Z. T. Taxirov nashr jarayoni asosiy bosqichlari



Download 6 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/167
Sana31.01.2023
Hajmi6 Mb.
#906125
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   167
Bog'liq
Nashr jarayoni asosiy bosqichlari. Taxirov Z.T. (1)

(lot- aqliylik) - muayyan ijtimoiy umumiylikka taal-
luqli kishilar aqliy ко ‘nikmalari, ijtimoiy-ruhiy qoidalari, tasav-
vurlari va odatlarining majmui. Olamni idrok etishning ijtimoiy-
madaniy va etnik jihatlari mentalitetni shakllantiradi va unda
shajfoflanadi. Dunyoning turli chekkalarida istiqomat qiluvchi
kishilar uchun turlicha mentalitet xosdir. Uni fikrlash, his etish va
ishonishning chuqur manbai sifatida tushunish mumkin. Bu ong-
li va ongsiz, mantiqiy va emotsional mentalitet asosida yotadi,
ijtimoiy ongningsirli qatlamlarigayo'l ochadi, kundalik, muayyan
hayot yo'llari bilan jips bog ‘liqdir. Tilda, an ’analarda, odatlarda
namoyon bo ‘ladi va ijtimoiy ongning individual ongdan yuqori j i ­
hatlari hisoblanadi, ко ‘pincha muayyan individ tomonidan idrok
etilmaydi va tahlil qilinmaydi, lekin uning irodasidan holi tarzda
xulq-atvorida va iboralarida о 'z aksini topadi.
51


Millatlar mentalitetlarining turli-tumanligi cheksiz darajada.
Bular о 'z etnik mansubliklarini idrok etishga yordam beradi va
ijtimoiy hamda axloqiy tajribaning milliy shakllarining avloddan-
avlodga o'tishida vosita vazifasini o'taydi. Jamoaviy mentalitet
hech qanday tayyorgarliksiz shakllanadi, lekin muayyan ijtimoiy
guruhga taalluqlilik, bilim darajasi, kasb, yoshjinsga bog‘liqligini
aytish joizdir. Bundan tashqari mentalitet qaysidir darajada yasha-
yotgan mamlakat, siyosiy hayot, etnik va madaniy an ’analar, qa-
rindosh~urug‘, tanish-bilish va yaqinlarga bog'liq bo‘ladi. Davr
mentaliteti uning xo jalik faoliyati mohiyatini tushunish imkonini
beradi, mehnatga va mulkka, bolalikka, oilaga, sevgiga, ayolga va
о ‘limga munosabatlarning о ‘ziga xosligini ifoda etadi.
Mentalitet tarixi o ‘z e ’tiborini kishilarning tasawurlariga,
konstantalarga qaratadi. Bular ular ongiga til, ijtimoiy munosa-
bat, din, madaniyat tomonidan singdiriladi. Mentalitetning alohi-
dalanganligi shunchalik kuchliki, unda faqat jamoaviy olamni his
etish bilan mos maflcuraviy aqidalargina mavjud bo ‘ladi. Mentalitet
tushunchasidan Yevropa tarixidagi о ‘rta asr uyg ‘onishiga tadbiqan
1929yilda M.Blok va L.Fevr foydalangan.
Z aharlar tasnifi -
patofiziologik ta 'sirga asoslangan organiz-
mda ular kiritilganida yuz bergan о ‘zgarishlar natijasida yuzaga
chiqish mehanizmiga bog ‘liq tarzda zaharlar 0шт dozalarda or-
ganizmga chetdan kiritilganda muayyan sharoitlarda sog ‘liqning
ishdan chiq , shiga yoki о ‘limga olib keluvchi moddalar) taqsimoti.
Quyidagi turlari mavjud: 1) Kuchli zaharlar, bular tekkan joyiga
darhol ta ’sir etadi, teriga tushishi bilanoq seziladi. Uqichishtiruvchi,
52


kuydiruvchi va hokazo bo ‘lishi mumkin. Kuchli kislotalar va
ishqorlar, о
‘simliklarga hos gazlar va ba ’zi moddalar. 2) Toksik
samarasi ular so'rilgandan keyin namoyon bo'ladigan zaharlar.
Bular guruhi ko'p va quyidagilarga ajraladi: a) yemiruvchi
zaharlar, bular ichki a ’zolarda sezilarli morfologik о ‘zgarisMarni
yuzaga keltiradi (simob, margimush, fosfor va b.); b) Qonni zahar-
lovchilar, qonda biokimyoviy о ‘zgarishlarga olib keluvchi (uglerod
oksidi, bertolet tuzi va hokazo); s) funksional zaharlar, bular tana
yoki to'qimalarda dag'al morfologik buzilishlarsiz funksional
о ‘zgarishlarga olib keladi.
Gigiyenik patokimyoviy va boshqa belgilar bo'yicha tasnif-
lanadigan zaharlar ham mavjud.
Zaharlar tabiiy va sun’iy bo'ladl Tabiiylariga o'simliklar
zaharlari kiradi, ularda kuchli ta ’sir etuvchi alkaloidlar mavjud,
jonivor zaharlari (ilonlar, arilar va h.); og ‘ir metallar birikmasi
(simob, margimush va b.), bakterial toksinlar (botulizm). Hozirgi
vaqtda ishlab chiqarish sanoati sohasida tayyorlanadigan
moddalardan zaharlanish keng tarqaldi. Bular turli dorilar, maishiy
kimyo vositalari, sanoatda va qishloq xo jaligida qo ‘llanadigan
zaharli ximikatlar. Zaharli moddalar va ular tufayli yuzaga
keladigan zaharlanishlar haqidagi fan toksikologiya deb ataladi.
Sharhlar, eslatmalami tahrir qilishda mazkur apparatlar uchun 
qo‘llangan havolalar tizimini aniqlashtirish maqsadga muvofiqdir. 
Matn ortidagi tushuntirishlar ilmiy nashrlar uchun maqbul sana- 
ladi. Chunki sharh bularda hajman boshqalarga nisbatan katta 
bo‘ladi. 0 ‘quv adabiyotlarida, tayyorgarligi yuqori bo‘lmagan
53


o‘quvchilarga mo‘ljallangan asarlarda satr osti izohlari qulaydir. 
Bunday adabiyotlarda kitob oxirida qo‘shimcha materiallar, tarixiy- 
adabiy tushuntirishlar va h. beriladi. Satr osti izohlarda chet tildagi 
ifodalar va boshqa ma’lumotlar keltiriladi. Bulardan tashqari havo- 
lalaming raqamlanishi (tartib raqami)ni ham tekshirish muhim. 
Ba’zi adabiy otlarda asardagi barcha izohlar sidirg‘a raqamlanadi -
kitobning boshidan oxirigacha tartiblanadi, ba’zi asarlarda muayyan 
qismda sidirg‘a beriladi, boshqa qismda yana birdan boshlanadi, 
yana boshqa bir tur asarlarda izohlar har bir sahifada mustaqil bo‘- 
ladi, ya’ni birdan boshlanib, nechta bo‘Isa, shunga mos raqam bilan 
tugaydi, yangi sahifadagi izohlar yana birdan boshlanadi.
Ko‘rsatkichlar ham kitob apparatining muhim unsuri sanaladi. 
Ayrim manbalarda ular yordamchi ko‘rsatkichlar deb ham ataladi. 
Ular o‘ziga xos yo‘l ko‘rsatuvchi bo'lib, asardagi materiallarni 
tashkillashtirishda aniqlanmagan ma’lumotlami topishga imkon 
beradi. Ko‘rsatkich ma’lumot uchun, bir nechta manbani qiyoslash 
uchun, o‘quv-takrorlash, biror ifodani aniqlash uchun zarurdir. 
Ko‘rsatkichlar kitob tahliliy mazmunini o‘zida ifoda etgan holda 
nashming ilmiy va axboriy qimmatini oshiradi. Ko‘rsatkichlar, ay­
niqsa, qomusiy (ensiklopedik) asarlarda faqat maqolalaming sar­
lavhasi bo‘yicha emas, balki maqola ichida qayd etilgan, eslatilgan 
har qanday terminni ham izlab topish imkonini beradi. Shunday qilib 
ko‘rsatkichlar universal ma’lumotnoma sifatida ensiklopedik asar 
imkoniyatlarini asosiy matndagi maqoladan ko‘ra (ko‘rsatkichlar, 
ruknlar qan^ha ko‘p bo‘lsa, shuncha marta) oshiradi.
Materiallaming guruhlanish usuliga ko‘ra ko‘rsatkichlarni 
quyidagi asosiy turlarga ajratish mumkin: alifbo tartibidagi, tizi-



Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish