21.5. Kompyuterlashtirilgan ta’limning psixologik jihatlari
Ta’lim jarayoni avvalo o‘quvchilar diqqatini rivojlantirish-
ni talab etadi, Darslarda ko‘rgazmali qurollardan, axborot tex-
nologiyalari vositalaridan foydalanish ta’lim oluvchining diqqa
tini rivojlantiradigan omillardan hisoblanadi. Ta’lim jarayonida
ta’lim beruvchining vazifasi darsda o‘quvchilarning faolligini yu
zaga keltirishgina emas, balki o‘quvchilarning darsda o‘tiladi-
gan materialni idrok etishga tayyor turishlarini kuzatish hamdir.
Dars jarayonida o‘quvchilarning diqqati o'zgarib turadi. 0 ‘qitish
jarayonida bu qonuniyatlarni nazarda tutish, o‘quvchilar diqqati
ni materialning asosiy jihatlariga hamda o'zlashtirilgan material
ni takrorlashga jalb etish kerak.
Ta’limni avtomatlashtirish pedagogik muammosi o‘qituvchi-
larning faoliyati takrorlanadigan tarkibiy qismlardan iboratligini
anglab ularni yordamchi xodimga yoki texnik qurilmaga ham
topshirilsa bo‘lishini anglaganlaridan so‘ng vujudga keldi.
Ta’lim jarayonining samaradorligi ko‘p jihatdan o‘qituvchi to
monidan beriladigan ko‘rsatmalarga ham bog‘liq. 0 ‘qituvchining
roli shundan iboratki, u o‘quvchilarda tegishli ustanovkani hosil
qilishi, nimani vaqtincha, nimani umrbod esda olib qolish ke-
rakligini, nimani esda olib qolmasdan, faqat tushunib olish ki-
foya qilishini, nimani so‘zma-so‘z esda olib qolish kerakligini,
483
nimaning ma’nosini o‘z so‘zlari bilan aytib berish uchun esda
olib qolish zarurligini tushuntirib o‘tishi lozim. Kuzatishlar shuni
ko‘rsatadiki, o‘qituvchi tomonidan bunday ko‘rsatmalar berilma-
ganda, o‘quvchilarda ko‘pincha bilish va o‘rganishga nisbatan no-
to‘g‘ri tasavvurlar vujudga keladi.
0
‘qitishning emotsionalligi ta’limning muvaffaqiyatliligini
ta’minlovchi omillardan biridir. Ta’lim berish jarayoni emotsio-
nal jarayon. Agar o‘quvchilarga berilayotgan axborot ularda hech
qanday his-tuyg‘u uyg‘otmasa, bunday ma’lumotni o‘quvchiIar
yaxshilab esda olib qolmaydilar. 0 ‘quvchilarning ijobiy psixik ho-
latlari, ya’ni ularning muayyan bir paytdagi kechinmalari haqida
ham bilib borishi kerak, albatta. Ulardagi quvonchli, optimistik
kayfiyat o‘quv faoliyatini juda samarali qiladi. 0 ‘quvchilar emot-
sional ruhdagi materialni yaxshiroq o'zlashtirib oladilar.
0
‘tkazilgan tajribalar hech qanday his~tuyg‘u uyg‘otmaydigan
materialga qaraganda, emotsional ruhdagi materialni
0
‘quvchi-
lar yaxshiroq eslab qolishlarini ko‘rsatadi. 0 ‘qituvchi o‘quv ja-
rayonining emotsional tomoni haqida ham qayg‘urishi kerak. Bu
muammo juda muhim ahamiyatga ega. Chunki, birinchidan,
ta’limning mazmuni nihoyatda murakkablashib, hajmi esa g‘oyat
kattalashib ketgan. Uning muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishiga eri
shish uchun o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini kuchaytirish lozim.
Ijobiy tuyg‘ular o‘quv mehnatining samaradorligiga kuchli ta’sir
etadi. Hafsala bilan bajarilgan faoliyat yuzasidan beg‘araz mu-
nozara paydo boladi, bahslashiladi, befarq qaralgan yoki salbiy
munosabatda bo'lingan ishga esa, hech qanday hafsala bolmay-
di. Jamiyatimizdagi mehnat — haqiqiy ijod, quvonch manbayi.
0
‘qituvchi o‘quvchilarida o‘quv mehnatiga ijobiy munosabatni
uyg‘otib, mehnatning haqiqiy ijodga, quvonch manbayiga ayla-
nishiga ko‘maklashishi kerak.
Qadimda greklar juda ajoyib iborani qollaganlar: «Talaba —
toldirilib turilishi kerak bolgan idish emas, balki yoqib turili-
shi lozim bolgan mash’aldir». Bu fikrning tagida chuqur ma’no
bor. Ta’lim jarayonining bugungi kundagi asosiy talablaridan biri
484
erkin fikrlovchi, mustaqil tafakkurga ega bo‘lgan shaxsni shakl-
lantirish bolib, yuqorida aytib o‘tilgan metodlardan foydalanish
uchqunlardan katta mash’allar paydo bo‘lishini ta’minlab beradi.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning bilishga qiziqishlari g‘oyat
katta rol o‘ynaydi. Ma’lumki, qiziqish o‘quvchilarning emotsio
nal bezagi, biror buyumni, biror faoliyatni tanlash munosabati va
yo‘nalishidir.
Ma’lumki, psixologiyada o‘quvchilarning ta’lim jarayonidagi
qiziqishining ikki turi aniqlanadi. Birinchisi, bevosita, ikkinchisi
bilvosita qiziqish. Har bir o‘qituvchi o‘z o'quvchilarida o‘z fani-
ga nisbatan bilvosita qiziqishni tarkib toptirishga harakat qiladi.
Qiziqishlar orqali o‘quvchilarda ta’limga faol munosabat namo
yon bo‘ladi. Psixologiyada qiziqish — bu shaxsning o‘zi uchun
qimmatli yoki yoqimli bolgan muayyan narsa yoki hodisalarga
munosabatidir. Qiziqishlar shaxsning muhim va individual xu-
susiyatlaridan biri bolib hisoblanadi. Qiziqishlar o‘quvchilar ha-
yotida katta rol o‘ynaydi. Ular o‘quv faoliyatini faollashtiruvchi
asosiy turtkilar — motivlardir. Qiziqishlar maktab o‘quvchisiga
fan asoslarini yaxshiroq o‘zlashtirib olishlariga, aqliy qobiliyat-
larning o‘sishiga, bilim doirasining kengayishiga imkon beradi.
0
‘qituvchilarning vazifasi o‘quvchini qiziqtirib qolgan ishning
o‘zi bilan shug‘ullanishga imkon yaratishgina emas, balki unda-
gi qiziqishlarni chuqurlashtirish va kengaytirish, ta’sirchan qilish,
shuningdek, qiziqishlarining markaziga aylanib qolgan faoliyat
bilan shug‘ullanish istagini, maylini shakllantirishdir.
0
‘quvchilarning muayyan maqsadni ko‘zlab ish tutishida, qi-
yinchiliklarni yenga olishida, ishdan chalg‘itadigan narsalar bi
lan shug‘ullanishdan o‘zini tiya olishida, unda o‘qishga ishtiyoq
tarkib toptirishda namoyon boladigan iroda, ta’lim jarayonida
alohida ahamiyat kasb etadi.
Umumiy psixologiya kursidan ma’lumki, iroda bu shaxsning
o‘z oldiga qo‘ygan maqsadining aniqligi, uni amalga oshirish
uchun intilishi, maqsad yolida ma’lum bir qarorga kelish tez-
ligi va uni o‘z vaqtida ijro etishi bilan belgilanadigan sifatidir.
485
Ta’lim jarayonidagi o‘quv materialiga bo‘lgan diqqatning barqa-
ror bolishida irodaviy zo‘r berishning ahamiyati nihoyatda kat-
tadir. Ta’lim jarayonidagi iroda o‘quvchining maktab va uyda
o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarga tayyor turishida namoyon bola-
di. 0 ‘quv materialini o‘rganish, eslab qolish o‘quvchining iro
daviy zo‘r berishiga bogliq. Iroda o‘quvchilarning fikrlash faoli-
yatlarida — masalani yechishga, qo‘yilgan savolga javob topishga
va hokazolarga intilishida namoyon boladi. Ular o‘quvchilarda
ko‘nikma va malakalarni hosil qilishda ham tarkib topadi.
Psixologlar olib borgan tadqiqotlarda o‘quvchilar tomonidan
berilgan materialning o‘zlashtirilishi ko‘p jihatdan irodaning
tarbiyalanishiga bogliqligi ta’kidlanadi. Irodaviy faollik ta’lim
ning zarur shartidir. 0 ‘quv muassasasidagi ta’lim jarayonining
o‘zi o‘quvchilardagi irodani o‘stirish omillaridan biridir. Bunda
o‘quvchilarning kun tartibi, o‘qish va oqilona dam olishni bir-bi-
ri bilan to‘g‘ri almashtirib turish katta rol o‘ynaydi.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning bilish jarayonlarini shakl-
lantirishga alohida e’tibor berish lozim. Zero, bilish jarayon-
lari juda murakkab faoliyat bolib, unda jonli mushohadadan
mavhum tafakkurga, mavhum tafakkurdan esa amaliyotga o‘tila-
di, ana shundan so‘ng obyektiv haqiqat bilib olinadi. Binobarin,
ta’lim jarayonida o‘quv materalini idrok qilishning ahamiyati kat
ta. Umumiy psixologiya kursidan ma’lumki, idrok bu narsa va
hodisalarni sezgi organlariga ta’sir etishi natijasida ularning ki-
shi psixikasida yaxlit obrazini paydo bolishidir. Idrok etish ja
rayoni ta’limning turli shakllarida, ya’ni o‘qituvchining og‘zaki
hikoya qilishida, suhbat olkazishda, ma’ruza o‘qishida, kino-
dars, televizion parcha, sxemalar va ko‘rgazmali qurollar ko‘rsa-
tish, ekskursiyalar o‘tkazish, o‘quvchining o‘ziga darsliklar ham
da boshqa qollanmalarni o'qitish jarayonida rivojlanadi. Shuni
alohida ta’kidlash lozimki, idrokni tarkib toptirishda o‘quvchi-
larning yosh xususiyatlarini hisobga olish nihoyatda muhimdir.
Chunki, fazoni, vaqtni va harakatlarni idrok etishda ham yosh
xususiyatlarda turli farqlar mavjud boladi.
486
Ta’lim jarayonining natijasi o‘zlashtirish, ichki va tashqi faoli-
yatni maqsadga muvofiq ravishda o‘zgartirishdir. Ta’lim bir odam-
ning boshqasiga bilim va ko‘nikmalar berishidir. Bilim, ko'nikma
va malakalar ta’lim jarayonining natijasidir. Bilimlarni o‘zlashti-
rish jarayoni muammosi P.Ya.Galperin va N. F. Talizina kabi psi-
xolog olimlar tomonidan o‘rganilgan. Ular aqliy xatti-harakatlami
bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasini ishlab chiqqanlar.
Mualliflar aqliy xatti-harakatlarni moddiy holda tashqi nutq yor-
damida hamda aqliy shaklda, fikrda namoyon bo‘lishini izohlab
berdilar. Aqliy xatti-harakatlarning birinchi bosqichi rasm, sxema,
diagramma va shartli belgilar tarzida o‘z ifodasini topadi. Aqliy xat-
ti-harakatlarning ikkinchi bosqichi ko‘rgazmalardan olgan tasav-
vurlari to‘g‘risida o‘quvchilarning ovoz chiqarib, fikr yuritishidan
iboratdir. Uchinchi bosqich esa, subyekt ongida tasawur, tushun-
cha, qonuniyat, xossa, xususiyat, operatsiya, usul tariqasida namo
yon bo‘ladi. Ma’lumki, o‘quvchilarga taklif etiladigan axborotlar aql
bovar qilmaydigan darajada tezlik bilan ko‘payib bormoqda. Shu
ningdek, ularning juda tez eskirib qolib, yangilashni taqozo eti-
shi ham o‘z-o‘zidan ma’lum bo‘lmoqda. To‘rtinchi bosqichda ba-
jarilgan xatti-harakatlar ichki rejada ovoz chiqarilmay bajariladi.
Beshinchi bosqichda esa faoliyatni fikran bajarishga o‘tiladi. Bun-
dan ravshan ko‘rinib turibdiki, materialni asosan yodlab olish va
xotirada saqlab qolishga asoslanadigan ta’lim hozirgi talablarga qis-
man javob bermoqda. 0 ‘quvchilarning hamisha yangilanib turadi-
gan axborotlarni mustaqil ravishda o‘zlashtirib borishi va o‘qishni
bitirib ketganidan keyin, kishiga jadal sur’atlar bilan o‘sib borayot-
gan fan-texnika taraqqiyotidan orqada qolib ketmaslik imkoniyati
ni beradigan qobiliyatlar taraqqiyotini beruvchi tafakkur sifatlarini
tarkib toptirish muammosi birinchi o‘ringa chiqib bormoqda.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, turli individual tipologik xu-
susiyatlarga ega bo‘lgan o‘quvchilar uchun ta’limning yago-
na qulay, optimal sharoitlarini yaratish mumkin emas. Ammo
o‘zlashtirishning samaradorligini oshirishda muammoli ta’lim,
noan’anaviy ta’lim usullarini qo‘llash muhim ahamiyatga egadir.
487
Bilim oluvchilarning faoliyatiga ko‘ra ta’limning quyidagi
metodlari ajratiladi:
Tushuntiruv-ko‘rsatmalilik metodi — bu metod reproduktiv
metod bo‘lib, unda faoliyat o‘qituvchi tomonidan olib boriladi,
o‘quvchilar ta’lim jarayonida bilim oladilar, tanishadilar.
Bu metod juda keng tarqalgan metodlardan biri bo‘lib, uning
takomillashtirilgan usullari mavjud, bu — dasturlashtirilgan
ta’limdir.
Ta’lim jarayonida o‘zlashtirishning muvaffaqiyati quyidagilar-
ga bogliq:
Reproduktiv metodda o‘quvchi faoliyat ko‘rsatib, unda o‘quv-
chiga berilayotgan bilimni qayta xotirada tiklab, olingan bilimni
nusxa sifatida qabul qiladi.
Muammoli ta’lim metodi - o‘qituvchi tomonidan tashkil etilib,
u produktiv xarakterga egadir. Ushbu metod orqali o‘quvchi bil
im va malakalarini shakllantiradi. Ushbu metodni takomillashti
rish yollaridan biri, ishchan o‘yinlarni tashkil etishdan iboratdir.
Ta’lim jarayonida
o'zlashtirishning
muvaffaqiyati
quyidagilarga
bogliq
488
Qisman izlanish metodi - o‘qituvchi nazorati ostida tash
kil etiladigan metod bo'lib, u produktiv xarakterga ega, bunda
o‘quvchi ijod qiladi.
Tadqiqot metodi - o‘qituvchi yordamisiz tashkil etiladigan
ta’lim metodi bo‘lib, u o‘quvchining mustaqil izlanishi, fikrlashi
va bilimlar transformatsiyasini talab etadi. Ta’lim jarayoni tashkil
etishning o'ziga xos metodlaridan biri ishchan o‘yinlardir. Ish-
chan o‘yinlar munosabatlar tizimini modellashtirish, faoliyat xa-
rakteristikasini tashkil etishga yordam beradi.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta’lim jarayoniga yangi
pedagogik texnologiyalami kiritish ta’kidlanadi. Pedagogik tex-
nologiya - bu ta’lim jarayoniga tizimli yondashuv bo‘lib, unda
ta’lim jarayonini tashkil etishda texnika va inson imkoniyatlari
hisobga olinadi va ularning o‘zaro munosabati ta’limning opti
mal shakllari yaratilishiga zamin bo‘ladi.
Pedagogik texnologiyalami quyidagi tarkibiy qismlarga bo‘lish
mumkin:
— ta’lim-tarbiya ishtirokchilari shaxsiga qo£yiladigan ijtimoiy
talablar;
— hamkorlik faoliyati a’zolarining kasbiy tayyorgarligi;
— ta’lim jarayonining maqsadi, mazmuni, mohiyati, amalga
oshirish vositalari;
— ta’lim jarayonini differensiatsiyalashtirish;
— ijodiylik.
Ta’lim texnologiyasi insoniylik tamoyillariga tayanadi. Psi-
xologiyada bu yo‘nalishning o‘ziga xosligi talabaning indivi-
dualligiga alohida e’tibor berish orqali namoyon bo‘ladi. Ta’lim
texnologiyalarini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual
yondashuvlarga e’tibor berish kerak:
— ta’limning shaxsga yo£naltirilganligi. 0 ‘z mohiyatiga
ko‘ra bu yo‘nalish ta’lim jarayonidagi barcha ishtirokchilar-
ning to‘laqonli rivojlanishini ko‘zda tutadi. Bu esa Davlat
ta’lim standarti talablariga rioya qilgan holda o‘quvchining
intellektual rivojlanishi darajasiga yo'naltirilib qolmay, uning
489
ruhiy-kasbiy va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishni ham
anglatadi;
— tizimli yondashuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha
belgilarini o‘zida mujassam qilishi zarur, jarayonning mantiqiyli-
gi, undagi qismlarning o‘zaro aloqadorligi, yaxlitligi;
— amaliy yondashuv. Shaxsda ish yuritish xususiyatlarini
shakllantirishga ta’lim jarayonini yo‘naltirish, o‘quvchi faoliyati
ni faollashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jarayonida uning bar
cha layoqati va imkoniyatlarini, sinchkovligi va tashabbuskorli-
gini ishga solishni shart qilib qo'yadi;
— dialogik yondashuv. Ta’lim jarayonidagi ishtirokchi subyekt-
larning psixologik birligi va o‘zaro hamkorligini yaratish zarurati-
ni belgilaydi. Natijada esa, shaxsning ijodiy faolligi va taqdimot
eta olishi kuchayadi;
— hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratiya, teng-
lik, subyektlar munosabatida o‘qituvchi va o‘quvchining tengli-
gi, maqsadini va faoliyat mazmunini birgalikda aniqlashni ko‘zda
tutadi;
— muammoli yondashuv. Ta’lim jarayonini muammoli ho-
latlar orqali namoyish qilish asosida o‘quvchi bilan birgalikdagi
hamkorlikni faollashtirish usullaridan biridir. Bu jarayonda ilmiy
bilishning obyektiv ziddiyatlarini aniqlash va ularni hal qilish
ning dialektik tafakkurni rivojlantirish va ularni amaliy faoliyat-
da ijodiy ravishda qo‘llash ta’minlanadi. Ta’lim texnologiyalarini
qo‘llashda:
— axborot berishning eng yangi vosita va usullaridan foydala-
nish, ya’ni o‘quv jarayoniga kompyuter va axborot texnologiyala
rini jalb qilish;
— o‘qitish usullari va texnikasi: muloqot, keys stadi, muam
moli usul, o‘rgatuvchi o‘yinlar, «aqliy hujum», insert, «Birga
likda o'rganamiz», pinbord, ma’ruza (kirish ma’ruzasi, vizual
ma’ruza, tematik, ma’ruza-konferensiya, aniq holatlarni yechish,
avvaldan rejalashtirilgan xatoli, sharhlovchi, yakuniy)lardan foy-
dalanish;
490
- o‘qitishni tashkil qilish shakllari: frontal, kollektiv, guruhiy,
dialog, polilog va o‘zaro hamkorlikka asoslanish;
- o‘qitish vositalari: odatdagi o‘qitish vositalari (darslik, ma’ru-
za matni, tayanch konspekti, kodoskop)dan tashqari grafik or-
ganayzerlar, kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish;
- o‘zaro aloqa vositalari: nazorat natijalarining tahlili asosida
o‘qitishning diagnostik (tashxis) usullarini qo‘llash;
- o‘quv mashg'ulotini texnologik karta ko'rinishida rejalash-
tirish o‘quv mashg‘ulotining bosqichlarini belgilab, qo‘yilgan
maqsadga erishishda o‘quvchi va o‘qituvchining hamkorlikdagi
faoliyatini talabalarning auditoriyadan tashqari mustaqil ishla-
rini aniqlab beradi. Shunga ko‘ra boshqarishning samarali usuli
va vositalaridan foydalanish;
- monitoring va baholash. 0 ‘quv mashg‘uloti va butun kurs
davomida o‘qitish natijalarini kuzatib borish, o‘quvchi faoliyatini
har bir mashg‘ulot va yil davomida reyting asosida baholash mu
him sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |