Z. T. Taxirov nashr jarayoni asosiy bosqichlari



Download 6 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/167
Sana31.01.2023
Hajmi6 Mb.
#906125
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   167
Bog'liq
Nashr jarayoni asosiy bosqichlari. Taxirov Z.T. (1)

“Ota bo Чтау о
7. 
Ikki gapni birida xotin ustiga bo ‘Isa ham
boyga, erli-suvliga beraman, deydi. Niyating qursin. qizinmi
о ‘tda yoqmoqchi bo 'lasanmi? Qizim, aqlli, xushli qiz, dadasining
bunday bad niyatini biladi, shundan xavflanadi, kuyadi. Ota о ‘Igur
birovning malayi b o ‘Isa ham, о ‘Iguday kekkaygan, takabbur.
qancha sovchini quvib yubordi, axir. Birini past odam deydi.
Birini kosib, dedi, birini aravakash - ovarakash deydi. Duradgor
yigitning onasi qatnay-qatnay tinka-madori quridi .... yigitning
qo ‘lida gulday hunari bor ekan, bo ‘ydoq ekan, uy-joyi tayin ekan.
Yana senga nima kerak?! О ‘I ota bo ‘Imay... ”.
Bu ichki monologda Gulsumbibining yurak-yuragidan qaynab 
chiqayotgan fikmi o‘qir ekan, kitobxon uni chindan ham xokisor, 
mazluma, erksiz, xatto, o‘z jigarbandi taqdiri haqida ovoz chiqarib 
so‘z aytolmaydigan mushtiparligini ochiq-oydin xis etadi.
215


Bu monolog Gulsumbibining qator dardi-xasratini ifodalaydi. 
Bunday gaplami boshqa bir kimsa aytolmaydi, ikkinchidan qizi 
aqlli-xushli ekani tufayli sovchilar eshigining turimini buzayapti, 
uchinchidan, unga duradgor yigit ma’qul, qo‘lida gulday hunari bor, 
uy-joyi tayin, to‘rtinchidan, erining niyati shum, qizini boylik uchun 
sotmoqchi (boyga bermoqchi, bu bilan Gulsumbibining eri boylikka 
uchayotganidan, go‘yo uningcha qizi rohat-farog‘atda kun kechiradi, 
deb xom o‘ylayotganidan fig'oni falakka chiqadi), beshinchidan, 
qizining ixtiyori na o‘zida, na Yormatda emasligidan dod demoqda. 
Яш o‘rinda bir narsani alohida ta’kidlash lozim ko‘rmadi.
Gulsumbibi, shubhasiz o‘z qizining kelajagini o'ylaydi, garchi 
u ahyon-ahyonda ko‘rib yurgan bo‘lsa-da, u ko‘rib yurgani kim 
ekanligidan, qizining ko‘nglidan ham xabardor. Ammo Yo‘lchini 
tilga olmaydi, boisi, ming qilsa-da, u ona. Onaizoming niyati esa 
o‘z qizini qo‘lida hunari bor, uy-joyi tayin (Yo‘lchida hali bular 
yo‘q), bo‘ydoq yigitga uzatish. Mana shu nuqtada onaning qizi 
bilan o‘rtasida ziddiyat yuzaga keladi. Bu ziddiyat aslida mavjud 
sharoit bilan muayyan voqelik o'rtasidagi ziddiyatdir.
Endi Yormatning ichki monologiga, uning o‘z mudhish xatosini 
anglab etgandan keyingi istirobiga kelsak.
Boyga sidqidildan xalol xizmat qilgan, ammo, kosasi oqarmagan 
qarol o‘z qizi tufayli yuzaga chiqmoqchi, kimsan boyning qaynotasi 
bo‘lmoqchi, qizining “baxti”ni ko‘rmoqchi bo‘ladi. Lekin, oqi- 
bat, mudhish bo‘lib chiqadi. Shundoq ham o‘limini bo‘yniga ol- 
gan Gulnor, meros tashvishida yovuzlashgan boyvachcha-yu, boy- 
vuchcha tomonidan zaharlanadi. Butun umidi puchga chiqib, hali 
o‘n gulidan bir guli ochilmagan qizidan judo bo‘lgan Yormat qasos
216


o'tida ayovsiz o‘rtanadi. Jonga jon olish ishtiyoqi uning qo‘Uga 
o‘tkir pichoq tutqazadi, u xech ikkilanmay, zarra ham seskanmay 
Salimboyvachchaning ko‘ksiga pichoq qadaydi. qon va murda 
hidini sezgan xatto ot pitirchilaydi, ammo Yormat pichoqni qanday 
sovuqqonlik bilan sanchgan bo‘Isa, shunday sovuqqonlik bilan; uni 
Salimning ko‘ksidan sug‘irib oladi. Jasadni esa bor kuchi va nafrati 
ila jarga uloqtiradi. “Itga it o‘limi”, deb shunga aytsalar kerak. 
Yormatning yurak qa’ridan otilib chiqqan nido, aytish mumkinki, 
faqat Oybek ijodidagina emas, balki butun o‘zbek adabiyotida ham 
eng kuchli ichki monolog hisoblanadi:

Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish