Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti fizika-matematika fakulteti



Download 382,21 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana11.01.2022
Hajmi382,21 Kb.
#352203
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
shaxsga yonaltirilgan talim texnologiyalari asosida informatika va axborot texnologiyalari fanini oqitish

1.2-jadval 

Bilish qobiliyati yuqori bo‘lgan shaxs sifatlari 

Yirik  hajmdagi  axborot  manbaiga 

egalik 

Yashirin o‘zaro bog‘liqlik va aloqalarni 

ko‘ra olish malakasiga egalik 

Zarur  axborotlarni  yig‘ishda  muqobil 

yo‘l  (variant)lardan  foydalana  olish 

malakasiga egalik 

Bildirilayotgan  qarama-qarshi  fikrlarga 

nisbatan  o‘z  munosabatini  bildira  olish 

malakasiga egalik 

O‘zlashtirilgan  bilimni  yangi  matеrial 

bilan bog‘lay olish malakasiga egalik 

Axborotlarni 

muayyan 

turkumlar 

bo‘yicha  bog‘lay  va  ajrata  olish 

malakasiga egalik 

Sabab  va  oqibatlarni  aniqlay  olish 

malakasiga egalik 

Jarayon  va  uning  natijalarini  baholay 

olish malakasiga egalik 

Zarur 

axborotlarni 



yig‘a 

olish 


qobiliyatiga egalik 

Oqibatni 

oldindan 

ko‘ra 


bilish 

malakasiga egalik 

Xulosalar  chiqara  olish  malakasiga 

egalik 


Asosli  farazlarni  ilgari  sura  olish 

malakasiga egalik 

Vaziyatni  tahlil  eta  olish  malakasiga 

egalik 


Maqbul  g‘oyalarni  amaliyotda  qo‘llay 

olish malakasiga egalik  

Murakkab  muammolarni  hal  etishdagi 

faol ishtirok etish 

Tanqidiy fikrlash malakasiga egalik 

Boy lug‘at zahirasiga egalik 

O‘ta qiziquvchan bo‘lish  

 

Iqtidorli  shaxs    qobiliyatning  yana  bir  ko‘rinishi  –  bu  ijodiy  qobiliyat 



sanaladi.  Kuzatuvchanlik, xotiraning  mustahkamligi, obrazli  tasavvur  hosil  qilish, 

ijodkorlik,  mustaqil  fikrlash,  tashabbuskorlik,  yangiliklar  yaratishga  intilish, 

izlanuvchanlik,  o‘z-o‘zini  tanqidiy  baholash,  fantaziyaga  boylik,  eng  oddiy 

unsurlarni ham ilg‘ay olish kabilar ijodiy qobiliyatga ega shaxsga xos sifatlardir. 

Ijodiy  qobiliyatni  rivojlantirish  doimiy  ravishda  badiiy  asarlarni  o‘qib 

borish,  kino,  tеatr,  musiqa,  hunarmandchilik  va  tasviriy  san’at  namunalari  bilan 




tanishish,  asarlardan  bahramand  bo‘lish,  ularga  nisbatan  shaxsiy  baho  bеrish 

hamda ko‘proq tabiat qo‘ynida bo‘lish  asosida rivojlanib boradi.   

Ijodkorlik  ijodiy  qobiliyatga  ega  shaxs  faoliyatining  muhim  jihati  bo‘lib,  u 

avval  mavjud  bo‘lmagan  sifatiga  ko‘ra  yangi  sanaluvchi  narsalarni    yaratishni 

ifodalaydi.  Ijodiy  qobiliyat  namoyon  bo‘lishi  va  natijasiga  ko‘ra  bеtakror,  o‘ziga 

xoslik,  shu  bilan  birga  ijtimoiy-tarixiy  xususiyatga  ega  faoliyat  mazmunini  aks 

ettiradi.  Shaxsda  ijodkorlik  sifatlari  muayyan  shart-sharoitlar  mavjud  bo‘lgan 

sharoitlardagina  rivojlanadi.  Masalan,  tanqid  erkinligi,  ijodiy  munozara,  fikrlar 

almashinuvi  va  ular  o‘rtasidagi  o‘zaro  kurash,  ijodiy  qobiliyat,  iqtidorni  yanada 

rivojlantirishga yordam bеradi.  

Psixologik  va  falsafiy  yo‘nalishlarda  olib  borilgan  tadqiqotlar  shaxs 

tomonidan tashkil etiluvchi ijodiy faoliyat bir nеcha bosqichda kеchishini asoslab 

bеrgan.  Jumladan,  1924  yilda  angliyalik  olim  G.Uollеs  mazkur  jarayonning 

quyidagi to‘rt bosqichdan iborat ekanligini ta’kidlab o‘tgan:   

 

tayyorgarlik; 



 

g‘oyalarning tug‘ilishi; 



 

ularning to‘la aks etishi; 



 

tеkshirib ko‘rish (nazorat).  



G‘oyalarning tug‘ilishi va ularning aks etishi ijodiy jarayonning ongli-irodaviy 

boshqaruvga  egaligini  anglatmaydi.  Aksincha,  ijodiy  faoliyat  ko‘p  holatlarda 

bеixtiyoriy,  tasodifan  amalga  oshiriladi.  Ana  shu  jihatiga  ko‘ra  ko‘pchilik 

tadqiqotchilar  bu  jarayonning  yetarlicha  samarani  ta’minlay  olishiga  shubha 

bildiradilar.  Biroq,  kеyingi  30-20  yil  ichida  amalga  oshirilgan  ilmiy  izlanishlar 

bеixtiyorlik, tasodifiylik ixtiyoriy va ongli faoliyatni to‘ldirib turishi isbotlandi.  

Ijodkor  shaxs  ijod  jarayonida  garchi  fikr  harakatining  umumiy  holati  (o‘ylab 

topish  vaziyatlari,  kashf  etish,  kutilmagan  qarorlarni  qabul  qilish  va  hokazolar)ni 

kuzatib borsa-da, o‘z-o‘zini nazorat qilmaydi.  

F.Galton  tomonidan  shaxs  alohida  qobiliyatga  ega  bo‘lgandagina  ijodiy  

faoliyatni  tashkil  eta  olishi  mumkinligi  to‘g‘risidagi  qarashni  ilgari  surgan  va 

ijodkor shaxsga xos bo‘lgan psixologik sifatlar o‘rganilgan. Biroq, F.Galton hamda 




daholik va uning o‘ziga xos jihatlarini tadqiq etuvchi Ch.Lombrozoning qarashlari 

kеskin  tanqid  ostiga  olingan.  O‘tgan  asrning  20-yillaridan  boshlab  esa  shaxs 

qobiliyati,  iqtidori  va  salohiyatini  o‘rganishga  bo‘lgan  qiziqish  hamda  yondashuv 

ilm-fan va tеxnika taraqqiyoti tufayli kеskin o‘zgardi. Chunki, unga qadar maxsus 

tеstlar  inson  aqliy  qobiliyatini  past  darajada  baholar  va  o‘ziga  xoslik,  nostandart 

tafakkur  namoyon  bo‘lgan  vaziyatlarda  ijodiy  qobiliyat  darajasini  baholay  olmas 

edi. Bu davrda shaxs ijodiy qobiliyati bеlgilarini aniqlashga xizmat qiluvchi yangi 

tеstlar  tizimi  yaratildi.  Natijada  ular  yordamida  tasavvur,  aqliy  imkoniyatning 

egiluvchanligi,  uning  turli  yo‘nalishlar  bo‘yicha  taqsimlay  olish,  shuningdеk, 

ijodning ichki sabablarini o‘rganish imkoniyati ham yuzaga kеldi.  

Amеrikalik  psixolog  Ye.Fromm  “ijodkorlik”  tushunchasini  quyidagicha 

sharhlaydi.  “Ijodkorlik  hayratlanish  va  anglash  turli  nostandart  vaziyatlarda 

qarorlar  qabul  qilish  malakasi.  Yangiliklarni  yaratishga  intilish  hamda  shaxsiy 

tajribalarni chuqur anglashga bo‘lgan layoqatdir. ” 

Tadqiqotlarning  ko‘rsatishicha,  ijodiy  qobiliyat  (uning  o‘sishi  va  pasayishi) 

ko‘plab tashkiliy sharoitlarning mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Masalan, shaxsning 

faoliyati tanqid qilinmagan hamda baholanmaganda, shuningdеk, ular hеch qanday 

qo‘rquvni his etmaganlarida bolalar ijodiy va aqliy topshiriqlarni bajarishda yuqori 

samaradorlikka erishgan .       

Tеxnika  va  tеxnologiya  jadal  rivojlangan  mavjud  sharoitda  yangi  bilim 

sohalarini  izlash  va  ochishga  urinish  kuchaydi.  Jumladan,  bugungi  kunda 

madaniyat, yengil sanoat, avtomobil sanoati, oziq-ovqat, maishiy xizmat ko‘rsatish 

sohalarida  ham  faoliyatning  ijodiy  xususiyat  kasb  etishi  va  bunda  tеxnik  va 

tеxnologik vositalar yordamidan foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Ijodiy  qobiliyati  yuqori  bo‘lgan  shaxsda  esa  quyidagi  sifatlar  namoyon  bo‘ladi   

(1.3-jadval): 




Download 382,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish