Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/29
Sana18.06.2021
Hajmi0,69 Mb.
#69257
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29
Bog'liq
milliy uygonish davri adabiyotida poetik turkumlar tasnifi (1)

 

 

 

 

 

 

 

 

III BOB. POETIK TURKUMLARDA USLUB VA MAHORAT MASALASI 

III.1. POETIK TURKUMLARDA BADIIY TIL 

 

 



Badiiy  asar  tilini  o’rganish  masalasi  hamma  davrlar  uchun  dolzarb  bo’lib  kelgan.  XIX  asr 

ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida o’zbek adabiyotida maydonga kelgan she’riy asarlarning tilini 

o’rganish bevosita jamiyatdagi voqea va hodisalar bilan bog’liq. Chunki tilda muayyan jamiyatning, 

millatning,  xalqning  ruhi,  qiyofasi  aks  etadi.  ―Badiiy  matnning  tili  uning  mavzui,  muammosi  va 

g’oyasi  bilan  chambarchas  bog’liq.  Til  orqali  obraz  va  manzaralar  yaratilar  ekan,  ularning 

mohiyatini  ochib  ko’rsatadigan  so’z  va  iboralar  tanlanadi,  asl  va  ko’chma  ma’noli  so’zlar 

qo’llanadi,  ularning  sinonim  va  antonimlaridan,  umumxalq  tilining  gap  qurilishi  usullaridan, 



36 

 

arxaizm  va  jargonlaridan  foydalanadi‖



1

.  Biz  so’z  yuritayotgan  davr  she’riyatining  o’ziga  xos 

jihatlari  shundaki,  adabiyotimizdagi  an’analar  davom  etgani  holda,  janr  va  uslubda,  shuningdek, 

badiiy  asar  tilida  ham  o’zgarishlar,  yangilanishlar  bo’ldi.  Masalan,  shoir  Furqatning  ―Muxammasi 

Muhammad Xudoyorxon tilidan‖ nomli muxammasi Alisher Navoiy yoki boshqa mumtoz adabiyot 

namoyandalarining  devonlarida  uchraydigan  so’zboshini  eslatadi:  ―Farg’ona  qalamravining 

farmonravosi Sayid Muhammad Xudoyorxon marhumekim, nechand yil sekkai davlat aning shohlik nobinda 

erdiva go’si saltanati jahonpanoliq bomida banogoh hazrati ahkom al-ah-komayn farmoni birla davlat humosi 

aning  boshidin  soya  ko’tarib,  raxti  zavtiyasidin  chiqib,  mehnat  bodiyasiga  tushgani  xususida  g’urbat 

vayronasida  o’zini  g’arib  ko’rub,  charxi  kajraftorni(ng)  bedodidin  shikoyat  qilib,  asosi  davlat  va  xidomi 

xashamatlarini  yod aylab, bir muncha hasratangez va nadomatomezlik birda degan so’zlarini istimo’ qilgon 

kishilar tahriridin musavvada aylab, ul marhumning o’z tilidan kamina Zokirjon Furqat muxammas shaklida 

ado  qildim‖.  Muxammas  so’zboshisidagi  ―qalamravi‖,  ―nechand‖,  ―sekkai  davlat‖,  ―go’si  saltanat‖, 

―jahonpanoliq  bomida‖,  ―hazrati  ahkom‖,  ―raxti zavtiya‖  kabi  birikmalar  arab  va  fors  tillaridan  o’zlashgan 

so’zlardir. Mumtoz adabiyotimizdagi aksariyat asarlarda forsiy va arabiy so’zlarning qo’llanishi tabiiydir. Bu 

davrda mumtoz  adabiyotimiz tili va  uslubida bitilgan she’riy  asarlar  Muqimiy,  Zavqiy,  Kamiy kabi boshqa 

ijodkorlar merosida ham ko’plab uchraydi. 

―Badiiy til – badiiy asar tili, so’z san’atining asosiy quroli, badiiy adabiyotning obraz yaratish vositasi; 

poetik til, badiiy adabiyot tili kabi shakllarda ham ishlatiladi‖

2



Mumtoz adabiyot tilining asar tili sifatida bu davrda mavjudligi, shuningdek, ijtimoiy hayot hodisalari 

tufayli paydo bo’lgan narsa va tushunchalar, ularni anglatadigan so’zlarning iste’molga kirib kelishi va badiiy 

asarlarda qo’llanishi kuzatiladi.Agar Alisher Navoiy asarlarida ―rus‖, ―o’rus‖ so’zlari xalq ma’nosida 

qo’llangan  bo’lsa,  biz  so’z  yuritayotgan  davr  she’riyatida  bu  so’z  matn  tarkibida  chorizm 

istilochilarini anglatgan. Misol uchun, ―o’rusning domiga tushtum‖, ―rusiy zaboni‖, ―o’rus urushi‖ 

kabi  so’z  birikmalarining  qo’llanishini  uchratish  mumkin.  ―Zamonadan  shikoyat‖  mazmunidagi 

poetik  turkumlar  sirasiga  mansub  Ibrat  manzumasida  so’zlashuvda  qo’llanadigan  ―fiyon‖, 

―zakunchi‖, ―desyat‖, ―traktur‖ kabi so’zlar uchraydi.  

Rus  tiliga  xos  bo’lgan  ―-kiy‖  qo’shimchasining  qo’llanishini  ―Andijon  zilzilasi‖  haqidagi 

poetik  turkumlarga  oid  she’rlarda  kuzatamiz.  ―Turkiston  viloyatining  gazetasi‖ning  1903-yil  5-

sonida  Fayoz  taxallusli  shoirning  she’ri  so’zboshisida  ―russki-kitayski  bonka‖  birikmasi 

qo’llangan.Bu davrda rus chorizmi orqali Turkiston o’lkasiga jahon madaniy hayotidagi yangiliklar 

ham  kirib  keldi.  Ijtimoiy  hayotda  paydo  bo’lgan  narsa,  tushunchalar  anglatgan  so’zlar  ham 

iste’molga,  shu  bilan  birga  badiiy  asar  tiliga  ham  o’zlashtirildi.  ―Russki-kitayski  bonka‖ 

birikmasidagi  bank  atamasi,  ya’ni  pul  saqlanadigan  va  pul  muomalasi  olib  boriladigan  joyni 

                                                           

1

Ўринбоев Б. ва бошқ. Бадиий текстнинг лингвистик таҳлили. – Т., 1990. – 23-б. 



2

 

Қуронов Д. ва бошқ. Адабиётшунослик луғати. – Тошкент: Академнашр, 2010. 52-бет.  




37 

 

anglatuvchi so’z ―bonka‖ shaklida qo’llangan va u davr uchun  yangi hodisa,  yangi so’z edi. Shoir 



Zavqiy she’rida esa hozirgi tushunchamizdagi ―seyf‖ so’zi o’ziga xos tarzda ―sanduqi ohanin‖ deb 

atalgan. 




Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish