2.1. Detalning xizmat vazifasi.
Chervyakli uzatma - vint (chervyak) va u bilan ilashadigan chervyak gildiragi vositasida ayqash vallarga aylanma harakat uzatadigan mexanizm. Harakat chervyakdagi trapetsional rezba bilan g’ildiragining yoysimon tishlari orasidagi ilashish kuchi natijasida uzatiladi. Chervyak rezbasining kirimlar soniga kura, bir, ikki va to’rt kirimli, rezba o’rami shakliga ko’ra, arximed spiralli, botiq profilli va boshqa xillarga bo’linadi. Chervyakli uzatmada uzatish soni 300 va undan katta bo’ladi va u quyidagi formula orqali aniqlanadi: /=z2/zp bunda
/ — uzatish soni, z, — chervyakning kirimlar soni, z2 — chervyak g’ildiragi tishlari soni.
Chervyakli uzatmaning boshqa uzatmalardan afzalligi tekis, shovqinsiz ishlashi, ixchamligi; kamchiligi tutashuvchi elementlar (chervyak o’rami bilan g’ildirak tishi) ning birbirining ustida nisbiy sirpanishi, foydali ish koeffitsiyenti pastligi, detallar qizib yeyilishi xisoblanadi. Chervyak g’ildiraklari yeyilishini kamaytirish uchun ular antifriksion xossali materiallar (asosan, bronza) dan, rangli metallarni tejash uchun tarkibiy materiallar (bronzapo’lat, bronzacho’yan)dan, kuchsiz uzatmalarda esa tekstolit, poliamid va boshqalardan tayyorlanadi.
Chervyakli uzatmadan mashinalarni harakatlantirishda, boshqarish qurilmalari (mac, avtomobilning rul boshqarmasi)da, metall kesish stanoklari, gidrotexnika inshootlari, ko’tarishtashish mashinalari va boshqalarda foydalaniladi.
Chervyakli uzatma - ozaro ayqash vallar orasidagi aylanma harakatni vint va u bilan ilashgan chervyak gildiragi yordamida uzatuvchi mexanizmdir. Ayqashlik burchagining qiymati har xil boladi, biroq amalda u, asosan 900 boladi.
Afzalliklari:
1. tuzilishi oddiy va ixcham.
2. radial va shovqinsiz ishlaydi.
3. ozi tormozlanuvchi qilib tayyorlanishi mumkin.
4. ishonchli ishlaydi.
Kamchiliklari:
1. F.I.K nisbatan kichik;
2. gildirak tishlarining yeyilishi;
3. gildirak uchun qimmatbaho metall (bronza) ishlatilish zarurligi. Chervyak uzatmalar, chervyak tanasining tuzilishiga qarab silindrik va globoid turlarga bo’linadi.
4 Boshlangich, bolish, ichki va sirtqi diametrlar uzatmaning asosiy parametrlari hisoblanadi. Ilashmaning qadami sifatida reykaning chervyak oqi boylab otgan tekislik bilan kesilganda xosil bolgan qadami t s modul sifatida esa shu qadamning (t s ning) P ga nisbati olinadi.
6 Chervyaklar bir kirimli yoki kop kirimli bo’ladi va Zr bilan belgilanadi. Chervyakning oramlar qirqilgan qismi uzunligi L. Chervyak gildiragining o’lchamlari bo’lish diametri d bz = m s Z z Tish uchi diametri D ez = d bz + 2 m s Tish tubi diametri D iz = d bz – 2.4m s Gildirak tishlar soni Z z >28 qilib olish tavsiya etiladi.
7 Markazlararo masofa: A= 0.5 m s (q +Z z )
Stal 35
Do'stlaringiz bilan baham: |