G‘oyaviy e’tiqod
- bu bilimning, o‘sha shaxsga xos bo‘lgan intellek-
tual, emotsional va iroda sifatlarining sintezi, g‘oyalar va xatti-harakat-
lar bir butunligining negizidir.
Harakatning oriyentirlash asosi
— aqliy harakatlarning bosqich-
ma-bosqich rivojlanish nazariyasida kiritilgan tushuncha. Harakatning
oriyentirlash asosi bolaning shakllantirilayotgan harakat va uni to‘g‘ri,
muvaffaqiyatli bajarish sharoitlari va sifatlari bilan dastlabki tanishish
jarayoni va natijasidir.
Yosh
— individning ma’lum aniq vaqtda belgilangan psixik taraqqi-
yotining bosqichi. Ushbu bosqichda uning shaxs sifatidagi fiziologik va
psixologik o‘zgarishlari kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |