aylangan.
0 ‘quv adabiyotlarini tahrir qilishga ixtisoslashgan
muharrir ta’lim sohasidagi
mazkur jarayonni muntazam kuzatib
borishi va yangilanishlardan
xabardor bo‘lishi darkor. Aks holda
mehnati samarasiz ketadi, bunda faqat
iqtisodiy jihatdan emas,
balki, eng asosiysi, ta’lim sohasi
yaxshigina ma’naviy zarar ko‘radi.
Nihoyat, muayyan mavzu
bo‘yicha kitob nashr etish mumkinligi
masalasiga to'xtalamiz.
Ko‘pincha, amaliyotda shunday ham bo‘-
ladiki,
shoshma-shosharlik bilan mavzu rejaga kiritiladi, belgi-
langan
muddat ichida kitob chiqadimi, yo‘qmi ekanligi o‘ylab
ham ko‘rihnaydi: ishga kirishib, qo‘lyozmani muallif o‘z vaqtida
nashriyotga topshira oladimi; mo‘ljallangan nashmi chiqarish
uchun nashriyot moliyaviy va moddiy-texnikaviy imkoniyatga
egami; kitob foyda keltkadimi; taklif У в> talab mos keladimi;
bu va boshqa shu kabi savollami, albatta, oldindan oqilona hal
etish, har qanday ishni araalga oshirishda ko‘ndalang turadigan
tavakkalchilik (risk)ni eng kam darajaga keltirish uchun muharrir
bozor iqtisodiyotini yaxshi biladigan - marketolog sifatida
yuqoridagi savollarga javob topa bilishi kerak.
Nashr o‘z vaqtida chiqishini ta’minlash uchun muharrir kitob
ustida ishlovchi barcha bo‘linmalar fikrini bilishi, so‘ng nashming
chiqish muddatini belgilashi maqsadga muvofiqdir.
Mavzuni rejaga kiritishda, shu mavzu bo‘yicha muallifhi to‘g‘ri
tanlay bilish nashr muvaffaqiyatining garovidir.
Muallifga, uning bilimiga, tajribasiga, ijodiy imkoniyatiga ko‘p
narsa bog‘liqdir. Nashriyot ishni o‘z vaqtida olishi, qo‘lyozma asar
oldiga qo‘yiladigan barcha talablarga to‘liq javob bera oladimi,
o‘z o‘quvchisini qanoatlantiradimi va hokazolar barchasi, awalo,
muharriming malakasiga bog‘liq bo‘lib, kitobning taqdirini uning
xulosasi hal etadi. Muharriming fikri nashriyotning fikri hisoblanadi.
Uning fikriga ko‘ra asar ishlab chiqarishga qabul qilinishi yoki rad
etilishi yoxud qayta ishlash uchun muallifga qaytarilishi mumkin.
Shuni ta’kidlash o‘rinliki, mavzuli rejalashtirish, faqat mav
zuni belgilash emas, balki, mavzuni kim (muallif) qiyomiga yet-
kizib, ochib berishi xususidagi masalani qoniqarli hal etish ham-
dir. Shundagina talab darajasidagi kitob yoki broshyura dunyo
yuzini ko‘radi. Bunda muvaffaqiyat bir qator vaziyatlarga bog‘-
liqdir. Avvalo, nashriyot ilmiy tadqiqot va ijodiy muassasalar bi
lan o‘z hamkorligini qanday yo‘lga qo‘yganligiga, qolaversa,
hammualliflik qiluvchi mualliflar jamoasi bilan munosabatiga
(ayniqsa ensiklopedik hamda davriy nashrlarda) bog‘liq. Barcha
nashriyotlar, tahririyatlarning muhim vazifasi bo‘lib, mualliflar
davrasini tobora kengaytirish, yangi, yuksak saviyali mualliflami
topa bilish va ishga jalb etish, hatto, tarbiyalab yetishtirish hisob-
lanadi. Noshirlik ishidagi muvaffaqiyatni mualliflaming ijodiy im-
koniyatlarini o‘rganish bo‘yicha muntazam olib boriladigan ish-
larsiz tasawur etib bo‘lmaydi.
Muallif sifatida kimni tanlash kerak degan masalani hal etishdagi
sobitlik, talabchanlik, har qanday sub’yektivlikni istisno etish
ishning muvafFaqiyatini ta’minlaydi. Ko‘p yillik tajribadan shu
narsa ayonki, agar muallifga nisbatan talabchan bo‘linmasa, u o‘z
bilganini qilishga yo‘l qo‘yilsa, xom-xatala ishiga parvosizlik bilan
qaralsa eng malakali muharrimi ham muvaffaqiyatsizlik kutadi.
Muharriming vazifalaridan biri bo'lib, yuqorida qayd etilgani-
dek, mavzuli rejaning baj aril ishi hisoblanadi. Bu eng muhim va
oddiy bo‘lmagan topshiriqdir. Ishning murakkabligini hozirgi bozor
iqtisodiyoti munosabatlarining o‘ziga xos qonuniyatlari, ya’ni
ob’yektiv sabablar, shuningdek, sub’yektiv omillar bilan izohlash
mumkin. Lekin bir narsa aniq-ravshan, u ham bo‘lsa ma’lum reja
(ta’bir joiz bo‘lsa, biznes reja) bajarilishi shart.
So‘nggi yillarda matbaa bilan ijodiy ish bir butun ishlab chi
qarish ob’yektiga aylantirildi. Nashriyotlar muayyan sohaga
ixtisoslashuvi tugatildi, endilikda ular ko‘p sohaviy (universal)
nashriyot-matbaa ijodiy uylariga aylantirildi. Buning natijasida
muharrir, endilikda nashr barcha jarayonining faol ishtirokchisiga
aylandi. Mavzuli reja bajarilishi uchun noshirlikdagi barcha ishlab
chiqarish va ijodiy jarayonni muharrir aniq tasawur eta oladigan
bo‘lishi endi davr taqozosidir.
Demak, mavzularga ko‘ra rejalashtirish - muharriming mas’-
uliyatli vazifasidir. Rejaga kiritish uchun mavzu izlash, topish va
saralash, muallif tanlash, reja muhokamasining turli bosqichlarida
ishtirok etish hamda rejaning bajarilishini nazorat qilish muharrir
ishtirokining mazmun-mohiyatini tashkil etadi.
Mavzuli rejalashtirish noshirlik faoliyatining o‘zagini tashkil
etadi. Muharrir buni yaxshi tushunishi kerak.
Takrorlash va muhokama uchun savollar
1. Mavzuli reja tuzishda kimlar qatnashadi?
2. Mavzuning dolzarbligi nimalarda ko'rinadi?
3. Nashming maqsadga muvofiqligi qanday belgilanadi?
4. Mavzuli reja amalga oshishi asosan nashriyotning qaysi
xodimiga bog'liq va u qanday mutaxassis bo'lishi kerak?
3-§ Nashriyot va muallif munosabati.
•
Do'stlaringiz bilan baham: |