Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti tarix fakulteti


Qo’qon xonligida madaniyat,ilm-fan va adabiyot



Download 36,25 Kb.
bet3/5
Sana23.07.2022
Hajmi36,25 Kb.
#845151
1   2   3   4   5
Bog'liq
qo\'qon madaniyati

2. Qo’qon xonligida madaniyat,ilm-fan va adabiyot
Qoʻqon xonligining XVIII–XIX asrlar 1-yarmida kechgan madaniy hayotida ham sezilarli ijobiy oʻzgarishlar va siljishlar yuz berib borganligi ayondir. XIX asrda Qo'qon xonligida tarixnavislik sezilarli ravishda oʻsib borgan. Oldinlari yozilgan bir necha tarixiy asarlar fors va arab tillaridan oʻzbek tiliga tarjima qilindi va yangi kitoblar yozildi. Bu yangi asarlarning oʻziga xos xususiyatlari ham bor edi – ularning ayrimlari sheʼriy yoki qisman sheʼriy yoʻlda yozildi.Bu esa qoʻqonlik tarixchilarning adabiyotni yaxshi bilibgina qolmay, oʻzlari ham sheʼriyatda qalam tebratganliklarini koʻrsatadi.Mas, "Tarixi jahonnamoyi" (Junayd Mullo Avazmuhammad Mullo Roʻzi Muhammad soʻfi oʻgʻli), "Shohnoma" (Abdulkarim Fazliy Namangoniy), "Shohnomayi Umarxoniy" (Mirzo Qalandar Mushrif Isfaragiy, u Fazliy Namangoniyning "Zafarnoma" asarini nasriy qilib yozgan). "Muntaxab at-tavorix" (Xoʻja Muhammad Hakimxon-toʻra bin Sayid Maʼsumxon), "Tarixi Shohruxiy" ("Tarixi sayyidi Xudoyorxon", Mullo Niyoz Muhammad Xoʻqandiy Niyoziy bin Mullo bin Ashur Muhammad Xoʻqandiy), "Tarixi jadidai Toshkand (Muhammad Solihxoʻja ibn Qorixoʻja), "Shohnoma" (Mahzun Ziyovuddin Xoʻqandiy), "Jangnomai Xudoyorxon" (Shavqiy Namangoniy) va boshqalar.
“XIX asr boshlarida shakllangan Qoʻqon adabiy muhiti ham xonlikning madaniy hayotida katta oʻrin tutgan.Qoʻqon hukmdorlarining qator namo-yandalari temuriylar anʼanasini davom ettirib, oʻzlari ham ilm-maʼri-fat bilan shugʻullanib, bu sohani rav-naq topdirishga katta saʼy-harakat qilganlar. Ayniqsa, bunda Qoʻqon xonlaridan Umarxon (1810–1822) va muhammad Alixon (1822–1841) davrlari yaqqol ajralib turadi.
Xususan, Akmal (Maxmurning otasi), Amiriy (Qoʻqon xoni Umarxon), Boqixontoʻra, Muhammad Sharif, Gulxaniy, Maxmur (Mahmud), Muntazir, Nizomiy Xoʻqandiy (asl nomi Nizomiddin Muhammadaminxoʻja oʻgʻli), Nodir, Nozil Muhammad Avaz, Avazmuham-mad Yormuhammad oʻgʻli Pisandiy, Fazliy Namangoniy, Gʻoziy singari shoirlar xalq ichida mashhur edilar. Qoʻqon adabiy muhitining yana bir muhim xarakterli jihati shundaki, bu davrda oʻzbek va fors-tojik tilida bab-baravar qalam tebratgan bir qator taniqli va mashhur oʻzbek shoiralari isteʼdodi keng rivoj topdi. Mas, Dilshod otin, Zebuniso, Zinnat, Moh-zoda Begim, Mahzuna, Mushtariy, Nodira, Nozuk Xonim, Uvaysiylarning ijodi ayricha ahamiyatga molik-dir.”1
Qoʻqon adabiy muhitining samarali taʼsiri oʻlaroq bu yurtdan keyinchalik Muqimiy, Furqat, Zavqiy va boshqa yetuk badiiy soʻz sanʼatkorlari yetishib chiqdilar va oʻz xalqining erki, hurligi va ozodligi uchun xizmat qildilar. Umuman olganda, XIX asrning oʻrtalariga kelib, Oʻrta Osiyo xonliklarida adabiyot va tarixshunoslik bilan bir qatorda mat., tibbiyot, geogr., astro-nomiyaga oid hamda diniy asarlar yara-tildi. Bu xonliklarda miniatyura va xattotlik sanʼati ham oʻz oʻrniga ega. Bu davrning madaniy hayotida dorbozlik, askiya, qoʻgʻirchoq teatri, masxa-rabozlik, ayniqsa, bastakorlik bir-muncha rivojlandi.
Qo'qon xonligining barcha bekliklarida madrasa, maktab va qorixonalar mavjud edi. Madrasalarda ham diniy, ham dunyoviy fanlar boʻyicha tanilgan mudarrislar, olimlar bor boʻlganligi uchun ham bu yerga turli mamla-katlardan koʻplab talabalar kelib oʻqishgan.
XVIII-XIX asrlarga kelib O'rta Osiyoning deyarli barcha hududlaridagi ilm-fan, ta'lim va ma'rifat sohalarida diniy ta'limotlar hukmronlik qila boshladi. Boshlang'ich maktablarda ham, madrasalarda ham asosiy e'tibor diniy ta'lim berishga qaratilgan.Diniy fanlarni o'qitish madrasalarning asosiy vazifasi hisoblanib, dunyoviy fanlar, ayniqsa, tabiiy fanlar taraqqiyotida bir muncha turg'unlik kuzatiladi.Madaniy hayotda yuzaga kelgan bunday vaziyat Qo'qon xonligidagi ilm-fanning ahvoliga, ayniqsa, bu soha rovojining biryoqlamalik xususiyatiga sabab bo'lgan edi.
Bu davrda aniq va tabiiy fanlarning xo'jalik va maishiy hayotda, ya'ni amaliyotda qo'llaniladigan sohalarigagina e'tibor qaratilgan. Kundalik turmushda tibbiyot, me'morchilikda matematika va handasa, sug'orma dehqonchilikda o'simlikshunoslik, gidrologiya va muhandislik ilmidan foydalanilgan. Shunga ko'ra, xonlikda aniq va tabiiy fanlardan tibbiyot, geografiya, tabiatshunoslik fanlari bilan shug'ullangan olimlarni ko'rsatish mumkin.Toshkentlik Muhammad Solih (Qaroxo'ja eshon domla) o'lkashunos-geograf, tabiatshunos-zoolog olim sifatida ijod qilgan. U o'zining “Tarixi jadidai Toshkand”(“Toshkentning yangi tarixi”) asarida Toshkent shahri va vohasining geografiyasi, toponimikasi, o'simlik olamini yoritgan. Tabobat bilan shug'ullangan Mullo Avaz Muhammad tibbiyotga oid “Mavarix al-qulub”(“Qalblar sururi”) nomli asar muallifidir. U tabib sifatida bemorlarini o'tlar (giyohlar) yordamida davolash bilan ham mashhur bo'lgan.
Xo'jandlik Hoji Yusuf Hay'atiy eski maktabda tahsil olib, o'zi mustaqil ravishda astronimiya, tabiat, geografiya fanlarini o'rgangan.Dunyoning ko'pgina mamlakatlariga sayohat qilgan Hoji Yusuf uzoq yillar davomida o'zining “Falakiyot”nomli asarini yaratgan.Ammo ushbu asar bizning kunlarimizgacha yetib kelmagan. Qo'qonlik Muhammad Hakimxonto'ra o'zining “Muntaxab ut-tavorix” (“Saylangan tarixlar”) asarida Turkistonga oid geografik va seysmologik ma'lumotlar berib, 1823 yilda Farg'onada yuz bergan zilzila haqida batafsil bayon qilgan. Uning geografiyaga oid ma'lumotlari esa O'rta Osiyo geografik adabiyotining sarguzasht-sayohat janri bo'la oladi.
“Umuman olganda, xonlikda aniq va tabiiy fanlar o'z rivojida davr talablaridan orqada qolib ketgan bo'lsa-da, ijtimoiy -gumanitar fanlardan tarix va tarixnavislik, adabiyot ko'proq rivojlandi.Qo'qon tarixnavislik maktabiga mansub asarlar she'riy yoki qisman she'riy uslub yo'lida yozilganligi bilan ajralib turadi.Garchi bu davrda yaratilgan tarixiy asarlarda maqtov, balandparvoz gaplar, hukmdor shaxsini ulug'lash kabi xususiyatlar ko'zga tashlansada, bu asarlar o'z davrining mahsuli sifatida, o'sha davr haqida ma'lumot beruvchi muhim manbalar sifatida juda qimmatlidir.
Bular qatoriga Niyoz Muhammad Ho'qandiyning “Tarixi Shohruhiy”, Mirza Olim ibn Mirza Raxim Toshkandiyning “Ansab-ul salotin va tavorix ul-xavoqin”, Otabek Fozil o'g'lining “Mufassal tarixi Farg'ona”, Akmal Shermuhammad Xo'qandiyning “Amirnoma”, Fazliy Farg'oniyning “Umarnoma”, Mirzo Qalandar Mushrifning “Shohnomai Nusratpayom”, Muhammad Hakimxonto'raning “Muntaxab at-tavorix”, Mullo Avaz Muhammadning “Tarixi jahonnamoyi”, Toxiri Xo'jandiyning “G'aroyibi sipoh” kabi ko'plab tarixiy asarlarni kiritish mumkin.”1
Qo'qon xonligi madaniy hayotida adabiyotning o'rni ayniqsa yuqori edi.Shuning uchun adabiyot rivojiga katta ta'sir ko'rsatgan Qo'qon adabiy muhitining shakllanishi xonlikda madaniyat taraqqiyotini belgilovchi muhim mezon bo'ldi.Iste'dodli shoir va shoiralar, yozuvchilar, ya'ni o'z ilmining ustalari tomonidan shakllangan Qo'qon adabiy muhitining o'ziga xos xususiyati – unigng vakillari ikki yo'nalishda ijod qilganliklaridadir. Birinchi yo'nalishga mansub ijodkorlar saroy shoirlari bo'lib, ularning asarlarida boy tabaqa vakillari madh etilgan. Ikkinchi yo'nalish vakillarining asarlarida esa xalqning orzu umidlari, intilishlari, dardu-hasratlari o'z ifodasini topgan. Har ikkala yo'nalish vakillarining umumiy jihati ham mavjud bo'lib, bu ularning asarlarida Vatan timsoli , unga muhabbat hissining ilgari surilganligidir.
Qo'qon adabiy muhitining vakillari va asarlaridan Amiriy taxallusi bilan falsafiy va lirik g'azallar bitgan Umarxonni, Fazliy va Mushrif tomonidan yozilgan “Majmuat ush-shuaro”(“Shoirlar to'plami”) tazkirasini, Huvaydoning “Devoni Huvaydo”, “Rohati dil” asarlarini, Gulxaniy va Maxmur asarlarini, Muhammad Yunus Toib, Muhsiniy, Nasimiy, Xo'qandiy, Nodir, Nozil, Pisandiy, Nodirabegim, Uvaysiy, Anbar otin, Dilshod, Zebuniso kabi ko'plab shoir va shoiralarnini keltirish mumkin. Tadqiqotchilarning fikricha, Qo'qon xonligidagi adabiy muhit va madaniy hayotni shakllantirishda temuriylar davriga taqlid yaqqol ko'zga tashlanadi. Buni hukmdor Umarxon davrida shakllangan, uning boshchiligida faoliyat ko'rsatgan adabiy muhit va adabiyot namoyondalari misolida, yaratilgan asarlarning shakli va janrlarida ko'rish mumkin. Madaniy hayot va adabiy muhitda ham ming sulolasini ulug'lashga intilish ustunlik qildi.



Download 36,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish