Z. T. M s h m o V a



Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/188
Sana31.12.2021
Hajmi3,82 Mb.
#230454
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   188
Bog'liq
psixologikxizmatnishanovaztpdf

Zigzag.  Bu shakl  kreativlik,  ijodkorlik simvolidir.  Chunki 
beshta  shakl  ichida  bu  eng  nodir  va  yakka-yu  —  yagona 
yopilmagan shakl. Agar siz asosiy shakl sifatida Zigzagni qattiq 
tanlab  olgan  b o ‘lsangiz,  siz  haqiqiy  «o‘ng  yarim   sharli» 
fikrlovchi,  boshqacha  fikrlovchisiz,  chunki  chiziqli  shakllar 
o ‘zlarining  miqdori  bilan  sizdan  ustunlikka  ega.  Kvadrat  yoki 
Uchburchak ko‘pincha sizning belgingizga e’tibor berishmaydi. 
Psixologning:  «Bu  shaklni  qaerga  joylashtirasiz?»  —  degan 
savoliga:  «Bu ham  shaklmi?  M en buni kimdir chizib tashlagan 
narsa,  deb o ‘ylabman»,  degan javobni olish  mumkin.  Nihoyat, 
Zigzaglar  orasida boshqalarga  qaraganda  ko‘prok  chapaqaylar 
uchraydi.  Bu  ham  ularning  «o‘ng  yarim  sharli»  ekanligidan 
dalolat.  Shunday qilib,  eng yaqin qarindoshingiz Aylana singari, 
sizga  (faq at  k o ‘p ro q   m iq d o rd a )  o b ra z lilik ,  in tu itiv lik , 
integrativlik, jimjimadorlik xos.  Q at’iy,  izchil  deduksiya  —  bu 
sizning uslubingiz  emas.  Zigzagning  fikri juda  kuchli:  hatto A 
dan Ya gacha sakrashlar qiladi.  Shuning uchun ham  ko‘pchilik 
c h iziq li,  «chap  y arim   sharli»  sh ak llar  u c h u n   Z igzagni 
tu sh u n is h   qiyin.  « 0 ‘ng  y arim   sharli»  tafa k k u r  m ayda 
b o ‘lakchalarda  to ‘xtalmaydi:  shuning  uchun  ham   u  dunyo 
aksini  nim alardir  hisobiga  soddalashtirib,  yaxlit  garm onik 
konsepsiyalar va obrazlami ko‘ra oladi,  go‘zallikni ko‘ra oladi. 
Zigzaglar  odatda  rivojlangan  estetik  hisga  ega  bo ‘ladilar.
Zigzag  tafakkurida  har  doim   —  «Qanday  boMar  ekan 
agar»,  «Qanday  bo‘lar  ekan  agar  bu  va  ana  u  fikrlami  bir- 
lashtirsak?  Buning  natijasida  nimaga  ega  b o ‘lamiz?»  degan 
savol  u stu n   b o ‘ladi.  B utunlay  boshqa-boshqa,  bir-biriga 
o ‘xshamaydigan  fikrlarni  qo‘yish  va  shuning  asosida  yangi, 
original fikmi topish — m ana Zigzaglarga eng yoqadigan narsa. 
Aylanadan farq qilib,  Zigzaglar kelishuvchanlikni xush ko‘rish- 
maydi,  aksincha  —  ularda  fikrlar  konfliktini  keskinlashtirish 
va  yangi  konsepsiya  tuzish  orqali  ushbu  nizolar  o ‘z yechimini 
topadi.  U lar  o'zlarining  tabiiy  aqli  o ‘tkirligini  ishlatib,  juda
156


zaharxanda  bo ‘lishlari,  yangi  yechimlar  imkoniyatiga  «bosh- 
qalaming ko‘zini ochishlari»  mumkin.  Zigzaglar dunyoni  doi­
miy  o ‘zgaruvchan  holda  ko‘rishga  odatlanganlar.  Shuning 
uchun ham  ular uchun hech  qachon o ‘zgarmaydigan  narsalar: 
shablon,  qoidalar  va  ko‘rsatmalar,  har  doim  ko‘nadigan  yoki 
o ‘zini ko‘nayotgandek ko‘rsatadigan  odamlardan ham  zerikarli 
narsa yo‘q.
Zigzaglar  yaxshi  tashkillashtirilgan  sharoitlarda  samarali 
m ehnat  qila  olmaydilar.  Aniq vertikal  va  gorizontal  aloqalaf, 
q at’iy  belgilangan  vazifalar  va  ish  uslublarining  doimiyligi 
ularning  g‘ashiga  tegadi.  U lar  uchun  ish  joyida  katta  rang- 
baranglik va  rag‘batlantirishning yuqori  darajasi boMishi  zarur. 
U lar shuningdek,  o ‘z  ishida  boshqalarga tobe  bo‘lishni xohla- 
maydilar.  Bunday  holda  Zigzag  jonlanadi  va  o ‘zining  asosiy 
vazifasini  bajara  boshlaydi  —  yangi  fikrlar  va  ish  uslublarini 
o ‘ylab  topa  boshlaydi.  Zigzaglar  hech  qachon  narsalar  hosil 
qilishda  hozir  qilinayotgan  yoki  oldin  qilingan  uslublardan 
qoniqmaydilar.  H ech  narsa  Zigzagni  Kvadratning  «Biz  buni 
har  doim  shunday  qilardik»  deydigan  nasihatomuz  gapichalik 
jahlini chiqarmaydi,  Zigzaglar kelajakka intiladilar va borliqqa 
qaraganda  imkoniyatga  ko‘proq  qiziqadilar.  Boshqalar  uchun 
n arsalar  olam i  qanchalik  real  b o ‘lsa,  ular  u chun  fikrlar, 
g‘oyalar  olami  ham   shunchalik  real.  0 ‘z  hayotining  ancha 
qismini  ular  ushbu  xayoliy  dunyoda  o ‘tkazadilar,  shuning 
uchun ham  ular amaliyotda no ‘noq noreal va ishonuvchanlar.
Zigzag  beshta  shakl  orasida  eng  hayajonlanuvchani,  eng 
qo‘zg‘aluvchanidir.  0 ‘zida yangi va qiziq fikr tug‘ilsa, uni butun 
dunyoga  yoyishga  tayyor.  Zigzaglar  —  o ‘z  fikrlarini  char- 
chamasdan tarqatuvchilaridir va  o ‘z  atrofidagi barchani bunga 
qiziqtirish  qobiliyatiga  egadirlar. Ammo  ularga  diplom atiya 
etishmaydi: ularda bosiqlik yo‘q,  «haqiqatni ko‘ziga aytadilar», 
ulardagi  g‘alatilik  bilan  qo‘shilgan  holda  bu  xususiyatlar  o ‘z 
g‘oyalarini  hayotga  tatbiq  etishga  halaqit  beradi.  B undan 
tashqari ular konkret detallami ishlashda va boshlagan ishlarini 
oxiriga yetkazishda unchalik kuchli  emaslar.
Lekin  Zigzaglar  juda  jozibador  odamlar  bo ‘ladilar.

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish