Z. T. Karabayeva


   Tamaki  yonish  jarayoni



Download 5,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/178
Sana31.12.2021
Hajmi5,6 Mb.
#278279
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   178
Bog'liq
toksikologiya

 
10.3.   Tamaki  yonish  jarayoni 
 
Garchi  sigaret  yoqish  butun  dunyo  bo‘ylab  kuniga  milliardlab  marotaba 
takrorlanadigan  oddiy  ishga  o‘xshab  tuyulsa-da,  har  bir  yondirish  holati  zaharli 
moddalaning  to‘yingan  aralashmasini  keltirib  chiqaradigan  ko‘plab    murakkab 
kimyoviy  reaksiyalarda  qolib ketadi. Xususan, tamaki tutuni zichlangan suyuq-
lik  tomchilari  hamda  tez  uchuvchan  va  qisman  bug‘lanuvchan  birikmalar  va 
yonish    jarayonida  ishtirok  etadigan  gaz  aralashmasida  saqlanib  qoladigan 
                                                           
62
 
Giovino GA. The tobacco epidemic in the United States. Am J Prev Med. 2007;33(Suppl):S318–26.
 
 


 
 
241 
 
zarralar  ulushi-fraksiyasidan  tashkil  topgan  murakkab  aerozol  hisoblanadi. 
 Ma’lum  bir  chekish  bilan  bog‘liq  kasallikda  aynan  bir  tamaki  tutunida 
uchraydigan  zaharli  moddalarni  sababchi  deb  ko‘rsatish  mushkul  ish.  Sababi, 
tutunning  kimyoviy  kompozitsiyasi  u  sigaretning  shunchali  yonib  turganida 
chiqishi  yoki  faol  ravishda  tortilganda  chekuvchining  o‘pkasiga  borishiga  ko‘ra 
farqlanadi.  Chekuvchi    kishi    sigaretdan  tortganda  sigaretning  o‘zi  tutab  turgan-
dagi  taxminan  600
o
C  harorat  900
o
C  dan  oshiqroqqacha  ko‘tariladi.  Sovuqroq 
haroratdagi  samaradorligi  past  bo‘lgan  yonish  jarayoni  sababli  sigaret  yonib 
turgandagi tutun tarkibida uchraydigan moddalarning zaharlilik darajasi kashanda 
o‘pkasiga ketayotgan tutundagidan ancha miqdorda oshib ketishi mumkin.  
Bir  tadqiqotda,  kanserogen  modda  bo‘lgan  4-aminobifenilning  konsen-
tratsiyasi    havoga  chiqadigan  tutunda  o‘pkaga  ketadigan  tutundagiga  qaraganda 
32  barobarga  balandroq  edi.  Shu  kabi  omillar  mutagenez  uchun    o‘tkaziladigan 
Salmonella    testi    kabi    zaharlilik    o‘lchovlari  davomida    sigaretning    havodagi 
tutuni  o‘pkaga  boradigan  tutundan  3-4  marotaba  yuqoriroq  faollik  ko‘rstaishini 
isbotlaydi.  Bu  fikr-mulohazalar  o‘tgan  bir  necha  o‘n  yilliklar  mobaynida 
chekmaydigan  insonlarning  atrof-muhitdagi  tamaki  tutunidan  aziyat  chekishini 
cheklash    maqsadida    olib    borilayogan    qonunchilik  sa’y-harakatlariga  asos 
bo‘lib xizmat qiladi. 
Tamaki tutuni haqida fikr yuritishning yana bir yo‘li  birlamchi, ikkilamchi 
va  uchlamchi  tutunlar  haqidagi  mulohazani  o‘z    ichiga    oladi.  Birlamchi  tutun 
alohida  bir  chekuvchi  tomonidan  yonib  turgan  sigaretdan  yutilgan  tutunni 
ifodalaydi.  Ikkilamchi  tutun  esa  nisbatan  murakkab  tuzilmali  bo‘lib,  shunisi 
ahamiyatliki,  u  kashandaning  o‘pkasidan  tashqariga  chiqarilgan  tutun  bilan 
birgalikda  havodagi  sigaret  tutuni  aralashmasini  o‘z    ichiga    oladigan  atrof-
muhitdagi  tutunni  va  shuningdek,  sigaret  qoplamasi  bo‘ylab  tarqalayotgan 
tutunning    tarkibiy  qismlarini    ham    birgalikda  tavsiflaydi.  Uchlamchi  tutun 
sigaret chekilishi paytida xona  jihozlari, mebellari, devorlari yuzasida  o‘rnashib 
qolgan  tamaki  yonish  jarayoni  qoldiqlarini  bildiradi.  Bu  o‘rnatilgan  materiallar 
chekuvchi insonning mashinasi yoki yashaydigan  uyining  noxush  hidga egalik 


 
 
242 
 
xususiyatini    tashiydi.    Bu  zaharli  moddalar  bilan  to‘yingan  yuzalarga  tegish, 
ya’ni  fizik  aloqada  bo‘lish  chekuvchilar  bilan  bir  qatorda  chekmaydigan 
kishilarni  ham  teri  orqali  tamakining  zarari  xavfi  ostida  qoldiradi. 
Tamaki  tutuniga  beriladigan  bahoni  salbiylashtiradigan  yana  bir  omil 
shundan  iboratki,  yonish  jarayonida  O
2   
juda  tez  yutiladi  va  natijada  issiq, 
ko‘mirga  yonma-yon  kislorodsiz  zona  shakllanadi.  Tamakining  bu  piroliz  yoki 
distillash  zonasidagi  issiqlik  parchalanishi  aminikislotalar,  yog‘  kislotalari  va 
shaker  orqali  shakllangan  tez  uchuvchan  va  qisman  bug‘lanuvchan  monosiklik 
aromatiklarni  o‘z  ichiga  oladigan  alohida  reaksiya  mahsulotlarini  keltirib 
chiqaradi.  Tamaki  tutunida  uchraydigan  5000  yoki  undan-da  ortiq  kimyoviy 
moddalar va  tutunga  yoyilib  ketgan  nikotinning  ko‘p qismi mana shu zonadan 
kelib  chiqadi. 
Yonayotgan  sigaret  yonish  jarayonining  murakkab  va  o‘suvchan  qolipini 
ifoda  etgani  bois  bekik  joyda  to‘plangan  atrof-muhitdagi  tamaki  tutuni 
turg‘unlikdan  ancha  holi: yuzadagi moddalarning bo‘linishi va o‘zgarishi sababli 
havosi  yaxshi  almashtirilmaydigan  xonada  tutunning  tarkib  topishi  daqiqalardan 
soatlargacha bo‘lgan vaqt davomida dinamik o‘zgarishlarni ko‘rsatadi.   
 

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish