O’smirlik davri – jinsiy yetilish davridir. Gipofizning ayniqsa uning oldingi bo’lagining faoliyati faollashadi, uning gomronlari to’qimalar usishini va boshqa ichki sekretsiya bezlari funksiyalarini stimullaydi (jinsiy, qalqonsimon, buyrak usti bezlari). Ularning faoliyati «o’sishdagi sakrashni», jinsiy organlarni rivojlanishni va ikkilamchi jinsiy belgilarni yuzaga chiqishini ta’min etadi. O’g’il bolalarda tovush «sinadi» ya’ni gurullab qoladi, mo’ylov va soqollar chiqa boshlaydi, qovuq ustida va qo’ltiq ostida junlar hosil bo’ladi, shahvat to’qimalari boshlanadi. Qiz bolalarda ko’krak bezlari rivojlanadi, menstrual funksiyalarning bajarilishi boshlanadi.
Gipofiz va buyrak usti bezlari funksiyalarini tezlashishi tufayli organizmni tashqi muhitga moslashish imkoniyati yaxshilanadi, infeksiyaga, sovuq qotishga va boshqalarga qarshilik ko’rsatish darajasi ortadi.
O’smirlik davrida bolalarning har yiliga bo’yi 5-8 sm gacha o’sadi. Qiz bolalar 11-12 yoshda ancha faol o’sadilar (bir yilda o’rtacha 10 sm.gacha) o’g’il bolalarni o’sishi 13-14 yoshda ancha jadal kechadi va 15 yoshdan keyin bo’y bo’yicha qiz bolalardan o’tib ketadi. Bo’yning o’sishi asosan qo’l va oyoqlarning naysimon suyaklarining o’sishi hisobiga yuz bersa, ko’krak qafasining suyaklari hujayralari juda sekin o’sadi, shu sababli bolalarda tekis yoki ichkariga kirgan ko’kraklarni ko’rish mumkin, bu esa nafas olishni qiyinlashtiradi.
Bo’y o’sishi bilan bir qatorda tana massasi ham ortadi. Qizlar bir yilda 4-5 kg.ga og’irlashadi, ayniqsa ko’zga ko’rinarli o’sish 14-15 yoshda kuzatiladi; o’g’il bolalarda tirik vazn 7-8 kg ortadi. Ammo tana og’irligini o’sish tempi tana skeletining o’sish tempidan biroz orqada qoladi shu sababli o’smirning tashqi ko’rinishida biroz beo’xshov holatlar kuzatiladi (suyakli, beo’xshov, bo’y-basti cho’zilgan).
Tayanch-harakat apparatining qayta qurilishi ko’plab ortiqcha harakatlar bilan birga kechadi, ularning yetarlicha koordinatsiyalashmaganligi, umumiy o’quvsizlik, burchakli, shu bilan birga o’smirlik yosh – bu murakkab harakat aktlarni bajarish texnikasiga ega bo’lish yoshidir.
O’smirlik davrida o’pka o’sadi, nafas olish takomillashadi (uning ritmi tezlashgan holda qolsa ham) o’pkaning tiriklik sig’imi jiddiy darajada ortadi. O’smirlik davrida nafas olish tipi to’lig’icha shakllanadi. O’g’il bolalarda qorin, qiz bolalarda esa ko’krak tiplari shakllanadi. Rejalarni to’g’ri nafas olishga o’rgatish zarur, ish paytida jismoniy mashqlar bajarganda o’zining nafas olishini boshqara bilishga o’rgatish kerak.
Organlar va to’qimalarning tez o’sishi yurak faoliyatiga kuchli talab qo’yadi. Yurakni o’zi ham bu davrda jadal suratda o’sadi, lekin qon tomirlarining o’sishi yurakni o’sish tempidan orqada qoladi. Shu sababli o’smirlarda qon bosimi ko’tarilib turadi, yurak faoliyatining ritmi o’zgaradi, tez-tez charchaydigan bo’lib qoladi. Bu esa o’smirlarni nafas olish qiyin joylarda, jismoniy ish bajarganda, ish katta hajmda bo’lishida qiyinchilik tug’diradi. Miyani qon bilan yetarli darajada ta’minlanmasligi (bunday holat o’smirlarda ayrim paytlarda kuzatilib turiladi), xotira, fikrlash va idrok qilishni qiyinlashtiruvchi kislorod taqchilligiga olib keladi. Xafa bo’lish, qo’rqish kabi salbiy his-hayajonlar o’smirlarning yurak-tomirlar tizimi funksiyasiga noqulay ta’sir qiladi.
Bolalarning o’smirlik yoshi jismoniy yuklamalarni dozalashda diqqat bilan va tabaqalashgan holda yondoshishni talab qiladi.
Organizmning ichki muhitidagi o’zgarish, ichki sekretsiya bezlarining kuchli funksiyasi, o’smirning asab tizimining funksional holatini o’zgartiradi. Qalqonsimon bezning kuchaygan funksiyasi moddalar almashinuvini va organizmda energiya sarflanish darajalarini oshiradi, markaziy asab tizimining qo’zg’atuvchanligini o’zgartiradi, bular esa yuqori qo’zg’aluvchanlikda, yengil charchashda uyquning buzilishlari shaklida namoyon bo’ladi. Ichki sekretsiya bezlari va gipotalamusni murakkab o’zaro munosabati o’smirlik davrida po’stloqosti hosilalarini faolligini oshirish va po’stloq-po’stloqosti bog’lanishlarni ma’lum darajada buzish uchun sharoit yaratadi.
O’smirlarning xulqida kuchi va xarakteri bo’yicha ko’pchilik holatlarda reaksiyalar chaqiruvchi qo’zg’atuvchilarga noadekvat bo’lgan qo’zg’alishlar to’la ustunlik qiladi. Qo’zgalishni keng ko’lamdagi generallashishi kuzatiladi: barcha reaksiyalar endi qo’l, oyoq va gavdaning qo’shimcha ravishdagi mos harakatlari bilan birgalikda kechadi. (ayniqsa o’g’il bolalarda).
O’smirlarning nutqi sekinlashadi, so’zli signallarga shartli bog’lanishlarni hosil bo’lish jarayoni qiyinlashadi, ya’ni po’stloq faoliyatini oliy funksional darajasini ya’ni ikkinchi signal tizimining zaiflashishi deb qarash mumkin.
Qiz bolalarda bosh miya po’stlog’i tonusini pasayishi 11-13 yoshda kuzatiladi va u o’g’il bolalardagiga nisbatan kuchliroq namoyon bo’ladi. Vegetativ funksiyalarning keskin buzilishi, yurak urishi, tomirlarni buzilishi, havo yetishmasligi po’stloqosti ta’sirlarni tezlashuvi va bosh miya po’stlog’ining tonusini zaiflashuvining ko’rsatkichlari hisoblanadi.
Jinsiy yetilish davrida barcha turdagi ichki tormozlanishlarning zaiflashuvi kuzatiladi. Ana shu sababli ham tarbiyachining muhim vazifalaridan bo’lib po’stloqli tormozlanishlarni (tormozlarni tarbiyalash) rivojlantirish hisoblanadi.
To’g’ri, sog’lom tartib, tinch muhit, atrofdagi o’rab turganlar tomonidan tushunish va yaxshi kayfiyatda bo’lish, o’smir uchun qiziq darslar, jismoniy madaniyatdan bo’ladigan darslar organizm funksiyalarini normallashtiruvchi kuchli vositalardan biri bo’lib, bir davrdan ikkinchi davrga o’tuvchi vaqt jiddiy funksional buzilishlarsiz va u bilan bog’liq bo’lgan murakkabliklarni oldini olish uchun asosiy vosita bo’lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |