Kuzatish — psixik xususiyatlarni uzoq vaqt davomida, reja-
li, biror maqsad asosida o‘rganish. Kuzatish — universal metod
bo‘lib, turli vaziyatlarda ishlatiladi. Ilmiy kuzatish hayotiy (il
miy bo‘lmagan) kuzatishdan tubdan farq qiladi. Hayotiy kuza
tish — kundalik hayotda, rejasiz amalga oshirilib, turli tasodif-
22
larga bog‘liq bo‘ladi. Kuzatish ilmiy bo‘lishi shu bilan bir qatorda
psixologik-pedagogik kuzatish bolishi uchun bir qancha talablar-
ga amal qilishi lozim:
Asosiy m etodlar
K uzatish
Psixologik holatlarning sabablari-
ni ilm iy tarzda tushuntirib beruv-
chi tadqiqot metodi.
Eksperim ent
Psixologik ma’lumotlarni aniqlash-
ga qaratilgan sharoitlarni yaratish
maqsadida tadqiqotchining tekshiri-
luvchi faoliyatlariga faol aralashuvi
Hayotiy
kuzatish
m a’lum otlarini
qayd etish bi-
langina chek-
lanib, tasodifiy
xarakterga ega.
Ilm iy kuzatish
m a’lum otlarni
qayd qilishdan
ularning ichki
m ohiyatini
tushuntirib be-
rishga o‘tish,
uning zaruriy
sharti — aniq
reja va nati-
jalarni maxsus
kundalik yoki
bayonnoma-
larda qayd
etishdir.
Laboratoriya
eksperim enti m ax
sus yaratilgan sha-
roitlarda, maxsus
(apparaturalar)
asbob uskuna-
lar yordam ida
o ‘tkaziladi.
Tekshiriluvchi
xatti-harakatlari
ko‘rsatm a orqali
belgilanadi.
Tabiiy
eksperiment
oddiy hayotiy
sharoitlarda
o ‘tkazilib, turli
yosh davr
larida bilish
im koniyatla-
rini o ‘rganish
uchun
qo‘llaniladi.
Psixologik-pedagogik eksperim ent
Aniqlov-
chi
Shakl-
lanti-
ruvchi
Nazorat
Yordamchi m etodlar
Faoliyat m ahsulini tahlil qilish
Tarjim ai hoi m etodi
Sotsiometriya
A nketa
Suhbat
Egizaklar m etodi
Test
2-rasm. Yosh va pedagogik psixologiya metodlari.
23
1. Maqsadga yo'nalganlik. Umuman o‘quvchini emas, balki
uning shaxsiy sifatlari konkret namoyon bo‘lishini turli vaziyat-
larda va faoliyatning har xil turlarida — o‘yin, o‘qish, mehnat,
muloqot jarayonida kuzatish.
2. Reja. Kuzatishni boshlashdan oldin muayyan vazifalar
belgilanishi (nimani kuzatish), reja tuzilishi (vaqti va vosita-
lari), ko‘rsatkichlarni aniqlab olishi (nimani qayd etish), bo‘li-
shi mumkin bo‘lgan xatolar va ularni oldini olish yo‘llari, taxmin
qilinayotgan natijalarni o‘ylab olishi lozim. Bunda kuzatilayotgan
xususiyat aniq belgilanishi lozim (ular ko‘p bo‘lmasligi zarur).
Kuzatishdan maqsad xulq-atvordagi topilgan kamchiliklarni
to‘g‘rilash yo‘llarini ishlab chiqish bo‘lmog‘i lozim.
3. Mustaqillik. Kuzatish yo‘l-yo‘lakay qilinishi lozim bo‘lgan
emas, balki mustaqil ravishda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan vazifa
bo‘lmog‘i lozim.
4. Tabiiylik. Psixologik-pedagogik kuzatish o‘quvchilar
uchun tabiiy sharoitlarda o‘tkazilishi lozim. U o‘qituvchining
ishtirokisiz o‘tkazilishi zarurki, o‘quvchi kuzatilayotganini sez-
masin.
5. Tizimlilik. Kuzatish o‘qituvchining xohishi bilan emas,
balki doimiy reja asosida, tizimli ravishda yoki rejalashtirilgan
m a’lum oraliqdan so‘ng o‘tkazilishi zarur.
6
. Obyektivlik. Kuzatish jarayonida o‘z taxminlarini emas,
obyektiv fakt, harakat, o‘quvchilar xulq-atvorining obyektiv xu
susiyatlarini qayd etish va shu asosda xulosa chiqarish lozim.
7. Qayd etish. Olingan barcha ma’lumotlar ma’lum tizimda
qayd etilishi lozim. Olingan natijalar kuzatish jarayonida yoki uni
o‘tkazilgandan so‘ng darhol qayd qilinishi kerak.
Biroq kuzatish metodining kamchiliklari ham mavjud. Bular:
1. Tekshiruvchining passiv holatni egallaganligi.
2. Qayd etishdagi xatolar.
3. Qaytarish imkonining yo‘qligi.
4. Natijalarni tahlil qilishdagi subyektivizm.
24
Kuzatish metodining ijobiy tomoni shundaki, eksperimental ra
vishda o‘rganish imkoni bo‘lmagan faoliyatni analiz qilish, o‘quvchi
xulq-atvorini tabiiy sharoitda o‘rganish imkoniyati mavjud.
Kuzatish pedagogik amaliyotda qo‘llaniladigan asosiy metod-
lardan biridir. Kuzatish intervallari yoshga bog‘liq bo‘lishi kerak.
Tug'ilgandan 2—3 oygacha — har kuni;
2—3 oydan
1
yoshgacha — har hafta;
Ilk bolalik, ya’ni 1—3 yoshda — har oyda;
3 yoshdan 6—7 yoshgacha — yarim yilda 1 marta;
7—11 yoshda — 1 yilda 1 m arta kuzatish o‘tkazilishi zarur.
Eksperiment metodi. Eksperiment metodi tabiiy va labora-
toriya eksperimenti turlariga bo'linadi. Bu metod psixik holatni
ta’riflashgagina emas, balki ularni tushuntirib berishga ham im-
kon beradi.
Kuzatishdan farqli olaroq, psixologik eksperiment tadqiqot-
chining sinalayotgan faoliyatga faol aralashuvi mumkinligini na-
zarda tutadi. Jumladan, psixologik fakt aniq namoyon bo‘lishiga,
uning tadqiqotchi xohlagan yo'nalish bo‘yicha o‘zgartirilishiga,
har jihatdan tadqiq qilish uchun bir necha martalab takrorla-
nishiga imkon beradigan shart-sharoitni yaratadi.
Laboratoriya eksperimentining xarakterli belgisi faqat uning
laboratoriya sharoitlarida maxsus psixologik asbob-uskuna-
lar yordamida o‘tkazishlarida va sinaluvchining xatti-harakat-
lari yo‘l-yo‘riqqa binoan sodir bo‘lishi bilangina emas, balki sina-
layotganligini biladigan sinaluvchi (garchi, odatda, sinalayotgan
kishi eksperimentning mohiyati nimadan iboratligini, konkret
nimani va nima maqsadda tadqiq qilinayotganligini bilmasa ham)
kishining munosabati bilan ham belgilanadi. Laboratoriya eksperi
menti yordamida diqqatning xossalarini, idrok, xotira va boshqa-
larning o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq qilish mumkin. Hozir
gi paytda laboratoriya eksperimentini ko‘pincha shunday tarzda
o‘tkazishadiki, unda odam odatdagi sharoitlarda bajarishi mum
kin bo‘lgan faoliyatning ba’zi psixologik jihatlari modellashtirilib
qo‘yiladi. Jumladan, eksperimentda anchagina hissiy zo'riqish
25
vaziyati modellashtirilib, uning jarayonida sinaluvchi, masalan,
kasbi-kori uchuvchi bo‘lgan kishi anglanilgan yechimlar qabul
qilishi mumkin. Yuksak darajadagi uyg‘unlikni taqozo etadigan
murakkab harakatlar qilishi, asboblardagi ko‘rsatkichlarga muno-
sabat bildirishi va hokazolar belgilab qo‘yilgan bo‘lishi mumkin.
Tabiiy eksperiment (birinchi marta 1910-yilda A.F. Lazur-
skiy taklif etgan) mo‘ljallanganiga k o la, eksperiment olkazila-
yotganini biladigan sinaluvchida hosil bo‘ladigan zo‘riqishga yo‘l
qo‘ymasligi va tadqiqotni odatdagi, tabiiy sharoitlarga (dars, suh
bat, o‘yin, uy vazifalarini bajarish va boshqalar) ko‘chirishi lozim.
Masalan, materialni yodlashning samaradorligi uni uzoq vaqt
xotirada saqlab qolish to‘g‘risidagi ko‘rsatmaga bog‘liqligini tad
qiq qilish tabiiy eksperimentga misol b o la oladi.
0
‘quvchilardan
bir guruhi o‘rganilishi lozim bolgan material bilan tanishtirila-
di va ushbu material yuzasidan ertasiga so‘ralishini aytadi. Bosh
qa bir guruhda esa o‘quv materiali xuddi shunday tarzda o‘tilib
bolgach, o‘quvchilarga olilg an dars bir haftadan so‘ng so‘ralishi
aytiladi. Haqiqatda esa har ikkala guruhda ham o‘quvchilardan
ikki haftadan keyin so‘ralgan. Ana shu tabiiy eksperiment jara
yonida materialni uzoq vaqt xotirada saqlab qolishga mo‘ljallan-
gan yo‘l-yo‘riqning afzalliklari aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |