Bog’imlarda tuz to’planishi- Bargini tolqon qilib, undan olti qism va archa ignalaridan bir qisim olib, maydalab aralashtiriladi. Tayyor bo’lgan malxamdan bog’imlar og’rig’ida, bel og’rig’ida og’riq qoldiruvchi, tinchlantiruvchi vosita sifatida ishlatiladi.
Bod (revmatizm)- Bargi yoki po’slog’ini ezib, og’rigan joyga surtiladi. Yosh novdalari va barglaridan bir necha hovuchni besh litr suvga qaynatib, oyoqlar uchun vanna qilinsa, bog’im og’riqlarini qoldiradi.
Aloy- sharbati, asal va aroqdan 2:1;3 nisbatda olib, yallig’langan, og’rigan bo’g’imlarga bozillama qilinsa, nafi bor.
Limon– o’rtacha hajmdagi besh dona limonni yuvib, qig’ichdan o’tkazgach, ustiga uch litrqaynoq suv quyiladi. Zaruriyat bo’lganda ichiladi. Bir marta davolanishda uch marta ichish kerak. Bir oydan keyin yana takrorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |