Z. T. Karabayeva



Download 5,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/178
Sana31.12.2021
Hajmi5,6 Mb.
#278279
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   178
Bog'liq
toksikologiya

1.6-rasm.    Zamonaviy  toksikologiya  kimyoviy  zaharlanish  bo‘yiсha  bilimlarini 
targ‘ib qiluvchi,  individual va kommunal tarzdagi farovonlikni kamaytirish uchun 
turli sohalar bilan hamkorlik qiluvchi fan hisoblanadi. 
 
Shu  sababli  bunday  tadqiqotlar  bu  turdagi  zaharlanish  sinovlarini    amalga 
oshirish  uchun    ixtisoslashgan    maxsus  kompaniyalar,  shuningdek,  hukumat 
muassasalarida o‘tkazilishi ajablanarli emas, bu kabi tadqiqot ishlarini olib borish 
murakkab  va  qimmatdir.    Sifatli  ma'lumotlar  olinishda  bir  muammoga  duch 
kelinadi, ya’ni jonivorlar himoyasi, shu asnoda hayvonlar farovonligi yo‘lida ham 
bir  qator  ishlar  olib  borilashi  lozim,  ularning  yashash  makonlarini  yaxshilash, 
qo‘riqlash  va  shu  kabilar.  Toksikologlar  zaharlanishni  aniqlash  bo‘yiсha  tajribali 
expertlar bo‘lib, bir qator sinov o‘tkazish uchun mo‘ljallangan turlar ya’ni sichqon, 
kalamush,  it,  maymun  va  hatto  umurtqasizlarda  tajriba  o‘tkazadilar.  Bu  kabi 
tajribalar  zaharning  qay  darajada  havfli  yoki  havfsiz  ekanligini  va  zaharlanish 
ta’sir kuchi qanchalik uzoq yoki qisqa vaqt mobaynida davom etishini aniqlaydi, 
bu  o‘ylab  va  hatto  yillab  davom  etishi  mumkin  (masalan,  saraton).  Homilador 
hayvonlarda  ham  yangi  kimyoviy  moddalar  tug‘ilmagan  hayvonlar  zaifligiga  qay 
darajada  ta’sir  etishini  baholash  uchun  amalga  oshiriladi.  Bu  jarayon  gistologiya, 


 
 
33 
 
anatomiya,  hujayra biologiyasi va patologiya kabi fanlar bilan bog‘liq. Zamonaviy 
sharoitda,  tana  tizimlarini  batafsil  nazorat etish va kimyoviy  moddalarga nisbatan 
zaiflikni  aniqlashda  hujayra  va  to‘qimalarni  texnologiyalardan  foydalangan  holda 
amalga oshiradi va noyob ma’lumotlar qo‘lga kiritiladi. 
2.  Tahliliy  toksikologiya.  Muayyan  bir  kimyoviy  modda  inson  ko‘payishi, 
uning  salomatligining  yomonlashuvi  va  kasalliklari  etiologiyasida  yetakchi 
omillardan biri bo‘lsada, zaharlangan to‘qima va tana a’zolarining zaharlanganligi 
aniq  isbotni  talab  etadi.  Inson  organizmida  doza  va  dozaga  javob  choralari 
munosabatlariga 
oydinlik 
kiritishda, 
ular 
qondagi 
zaharli 
moddalar 
kontsentratsiyasi  va  patologik  natijalari  o‘rtasidagi  bog‘liqlik  bebaho  ma’lumot 
hisoblanadi.  Aloqadorlikda  gumon  qilingan  zaharli  modda  borligini  tasdiqlash 
uchun  eng  keng  tarqalgan  tashxis  bu  qon  yoki  siydik  namunalaridir.  Bugungi 
kunda,  ushbu  usullar  ham  sanoatda  ishchilar  sog‘lig‘iga  salbiy  ta’sir  etuvchi 
moddalarni aniqlashda ishlatiladi. Bunday tahliliy faoliyat toksikologlar tomonidan 
amalga oshirilib dori vositalarining sifatini aniqlash uchun ham hayvonlarda tajriva 
o‘tkazish orqali olib boriladi, bu jarayon juda katta ahamiyatga ega.  
Bunday  tahliliy  tadqiqotlardan  olingan  ma'lumotlar  qon  aylanish  tizimi  va 
to‘qimalarga  kimyoviy  moddalarning  ta’sir  etishi  bo‘yiсha  oydinlik  kiritadi 
(kimyoviy  modda  organizmga  ichimlik  suvi  va  taom  orqali    yoki  laboratoriya 
hayvonlarining    havodan  nafas  olishi  oqibatida  kirib  keladi)  bunday  turli  yo‘llar 
orqali  zaharlangan  hayvonlarda  to‘qimalarda  qanday  o‘zgarishlar  sodir  bo‘lishi 
kuzatiladi.  Darslik  sifatida  tahliliy  toksikologiya  sohasida  organik  va  noorganik 
kimyo fani muhimdir. 
3.  Mexanik  toksikologiya.  Ma’lum  bir  kimyoiy  moddaning  toksiklik 
darajasini  hayvonlarda  tajriba  o‘tkazish  orqali  aniqlashda  undagi  toksik  reaktsiya 
inson organizmiga mos kelish kelmasligi masalasi ba’zan havf tug‘diradi. Ba’zida 
kalamush  va  sichqonga  yuborilgan  katta  dozadagi  kimyoviy  modda  ularda  toksik 
reaktsiya  holatini  yuzaga  keltiradi,  kam  doza  ta’sir  etuvchi  kishilar  organizmida 
esa  bu  holatni  ko‘rmaslik  mumkin.  Albatta,  toksikologiya  tarixi  doim  ham 
kemiruvchilar organizmi va insonlar organizmida kimyoviy moddalar  toksikligiga 


 
 
34 
 
bir hil reaktsiya bo‘lmaganligi hususida bir necha misollar mavjud. Masalan, keng 
tarqalgan ichimlik va oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘shiladigan ta’mni sun’iy shirin 
qiluvchi saharin bunga misol bo‘la oladi.  
1970-yillar  davomida  o‘tkazilgan  tajriba    kalamush  yuqori  dozali  saharin 
bilan davolangandan so‘ng uning buyragida o‘simta paydo bo‘laganligini ko‘rsatdi 
va  bu  o‘z  navbatida  ommani  havotirga  soldi.  Mehanik  toksikologlar  bu    masala 
bo‘yiсha  tadqiqot  ishlarini  olib  bordilar  va  bu  kabi  o‘simta    faqat    erkak  
kemiruvchilarda  paydo  bo‘lganligini 
ma’lum  qildilar.  Bunday  o‘simta 
kalamushlarga  hos  bo‘lgan  alfa-2U  globulin  tufayli  ekanligi  va  bunday  oqsil 
insonlarda uchramasligi ma’lum bo‘ldi.  Lois Leehman-Mk Keeman va boshqalar 
bir  oz  vaqt  o‘tib  havotir  uyg‘otgan  bu  oqsil  erkak  kalamushlar  buyragidagi 
o‘simtaga  sabab  emasligini  aniqladilar.  Bu  dalil  butunlay  havotirga  o‘rin  yo‘q 
ekanligini isbotlab  berdi.  Saharin  va  u bilan  bog‘liq  bo‘lgan hodisalar  zamonaviy 
toksikologiyaga inson va hayvonlar organizmidagi mehanizmlarni va ularga ta’sir 
etuvchi organism uchun yot bo‘lgan kimyoviy moddalar ta’sirini tubdan o‘rganish 
zarurligini  anglatdi.  Mehanik  toksikologiya  tibbiyot,  biologiya,  genetika, 
farmakologiya,  fiziologiya,  immunologiya  va  molekulyar  biologiya  fanlari  bilan 
uzviy  bog‘liqdir.  So‘nggi  o‘n  yillarda  mehanik  toksikologiya  o‘tkazgan  bunday 
jarayonlar havfning qay darajada jiddiy ekanligini baholashda katta ahamiyat kasb 
etdi.   

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish