O`rganilganlik darajasi. Tarixga nazar soladigan boʻlsak, tabobat borasida durdona asarlar toʻplandi, boyitilib, koʻp jildli noyob kitoblar yaratila boshlandi. Ibn Mosavayh, Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo ar-Roziy, Rabi ibn Ahmad al-Axavayniy al-Buxoriy, Abu Nasr al-Farobiy, Abul Mansur al-Qamariy, Abu Rayhon Beruniy kabi buyuk allomalar Sharq xalqi tabobatiga oʻz noyob asarlari bilan salmoqli hissa qoʻshdilar [4].
Bundan tashqari vatanimiz tarixida kimyo va dorishunoslik sohalarida keng tarixiy manbaalar talaygina. Birgina Abu Ali Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asari hozirgi vaqtda ham keng miqyosda qo’llanib kelinmoqda.
Dori moddalarining tarkibini aniqlash va ularning zamonaviy, yengil soʻriluvchi turlarini oʻrganish, kasalliklarni samarali davolovchi preparatlarni yaratish asosi ham kimyo fani va kimyo sanoatiga, kimyo asosida tibbiyotga bogʻliq hisoblanadi.
Antibiotiklar haqida N.S.Yegorov, Z.A.Vaksman, Z.B. Yermol‘eva, M.M.Shemyakin, A.S.Xoxlov, V.AManassein, A.G.Polotebnov, A.Flem G.F.Gauzey va M.G.Brajnikovalar o‘z asarlarida ma’lumotlar bergan Respublikamiz olimlaridan Sh.Irgashev, N.O`ljaboyeva kabi olimlar va tadqiqotchilar, yallig’lanish kasalliklarini davolash, oldini olish yuzasidan izlanishlar olib borganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |