Tadqiqotning ob’ekti –kechikuvchisiz vakechikuvchi argumentli differensial tenglama bilan tavsiflanuvchi tizimga nisbatan differensial o‘yinlar nazariyasining quvish masalalari.
Tadqiqotning predmeti - o‘yinchilarning boshqaruviga integral chegarala-nishlar qo‘yilgan hollarda kechikuvchisiz vakechikuvchi argumentli chiziqli differensial tenglama bilan tavsiflangan quvish masalasini hal etishdan iborat.
Tadqiqotning maqsadi.Mazkur dissertatsiya ishining asosiy maqsadi kechikuvchisiz vakechikuvchi argumentli differensial tenglama bilan tavsif-lanuvchi ziddiyatli holatlarni hal etishdan, ya’ni o‘yinchilarning boshqaruv-lariga integral chegaralanishlar qo‘yilgan hollarda masalalarni hal qilishdan iborat.
Tadqiqotning asosiy masalalari va vazifalari: kechikuvchisiz vakechikuvchi argumentli chiziqlidifferensial tenglama bilan tavsiflanuvchi chiziqli differensial o‘yinda o‘yinchilarning boshqaruvlariga integral chegaralanishlar qo‘yilgan hollarda yo‘nalish bo‘yicha quvishni tugallash uchun yangi etarli shartlarni topish;
kechikuvchisiz vakechikuvchi argumentli chiziqlidifferensial tenglama bilan tavsiflangan chiziqli masalani hal etish uchun L.S.Pontryagin, M.S.Nikolskiy va N.YU.Satimovlarning etarli shartlari ko‘rinishidagi etarli shartlarni olish.
O‘yinchilar boshqaruvlariga integral chegaralanishlar qo‘yilgan holda o‘yinni tugallanishi mumkinligi uchun har-hil yondashuvlarni ishlab (taklif qilish) chiqish;
kechikuvchisiz vakechikishli chiziqli o‘yinda o‘yinchilarning boshqaruv-lariga integral chegaralanishlar qo‘yilgan hollarda olingan natijalarni misollarga qo‘llash;
o‘yinchilar boshqaruvlariga integral chegaralanishlar qo‘yilganda o‘yinni yo‘nalishlar bo‘yicha quvish usuli orqali yakunlash va o‘yinni tugallash uchun quvuchining aniq boshqaruvini qurish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligiquyidagilardan iborat:
kechikuvchisiz vakechikuvchi argumentli chiziqli differensial o‘yinda o‘yinchilarning boshqaruvlariga integralchegaralanishlar qo‘yilgan holda quvish masalasini hal etish uchun etarli shartlar topilgan.
Quvishning birinchi va uchinchi usullarining modifikatsiyasi yordamida chekli vaqtda ta’qib qilish masalasini hal etish uchun etarli shartlarni olishning turli sxemalari topilgan;
quvishning uchinchi usulini analogi ishlab chiqildi va uni quvish masalasini echish uchun tadbiq etilgan. Olingan natijalar kechikuvchisiz vakechikuvchi argumentli differensial tenglamalar uchun oldin ma’lum bo‘lgan etarli shartlardan farq qiladi;
Quvish ning birinchi va uchinchi usullarining modifikatsiyasi yordamida boshqaruvlarga integral chegaralar qo‘yilgan holda o‘yinni tugallash uchun etarli shartlar olingan.