Maktab psixologni «sudya» sifatida kutadi. Bu «psixolog
kelgach, nima to ‘g‘ri, nima noto‘g‘riligini, kim aybdor, kim
aybdor emasligini aytadi», degan fikrlarda ifodalanadi. Bunday
vaziyatlarda psixologga turli iltimos va imkoniyatlar tushadi:
aqlan orqada qolgan bolalar ro‘yxatini berib, ulami tekshirib,
boshqa maktabga o ‘tkazishni so‘rashadi, o ‘qituvchilar nizoli
guruhlarining peshqadamlari murojaat qilib, o ‘zlari tomonga
Og‘dirmoqchi bo‘ladilar; psixologga direktor ham o ‘zining
«o‘ng q o ‘li» qilish m aqsadida yaqinlashadi; psixologga
farzandlarini xafa qilgan o‘qituvchilar ustidan shikoyat qilib,
Ota-onalar murojaat qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |