Zahiriddin muhammad bobur nomidagi



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/24
Sana11.01.2022
Hajmi0,83 Mb.
#345118
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
zamonaviy talimda oqituvchining tyutorlik supervizorlik va moderatorlik faoliyati

Zamonaviy pedagog shaxsi modeli ta’lim tizimini modernizatsiyalash va 

taraqqiy ettirish borasida yuzaga keladigan vazifalarning muvaffaqiyatli hal 

etilishini  ta’minlovchi,  ma’lum  sifatlarni  ta’riflovchi  hamda  mutaxassisning 

o‘z-o‘zini  rivojlantirib  borishini  aks  ettiruvchi  tamoyillarni  belgilashga 

xizmat qiladi.

 Pedagog shaxsiga qo‘yiladigan talablar asosida uning modelini 




 

ishlab chiqishda oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlarida belgilab berilgan 



quyidagi holatlar asos uchun qabul qilindi:  

  pedagogning  faoliyat  sohalari:  ta’lim;  boshqaruv



  pedagogning 

faoliyat  turlari:  o‘quv;  metodik;  tarbiyaviy;  tashkiliy;  ilmiy  (rahbarlik); 

kadrlar bilan ishlash; tadbirkorlik; ekspertlik va boshqalar. 

 pedagog faoliyat yurituvchi muassasalar: maktagacha ta’lim; umumiy 



o‘rta  ta’lim;  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi;  oliy  ta’lim;  oliy  ta’limdan 

keyingi ta’lim; maktabdan tashqari ta’lim; ta’limni boshqarish organlari. 

Pedagog  shaxsiga  qo‘yiladigan  talablar  mazmuni  asoslandi  va  ularning 

har biriga tavsif berildi.  

1. 

Pedagog kadrlarga qo‘yiladigan ijtimoiy buyurtma

.  


Davlat  va  jamiyat  rivojining  har  bir  bosqichi  shaxs,  jamiyat  va 

davlatning  ijtimoiy,  iqtisodiy,  ilmiy-texnikaviy,  ma’naviy-ma’rifiy  va 

madaniy  ehtiyojlaridan  kelib  chiqqan  holda  ta’lim  tizimi  oldiga  muayyan 

ijtimoiy buyurtmalarni qo‘yadi.  

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va Kadrlar 

tayyorlash  milliy  dasturida  uzluksiz  ta’lim  tizimi  oldiga  har  tomonlama 

kamol  topgan,  ta’lim  va  kasb-hunar  dasturlarini  ongli  ravishda  tanlagan  va 

puxta 


o‘zlashtirgan,  ijtimoiy-siyosiy,  huquqiy,  psixologik-pedagogik 

bilimlarga ega, jamiyat, davlat va oila oldidagi o‘z javobgarligini his etadigan 

fuqarolarni tarbiyalash bilan bog‘liq ijtimoiy buyurtmalar belgilab berilgan.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  farmon,  qaror  va  asarlarida 

jamiyatimizda 

amalga 


oshirilayotgan 

ijtimoiy-iqtisodiy, 

mafkuraviy, 

ma’naviy-ma’rifiy  o‘zgarishlar,  huquqiy-demokratik  jamiyat  qurish 

tamoyillari  o‘z  aksini  topgan.  Jumladan,  “Milliy  g‘oya:  asosiy  tushuncha va 

tamoyillar”  nomli  risolada  ta’lim  tizimi  oldiga  quyidagi  buyurtmalar 

qo‘yilgan:  yoshlarni  ma’naviy-ahloqiy  tarbiyalash  va  ma’rifiy  ishlar¬ning 



10 

 

samarali 



shakllari 

va 


usullarini 

ishlab 


chiqish 

va 


joriy 

etish; 


yangi  pedagogik  va  axborot  texnologiyalari,  tayyorgarlikning  modul 

tizimidan 

foydalangan 

holda 


o‘qitishni  samaradorligini  oshirish; 

xalqning  boy  ma’naviy  va  intellektual  merosi  va  umumbashariy  qadriyatlar 

asosida 

ta’limning 

insonparvarlik 

yo‘nalishini 

ta’minlash; 

o‘quv-uslubiy  majmualarning  hamda  ta’lim  jarayoni  didaktik  va  axborot 

ta’minotining 

yangi 


avlodini 

ishlab 


chiqish 

va 


joriy 

etish; 


o‘quv  jarayonini  yuqori  sifatli  o‘quv  adabiyotlari  va  ilg‘or  pedagogik 

texnologiyalar  bilan  ta’minlashni  amalga  oshirish;  milliy  mustaqillik 

prinsiplari  va  xalqning  boy  intellektual  merosi  hamda  umumbashariy 

qadriyatlar  ustuvorligi  asosida  ta’limning  barcha  darajalari  va  bo‘g‘inlarida 

yoshlarning  ma’naviy  va  ahloqiy  sifatlarini  rivojlantirish;  yoshlar  ongi  va 

qalbiga  milliy  g‘oya  va  mafkurani  singdirish,  ta’lim  muassasalarida 

mafkuraviy  tarbiyani  bugungi  kun  darajasiga  ko‘tarish;  ta’lim  berishning 

barcha  darajalarida  ta’lim  oluvchilarni  huquqiy,  iqtisodiy,  ekologik  va 

sanitariya-gigienik  ta’limi  hamda  tarbiyasini  takomillashtirish;  yuqori 

malakali pedagogik kadrlar tayyorlash, ta’lim tizimining kadrlar salohiyatini 

tubdan  yaxshilash,  pedagoglarning  kasbiy  nufusini  oshirish,  ta’lim 

muassasalarini  maxsus  tayyorlangan  malakali  pedagog  kadrlar  bilan 

ta’minlash,  ularning  faoliyatida  raqobatga  asoslangan  muhitni  vujudga 

keltirish; 

pedagog 

kadrlarning 

mafkura 

borasidagi 

bilimlarini 

chuqurlashtirish.  

Jamiyatda  kechayotgan  ijtimoiy-iqtisodiy  va  madaniy  o‘zgarishlar 

evolyusion  tarzda  ta’lim  tizimining  yangi  mazmun  kasb  etishini  ta’minladi, 

ilg‘or  g‘oyalarni  o‘zida  namoyon  etuvchi  ta’limiy  qadriyatlar  shakllandi. 

Umuminsoniy,  ma’naviy-axloqiy,  kasbiy  ahamiyatli  qadriyatlar  pedagog 

shaxsini  tarbiyalashga  xizmat  qilishi,  uning  qadr-qimmatini  oshirishi,  shaxs 



11 

 

omilining  ta’lim-tarbiya  jarayonlarining  etakchi  sub’ekti  va  ob’ekti  sifatida 



tan  olinishini  ta’minlashi,  unda  ijodiy  fikrlash,  shuningdek,  ijtimoiy  faollik 

ko‘nikmalarini  shakllantirishga  yordam  berishi  bilan  ahamiyatlidir. 

Binobarin,  barkamol  shaxs  va  malakali  mutaxassisni  tarbiyalab  voyaga 

etkazishga  bo‘lgan  ehtiyoj  rivojlanayotgan  hamda  yangicha  ijtimoiy 

munosabalar  qaror  topayotgan  mavjud  sharoitda  yanada  dolzarb  xususiyat 

kasb etadi.  

Davlat  ta’lim  standarti  ta’limning  zarur,  etarli  darajada  hamda  o‘quv 

yuklamalar  hajmiga  qo‘yiladigan  asosiy  davlat  talablari  hamda  kadrlar 

tayyorlash  sifatini  baholashni  belgilab  beruvchi  mezon  bo‘lib,  u  “Ta’lim 

to‘g‘risida”gi  Qonun,  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi,  O‘zbekiston 

Respublikasining birinchi Prezidentining farmon, qaror va asarlarida belgilab 

berilgan  vazifalar  hamda  pedagog  shaxsini  shakllantirishda  umuminsoniy, 

ma’naviy-axloqiy, kasbiy ahamiyatli qadriyatlarni o‘zida mujassamlashtiradi. 

SHuningdek,  davlat  ta’lim  standartlarida  kasbiy  bilim,  ko‘nikma  va 

malakalarni  shakllantirish,  bo‘lajak  mutaxassislar  kasbiy  shakllanish 

jarayonining  sub’ekti  sifatida  ishtirok  etishining  pedagogik  shart-sharoitlari, 

mexanizm, metod va texnologiyalari belgilab berilgan. 


Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish