, bir qarashda, uyat hissi bilan o’xshash bo’lsa–da, aslida o’zini ko’proq andisha va iboga yaqin fazilat tarzida namoyon qiladi, unda axloqiy mohiyat estetik xususiyat – nafosat bilan uyg’unlashib ketadi. Hayodan odatda, inson qizaradi, bu qizarish, ayniqsa xotin–qizlarda ichki go’zallikning yuzga tepchib chiqishiga sabab bo’ladi va alohida bir nafislikni, mayinlikni vujudga keltiradi. Insonning o’zi sodir etgan yoki boshqalar vositasida amalga oshirilgan axloqiylikka zid xatti–harakatlardan noqulay vaziyatga tushishi, o’ng’aysizlanishi, mulzam bo’lishi uyat hissida ham mavjud. Lekin bu holatlar uyatda ijtimoiylik kasb etgan bo’ladi, shu sababli ular xatti–harakat sodir qilingandan so’ng ham davom etadi va ko’p hollarda vijdon azobiga aylanadi. Hayotda esa mazkur holatlar sof ma’naviy tabiatga ega va vaqt doirasida cheklangan bo’lib, ular xatti–harakat sodir etilayotgan paytdagina yuzaga chiqadi.
SHarq donishmandlari, xususan, Abu Lays as–Samarqandiy, G’azzoliy, Navoiy kabi allomalar, keyinroq esa Avloniy, Fitrat singari jadid mutafakkirlari, hayoni yuksak axloqiy qadriyat sifatida olib qaraganlar, uni ikkiga – odamlar oldidagi hayoga va Alloh oldidagi hayoga ajratganlar hamda nomusning bir ko’rinishi deb ta’riflaganlar. CHunonchi, «Hayo, – deb yozadi Abdulla Avloniy «Turkiy guliston yohud axloq» asarida, – dilni ravshan qiladurgan bir nurdirki, inson har vaqt shul ma’naviy nurning ziyosiga muhtojdir… Iffatning pardasi, vijdonning niqobi hayodir»142.
Darhaqiqat, hayolilik kishining ma’naviyatli, ma’rifatli, nomusli, ochiq ko’ngilli ekanini anglatadi, uning ziddi behayolik esa, aksincha, ma’naviyatsizlik, nopoklikka moyillik, qalban qattiqlik kabi illatlar bilan xarakterlanadi.
Bugungi kunda hayolilik alohida ahamiyatga ega. Turli tsivilizatsiyalarning o’zaro aloqalari, ba’zan esa omuxtalashuvi, urbanizatsiya, modaparastlik singari zamonaviy hodisalar o’zbek oilasidagi an’anaviy hayolilikka ma’lum ma’noda salbiy ta’sir ko’rsatayotir, ayniqsa xotin–qizlar va yoshlarning o’zini tutishida, muomalasida, kiyinishida bu ta’sirni yaqqol sezish mumkin. SHu sababli oiladagi va maktabdagi tarbiyada hayolilik xulqiy go’zallik, nazokat; behayolik esa xulqiy xunuklik va qo’pollik ekanini uqdirish shaxs erkinligining doimo o’zgalar oldida mas’uliyat bilan bog’liqligini izchil ravishda tushuntirib borish muhim vazifalardan biri.

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish