Z. T. Nishanova, N. G. Kamilova, D. U. Abdullayeva, M. X. Xolnazarova



Download 12,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/343
Sana31.12.2021
Hajmi12,64 Mb.
#270960
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   343
Bog'liq
Rivojlantirish psixologiyasi Pedagogik psixologiya Nishanova Z T

92


Regressiya. 

Muammoli vaziyatda avvalgi yoki bolalikdagi istak 

va  harakatlarni  qoniqish  shakliga  qaytishdir.  Regressiya  qisman 

toliq yoki simvolik bolishi mumkin.  Muammoni yordam solash 

oqibatida hal qilish «regressiya» sinfiga shuningdek,  «harakat faol- 

ligi»  mexanizmiga kiradi.  Shuningdek,  xavotirlanishni kamayishi- 

ni talab qilish mumkin bolmagan istak orqali kelib chiqqan.  Reg- 

ressiv  xulq-atvor  ko‘p  hoflarda  kattalar  tomonidan  taqdirlanadi 

hamda  simbiotik emotsional  munosabatlarni talab  qiladi.

Proyeksiya — bu individ  o‘zining  ongli  darajasida  rad  qiluvchi 

fikr, tuyg‘u,  motiv va istaklarni boshqa shaxs yoki obyektga o lk a ­

zish  mexanizmi.  Mexanizm  o‘zini  va  atrofdagilarni  ular  tomo­

nidan  emotsional  rad  etilishi  sifatida  qabul  qilmaslik  tuyg‘usini 

ushlab turish  uchun rivojlanadi.  Proyeksiya o‘zini qabul qilmaslik 

qolquvi bilan kurashishni uddalay olish uchun boshqalarning rad 

etuvchi harakatiga nisbatan chaqirilgan.  Proyeksiya atrofdagilarga 

ularni qabul qilmasliklarining ratsional asosi  sifatida turli negativ 

sifatlarni ularning fonida o‘zini qabul qilish uchun yo‘naltirishdir. 

«Agar  yomon  odam  meni  rad  etsa,  demak  men  yaxshiman  yoki 

yomon odamning  fikri  men uchun  ahamiyatli  emas».

Proyeksiyaning noaniq shakllarini kundalik hayotda uchratish 

mumkin.  Ko‘pchiligimiz  o‘z  kamchiliklarimizga  e’tibor bermay, 

boshqalarda  ularni  osonlikcha  sezamiz.  Biz  atrofdagilarni  o‘z 

tashvishlarimizda ayblashga moyilmiz.  Proyeksiya zararli bolishi 

ham  mumkin,  chunki  reallikni  noto‘g‘ri  anglashga  olib  keladi. 

Bu mexanizm  ko‘pincha  anglamaydigan va xafa boluvchi  shaxs- 

larda  namoyon boladi.

Introyeksiya  — inson  yoki  obyektni  simvolik  internalizatsiya- 

si  (o‘ziga  kiritishi).  Mexanizm  harakati  proeksiyaga  qarama-qar- 

shidir.  Introyeksiya  yordamida  sevgi  obyektlari va  o‘zining  shax- 

si  oltasidagi  farqlar  bartaraf  etiladi.  Ba’zida  boshqa  odamlarga 

nisbatan jaxl yoki agressiya o‘rniga yo‘q  qiluvchi tuyg‘ular,  o‘zini 

o‘zi tanqid  qilishga,  o‘zini  qadrlamaslikka aylanadi,  chunki  ayb- 

lanuvchida  introeksiya  sodir  bolgan.  Bunday  vaziyat  ko‘pincha 

depressiya holatida kuzatiladi.

93



Ratsionallashtirish  —  aslida  mumkin  bolmagan  fikr,  tuyg‘u, 

xulq-atvorlarini  oqlashga  ishonchli  sabablarni  topuvchi  hi­

moya  mexanizmi.  Ratsionallashtirish  —  psixologik  himoyaning 

eng  keng  tarqalgan  mexanizmi,  chunki  bizning  xulq-atvorimiz 

ko‘plab omillar orqali aniqlanadi va biz uni o‘zimiz uchun ma’qul 

bolgan  yo‘1  bilan  tushuntirganimizda  ratsionallashtirgan  b o la­

miz.  Ratsionallashtirishni ongsiz mexanizmini to‘qib  chiqarilgan 

yolg‘on,  firib yoki mug‘ombirlik bilan aralashtirib bolmaydi.

Intellektualizatsiya  —  bu  himoya  mexanizmi  emotsional  his- 

tuyg‘u va kechinmalarni bartaraf etish maqsadida namoyon bola­

di.  Intellektual zaxiralarni katta miqdorda qollashni taqozo etadi.

Kompensatsiya yoki  sublimatsiya  bu  real  yoki  hayotiy  kamchi- 

liklarni  ongsiz  tarzda  bartaraf etish  harakati.  Kompensatorlar  ha­

rakat  universialdir,  chunki  statusini  egallash  deyarli barcha  inson- 

laming  istagidir.  Kompensatsiya  ijtimoiy  yaroqli  (ko‘zi  ojizning 

musiqachiga  aylanishi)  va  yaroqsiz  (bo‘yi  past  insonni)  agressiv- 

lik  va  hokimlikka  intilishi  bilan  kompensatsiyalash,  nogironlikni 

qo‘pollik  va  nizolashuvchanlik  bilan  kompensatsiyalash  bolishi 

mumkin.  Shuningdek,  to‘g‘ri kompensatsiya (yutuqsiz yutuqqa eri- 

shib bolmaydigan sohada omadga intilish)  va bavosita kompensat- 

siyaga  (o‘zini o‘zi boshqa muhitda tasdiqlashga intilish)  ajratiladi.

Reaktiv tuzilmalar himoya mexanizmini anglash uchun to‘g‘ri 

kelmaydigan mayl,  istak va tuyg‘ularni,  ayniqsa, jinsiy va agressiv 

ma’no jihatdan unga qarama-qarshi munosabat yoki harakatlarni 

rivojlantirish yoki urg‘u berish yo‘li bilan almashtiradi.  Bu himoya 

mexanizmining rivojlanishi inson  oliy ijtimoiy  (axloqiy)  qadriyat- 

larni o‘zlashtirishi bilan boglaydilar.  Reaktiv tuzilish xursandchi- 

lik emotsiyalarini ushlab turish uchun qollaniladi.  Bu mexanizm 

harakatdagi  qarama-qarshi  ustanovkalarni  amalga  oshirishni 

taqozo  etadi.  Shu jumladan,  qarashlarning  mustahkam belgilan- 

ganligi,  uyatchanlik,  muruvvat hamda rahmdillik va boshqalar.

Himoya  ikki  bosqich  xarakterga  ega.  Avval  mumkin  bolm a­

gan  istak  siqib  chiqariladi,  so‘ng  uning  antitezasi  kuchayadi. 

Masalan,  haddan  tashqari  vasiylik rad  etilganlik  hissini,  haddan



94


ziyod  ijobiy  va  muloyim  xulq  dushmanlikni  berkitishlari  mum­

kin va boshqalar.

Reallikni rad etish bu anglanilgan vaziyatda og‘riqli bo‘ladigan 

o‘y-fikr,  tuyg‘u,  istak,  talab  yoki  reallikni  rad  etuvchi  mexanizm. 

Rad etish  atrofdagilarning befarqligi va  rad  etilishini ko‘rsatsalar, 

ularni qabul qiluvchi emotsiyalarni ushlab qolish maqsadida rivoj- 

lanadi,  harakatlaridan  xuddi  muammolari  yo‘qdek  tuyuladi.  Rad 

etish  mexanizmining  ko‘p  miqdori  bolalar  uchun  xarakterlidir. 

Kattalar rad etish mexanizmini inqirozli vaziyatlarda  qollaydilar.

Siljish  (o‘rnini  almashtirish)  — kuchliroq,  kattaroq va  ahami- 

yatliroq  subyekt  bilan  nizoli  vaziyat  yuzaga  kelganida  o‘zining 

agressiya, jahl  emotsiyalarini  chiqarib  tashlaganda  bu  xavfga  ay- 

lanadi.

Bolalikdagi jinsiylik tushunchasiga yondashuvlar  Freyd tomo­

nidan  XX  asr  boshida  «Jinsiylik  nazariyasi  bo‘yicha  3  ocherk» 

nomli asarida yoritilgan.  U quyidagi fikrdan kelib chiqqan,  inson 

ba’zi miqdordagi jinsiy energiya bilan tug‘iladi  (libido),  u ma’lum 

ketma-ketlikda tananing turli  a’zolariga  ko‘chadi.

• 

Freyd  psixojinsiy  bosqichlarni  ochilishi  ketma-ketligini  or­



ganizmning  yetilishiga  ko‘ra,  belgilangan  (rivojlanishning  bi­

ologik  omillari)  va  bu bosqichlar universial va barcha  insonlarga 

ularning madaniylik darajasiga qaramay xosdir.  Z.Freydning yosh 

rivojlanishi davrlarini  shaxsning psixojinsiy nazariyasi  deb  ataldi, 

chunki uning  nazariyasini  markazida jinsiy instinktlar turadi,  bu 

keng ma’noda qoniqish deyiladi.




Download 12,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish