Z. T. Nishanova, N. G. Kamilova, D. U. Abdullayeva, M. X. Xolnazarova


Ilk  o‘spirinlik  davrida  do‘stlashish  muammosi



Download 12,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/343
Sana31.12.2021
Hajmi12,64 Mb.
#270960
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   343
Bog'liq
Rivojlantirish psixologiyasi Pedagogik psixologiya Nishanova Z T

Ilk  o‘spirinlik  davrida  do‘stlashish  muammosi. 

Axloqiy  va  ij­

timoiy,  siyosiy  hislarning  rivojlanishi  ayniqsa  xarakterlidir.  Ular

404



odatda muayyan axloqiy talablar bilan o‘zaro to‘g‘ri munosabatda 

boladilar.  Boshdan  kechirgan  his-tuyg‘ularni  anglab  yetish  ma- 

horati ham rivojlanadi.

Do‘stlik  —  ilk  o‘spirinlik  davridagi  shaxslararo  munosa­

bat  va  hissiy  boglanishning  muhim  turidir.  0 ‘spirinlik  yoshida 

o‘quvchilarda o‘rtoqlik hissining rivoj topishi xarakterlidir.  Rossi- 

ya  psixologlari  I.V.Straxov  bilan  A.L.Shnirman  tadqiqotlarining 

kolsatishicha,  o‘spirinlik  yoshidagi  do'stlik,  o‘smirlik  yoshidagi 

do‘stlikdan ba’zi bir xususiyatlari bilan farq qiladi.

Birinchidan,  o‘spirinlarda  do‘stlik  motivlari  ancha  chuqurroq 

boladi.  Do‘stlikning  o'ziga  yuqori  talablar  qo'yiladi,  bular:  osh- 

koralik,  o‘zaro  ishonch,  talabchanlik,  sadoqat,  birgalikda  doimiy 

yordam  kolsatish,  kamchiliklarni  tugatish,  do'stiga  yordam  be­

rish,  o‘zaro  hurmat,  bir-birini tushunish va hokazo.

Ikkinchidan, do‘stlik hislari ancha sermazmun bo‘lib, qiziqish­

lar faoliyatning keng  doirasini  qamrab  oladi.

Uchinchidan,  do'stlik  emotsional  bolib,  do‘sti  kechirayotgan 

hislarga javob bera olish qobiliyatiga ega boladi.

0

‘spirinlik  yoshidagi  do‘stlik  ko‘pincha  butun  umr  bo‘yi  da­



vom  etadi.  Ilk  o‘spirinlik  davridagi  do'stlikning  psixologik 

qonuniyatlari  o‘zining  barqarorligi  bilan  ajralib  turadi.  Har  xil 

insonlarning  do‘stligi  bir  xil  bolmaydi,  yosh,  jins  va  individu- 

al-tipologik  xususiyatlarga  ega  boladi.  0 ‘rtoqlik  munosabatlari 

jamoani  jipslashtirishga  yordam  beradi,  uning  hayotiy  faoliyati- 

ni  oshiradi.  Yoningda  o‘rtog‘ing  borligini  his  qilishning  o‘ziyoq 

qiyinchiliklarni  yengishga  yordam  beradi.  0 ‘spirinlar  do‘stlik, 

samimiylik,  emotsional  sofdillik  kabi  xislatlarni  birinchi  o‘rin- 

ga  qo'yishadi.  Do‘stlar bir-birlari bilan yuraklarini bo‘shatadilar. 

Do'stlarga samimiy mehribonlik shaxsining reflektivlik darajasiga 

hamda  uning  emotsional  hayot  xususiyatlariga  bogliqdir.  0 ‘spi- 

rin hamma vaqt  rostgo‘y,  samimiy bolishni istaydi.

Ilk 

0

‘spirinlik  davridagi  do'stlikning  mezonlarini  aniqlash 



uchun ularga quyidagi bir necha tugallanmagan gaplar taklif eti­

ladi:  «Do‘st — bu...»,  «Do'stim bilan men ko'pincha....»,  «Do‘st va



405


o‘rtoq bir  emas,  chunki  ular  ...».  Bunda  do'stlikning  ikkita bosh 

mezoni aniqlandi: birinchisi o‘zaro yordam ko‘rsatish va sodiqlik; 

ikkinchisi — psixologik yaqinlik («...meni tushunadigan»;  « ...meni 

yaxshi  ko‘radigan»,  «...hamma narsa haqida gaplashish mumkin» 

va h.k.).  Birinchi tipdagi javoblar ko‘p uchrasa-da, yosh ulg‘ayishi 

bilan,  ayniqsa  18—19  yoshlilarda  psixologik  yaqinlik  ehtiyoji  or- 

tadi.  Bu  ehtiyoj  qizlarda  o‘g‘il bolalarga  nisbatan,  shahardagi  ilk 

o‘spirinlarda  qishloqdagi  tengdoshlariga  nisabatn  kuchli  namo­

yon bo‘ladi.

Ilk o‘spirinlarning  do‘stlashishi  o‘z  tabiatiga  ko‘ra  ko‘p  funk- 

siyalidir, bu esa uning ko‘p shakllari mavjudligini:  oddiy birgalik- 

da  vaqt  o'tkazishdan,  to  bir-birlariga  sirlarini  ochiq  aytishgacha 

kuzatish  mumkin.  Aslida  birgalikdagi  faoliyat  yotadigan  guru­

hiy munosabatlardan farqli ravishda  do‘stlik bu  eng  avvalo  hissiy 

boglanishdir.  Do‘st uchun shaxsiy yaqinlik muhimdir.

Ilk  o‘spirinlik  davridagi  do'stlikning  psixologik  ahamiya­

ti  shundaki,  u  bir  vaqtning  o‘zida  o‘z-o‘zini  ochish  maktabi  va 

boshqa  insonni  tushunish  maktabidir.  Shuning  uchun  ilk 

0

‘spi­


rinlar  alter  ego  (ikkinchi  «Men»)ning  qanday  tipini  tanlashlari 

qiziqish  uyg‘otadi.  15—16  yoshli  yigit  va  qizlar  o‘zlaridan  katta- 

larni  do‘st  sifatida  tanlashadi,  ularning  gaplarini  jon  deb  eshi- 

tishadi,  ularning  xulq-atvorini  kuzatishadi.  Kattalar bilan  do‘st- 

lashish  ular  uchun  qadrlidir.  Kattalar  bilan  emotsional  aloqaga 

kirish  ehtiyoji  ba’zan  o‘z  hayotiy  ideallarini  topgandek,  ularga 

berilib  ketishga ham  olib kelishi mumkin.

Lekin tengdoshlari bilan do‘stlashish  ehtiyoji undan-da kuch­

li namoyon bo‘ladi.  «Kim bilan do‘stlashishni xohlarding, 

0

‘zing- 



dan kattalar bilanmi,  tengdoshlaring bilanmi,  yoki o‘zingdan ki- 

chiklar  bilanmi?»  degan  savolga  ilk  o‘spirinlarning  ko‘pchiligi 

(75—85%)  tengdoshlarini  tanlashgan,  kattalarni  (11—20%),  ham­

da kichiklarni juda  kam  (1—4%)  tanlashgan.  Qizlar  ham  ko‘pin- 

cha  tengdoshlarini  tanlashgan,  lekin  ko‘pincha  kattalarni  ham 

tanlashgan  (39-50%),  o‘zlaridan kichiklarni  hech tanlashmagan 

(I.S.Kon va V.A.Losenkov tadqiqotlari natijalari).

406



Do‘st  tanlashdagi  bunday  farqlarning  psixologik  mohiyati  ni- 

mada?  Fransuz  psixologi  B.Zazzo  ham  o‘z  tadqiqotlarida  yuqo- 

ridagidek  natijalarni  qo‘lga  kiritgan.  «Ideal  do‘st»  yoshi  ba’zi 

har  doim  anglanmaydigan  psixologik  ehtiyojlarni  ochadi.  Bu- 

ning uchun tengdoshlarni tanlash teng munosabatlarga  intilishni 

bildiradi.  Tengdoshi  bilan  do‘stlashish  o‘xshashlik va  tenglik  ta- 

moyillariga asoslanadi:  «Men bilan teng yigit bilan muloqot qilish 

oson»,  «Ustimdan kuladi,  deb  qo‘rqmasdan unga hamma narsani 

aytish mumkin»,  « 0 ‘zimni aqlli ko‘rsatishga intilmasdan,  qanday 

bo‘lsa shunday o‘zimni ko‘rsatishim mumkin, u bilan o‘zimni er­

kin tutaman».  0 ‘zidan kattaroq  do‘stni  tanlash g‘amxo‘rlik,  rah- 

barlik ehtiyojini bildiradi:  «Men bilmaydigan narsalarni  aytib be- 

rishi mumkin».

Do‘stlarcha yaqinlik ba’zi do‘stlarning o‘xshashligini bildiradi. 

Lekin bunday  o‘xshashlik  har  doim  hamma  narsada ko‘rinmay- 

di.  Amerikalik psixolog  D.Kendel  1900  nafar do‘stlarni  o‘rganib, 

ba’zi  obyektiv  xarakteristikalarida  (ijtimoiy  kelib  chiqish,  jins, 

yosh  va  boshqalarda)  o‘xshashlikni  aniqlagan;  do‘stlarning  psi­

xologik  xususiyatlarida  va  ijtimoiy  ustanovkalaridagi  o‘xshashlik 

ahamiyatsiz bo‘lgan.

Ilk o‘spirinlik  davridagi  do‘stlik psixologiyasi shaxs  xususiyat­

lari bilan  chambarchas  bog‘liq.  Bunda  avvalo jins  farqlari  kuza­

tiladi.  Qizlarda  o‘g‘il  bolalarga  nisbatan  1,5—2  yil  oldin  yaqin 

do‘stlikka  ehtiyoj  paydo bo‘ladi,  ularda  do‘stlik hissiyotlarga boy. 

Qizlarda  do‘stlikning  mezonlari  yigitlarga  nisbatan  psixologik 

motivlarga boy bo‘lib, ular yozilib gaplashib, bir-birlariga sirlarini 

aytishga ehtiyoj  sezishadi.

Do‘stlikning  individual-psixologik xususiyatlari  kam  o‘rganil- 

gan.  0 ‘spirinning  emotsional  hayotida  yangi bir holat  sevgi pay­

do  bo‘ladi.  0 ‘spirinlik  sevgisi  sof,  pokiza,  beg‘ubor,  xilma-xil 

kechinmalarga boy,  yoqimli,  xayolga berilish va samimiyat belgi- 

lariga ega bo‘ladi. Yigit va qizlarning sevgini boshdan kechirishi- 

da bir-birlarini hurmat  qilish,  do‘stlik,  o‘zaro  yordam,  bir-birini 

tushunish kabi xislatlar xarakterli bo‘lib,  ular bir-birlaridagi yuk-



407


sak ma’naviy sifatlarni qadrlaydilar. Yigit va qiz bolalar o‘rtasidagi 

munosabatlar o‘spirinlik yoshida faollashgan bo‘ladi.  0 ‘rtoqlariga 

nisbatan  munosabatlar  doirasi  kengayadi,  Ayniqsa,  qizlarda  ara- 

lash do£stlik ehtiyojlari kengayadi.  Bolalarga xos  16—17  yoshlarda 

birinchi jinsiy moyillik va sevgi ehtiyojlari ko‘rina boshlaydi.  Ikki 

jins oltasidagi o£zaro munosabat masalasi asosiy muammolardan 

biri bo£lib hisoblanadi.

Ilk o£spirinlarda kuchli va chuqur his bo£lgan sevgi hissi aks et- 

tirilgan,  kishiga yaxshi ta’sir ko£rsatadigan badiiy adabiyot,  kino- 

film  va  teatrlarga  zo£r  qiziqish  paydo  bo‘ladi.  0 £z  hissiyotlarini 

o£zi  ham  qog£ozda  bayon  qilish,  ko£pincha  she’riy  shaklda  izhor 

etish ehtiyoji tug£iladi.

Mabodo  ana  shunday  hislar  akademik  litsey  va  kasb-hu- 

nar  kolleji  o£quvchilarida  paydo  bolsa,  unga  qanday  munosa­

batda  bo'lish  kerak?  Ayrim  o£qituvchilar  o£quvchilarda  ana  shu 

hisning  paydo  bolishidan  ko£pincha  cho£chiydilar  va  asabiyla- 

shadilar.  Ular bu tuyg£uda «yomon berilib ketishlik»ni,  «bemavrid 

va  zararli  sevgini»  ko£radilar,  bu  o£qishga  va  jamoat  faoliyatiga 

salbiy ta’sir ko£rsatadi,  deb hisoblaydilar.  Ta’nalar,  boshqacha na­

zar bilan qarash va masxara qilishlar,  «baloning oldini olish»,  «ta- 

qiq  etilgan munosabatlarga  chek  qo£yish»,  «yol  qo£ymaslik»  kabi 

nojo£ya  urinishlar  boshlanadi.  Bu  hisga  ko£pincha  salbiy  muno­

sabatda boladilar.

Vaholanki,  16—17 yoshda boshqa jinsdagi kishiga mayl qo'yish 

va qiziqish bilan qarash normal hodisadir.  18  yoshda yigit va qiz­

lar  nikohdan  olish  huquqiga  ega  boladilar.  0 £spirin  sevgisi  o£z 

asos  e’tibori  bilan  soglom  sevgi  b o la  oladi.  Samimiy  kechin- 

malar  olamiga  qo£pollik  bilan  bostirib  kirish  sira  ham  mumkin 

emas,  buning ustiga yigit yoki qizning ana shu tuyg‘uga berilgani 

uchun uning ustidan kulish, haqorat qilish va koyishga yol qo£yib 

bolmaydi.  Birinchi  sevgi  alomatlarini  avaylash,  ularga  sezgirlik 

va  ehtiyotkorlik  bilan  munosabatda  bo'lish  kerak.  Lekin  bu  ana 

shu  tuyg£ularga  beparvo  va  befarq  qarash  kerak,  degan  ma’noni 

bildirmaydi.



408


Bu  tuyg‘ularning  qanday  xarakter  kasb  etishi,  yigit  va  qiz 

o‘rtasida  qanday  munosabatlarni  keltirib  chiqarishi  o'quvchi­

lar  shaxsining  ma’naviy  darajasiga  bog‘liq.  Ko‘p  hollarda  sevgi 

tuyg‘usi yigit va qizlarga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.  U yigit va qizlar- 

ga  o‘z  kamchiliklariga  barham  berishga,  shaxsning  ijobiy  fazi- 

latlarini  hosil  qilishga  intilishni  vujudga  keltiradi,  o‘qib-o‘rga- 

nishga,  qiyinchiliklarga  qarshi  kurashga  o‘rgatadi.  Bu  tuyg‘u  ilk 

o'spirinlarni  pokiza,  muloyim  qiladi,  ularda  oliyjanob  tuyg‘ular 

va intilishlarni tarbiyalaydi.  Unday bolsa,  nega bu tuyg‘uga chek 

qo‘yish  kerak?  Aksincha,  tarbiyachi  bunday  tuyg‘uni  qadrlashi 

va  hurmat  qilishi,  uning  vujudga  kelishidagi  soflikni  avaylashi, 

bu  tuyg‘uning  kelgusida  ham  har  ikkala  tomonga  yaxshi  ta’sir 

kolsatishi uchun  qolidan  kelgan  hamma  chorani  ko‘rishi  (hech 

bolmaganda,  xalaqit bermasligi)  kerak.

0 ‘spirinlarda  sevgi  hissi  bir  qancha  holatlarga  bogliq.  Bi- 

rinchidan  — jinsiy yetilish;  ikkinchidan  — ishonadigan,  suyana- 

digan va  har qanday  nozik  masalalar bo‘yicha gaplashish  mum­

kin  bolgan  do‘stga  ehtiyoj;  uchinchidan  —  bu  tabiiy  insoniy 

ehtiyoj  hisoblanib,  inson  ko‘pincha  o‘zini  yolglz  his  qilganida 

kuchli  emotsional  bogliqlikka  intiladi.  Tadqiqotlarning  kolsa- 

tishicha bunday tuyg‘u kuchaygan shaklda birinchi bor ilk o'spi- 

rinlik  davrida  yuzaga  keladi.  Ilk  o‘spirinlar  yolglz  bolishni  is- 

tamaganliklari uchun o‘zlari faol ravishda o‘zaro yaqin muloqot, 

bir-birlari bilan  intim munosabatni izlaydilar.  Ba’zan 

0

‘spirinlar 



bu  hislarga  shunchalik berilib  ketadilarki,  boshqa  narsalar  mav- 

judligi  haqida  mutlaqo  unutib  qo‘yadilar.  Bu  davrda 

0

‘spirinlar- 



da  sevish  mumkin bolgan  qiz  yoki  yigit  ideali  paydo  boladi va 

ko‘p  yillar davrida bu ideal  saqlanib  turadi.  0 ‘spirinlar tasavvu- 

ridagi ideal kimnidir yoqtirishiga,  sevishiga turtki boladi.  0 ‘spi- 

rinlarning  ideal  obrazlari ba’zan  real bolmaydi,  ya’ni  ular hech 

kimni «unga»  o‘xshatmaydilar.  Bu esa ularda ishonchsizlik ham­

da yolglzlik hissini ham yuzaga keltirishi mumkin.  Ilk o‘spirin- 

larga shu mavzuda badiiy adabiyotlar o‘qish,  kinofilmlar, teatrlar 

tomosha  qilishni  tavsiya  etish  hamda  yoshi  ulug‘  kishilar  bilan



409


suhbatlar  o‘tkazish,  ularga  o‘zlarini  kelgusi  hayotlarini  o‘zlariga 

mos  turmush  o'rtoqlar  topish  masalasiga jiddiyroq  yondashish- 

lariga yordam beradi.

Respublikamizda  ilk  o‘spirinlik  davrida  do‘stlikning  psi­

xologik xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlagan tadqiqotlarni prof. 

G ‘.B.Shoumarov  rahbarligida  F.A.Akramova  o‘tkazgan.  Uning 

tadqiqotlarida ham do‘stlikka doir yuqoridagi natijalar olingan.

Shunday  qilib,  o‘spirinlik  davri  16—23  yoshni  o‘z  ichiga  ola­

di.  Bunda  16—18  yosh  ilk  o‘spirinlik,  18—23  yosh  esa  o‘spirinlik 

deb  ataladi.  Bu  davrda  kasbiy o‘z-o‘zini belgilash yetakchi  faoli­

yat hisoblanadi.  E’tiqod va dunyoqarash bilan bir qatorda,  axloqiy 

ideallar bu  davrda paydo bo‘lgan yangi psixologik tuzilmalardir.




Download 12,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish