9.2-rasm. Etanol metabolizmi turli oraliq reaktiv mahsulotlar hosil bo‘lishiga
sabab bo‘ladi, ular esa o‘z navbatida asosiy beshta yo‘l orqali jigar proteomasiga
zarar yetkazadi. Rasmdagi raqamlar matnda muhokama qilinadigan har bir
yo‘lning ketma-ketligini anglatadi.
1. Oqsil adduktlar. Spirtli ichimliklar ta’siridagi metabolizmda, oqsillar
zaharlanishi kamida beshta yo‘l orqali sodir bo‘lishi kuzatiladi, bunda surunkali
alkogol iste’molchisining jigari proteomi oqsil modifikatsiyalarining haqiqiy
“kimyoviy ozuqasi” hisoblanadi (9.3-rasm).
Zamonaviy texnologiya sohasidagi cheklashlar sabab, oqsil adduktlari
spektrini alkogol iste’mol qiluvchi shaxsning jigari bilan birgalikda toliq baholash
223
mushkul vazifadir; shunday ekan, alkogol bilan bog‘liq kechadigan kasallik
shakllanishi jarayonida oqsilni zaharlovchi bu kimyoviy yo‘llarning qaysi biri
eng muhim ekanligi hamon noma’lum bo‘yicha qolmoqda. Oqsil adduksiyasiga
olib keluvchi birlamchi yo‘l etanolning ADH, CYP2E1 yoki kataliz bilan
oksidlanishi jarayonida paydo bo‘ladigan atsetaldegid orqali vositalik qiladi. Bu
9.3-rasmda “1” raqami bilan ko‘rsatilgan.
Atsetaldegid moddasi reaktiv elektrofil bo‘lmasa ham, etanol oksidla-
nishining birlamchi moddasi sifatida u surunkali alkogol ichuvchi kishining
jigarida katta miqdorda to‘planadi va uning ko‘pligi boshqa biogen aldegidlarga
qaraganda reaktivligini kamaytiradi. Atsetaldegid tog‘ridan-tog‘ri hujayra
oqsillaridagi nukleofil guruhiga ta’sir ko‘rsatadi, bundan maqsad, yanada barqa-
ror shakllarni hosil qilish uchun kimyoviy qayta guruhlashdan o‘tadigan Shiff
bazaviy adduktlarni yaratishdir. Surunkali iste’mol qilingan alkogol ta’sirida
bunday adduktlar to‘qimalarda yig‘iladi, bu alkogol bilan bog‘liq jigar,
mushaklar va yurak patologiyasini yaqqol namoyish etib turadi.
2. DNK adduktlari. Nuklein kislotasi bilan solishtirganda oqsillarning
hujayra jihatidan keng tarqalganligi shuni kafolatlaydiki, alkogol metabolizmi
jarayonida hosil bo‘lgan reaktiv elektrofillar ko‘proq oqsillarga emas, balki DNK
ga hujum qiladi, kuzatuvlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, alkogolning katta
miqdordagi ta’sirida ko‘p to‘qimalarda tarkibida guanin bo‘lgan DNK adduktlari
paydo bo‘ladi. Atsetaldegiddan hosil bo‘lgan adduktlardan biri bo‘lmish N
2
-etil-
dGuo, alkogol bilan bog‘liq genetik zararning foydali biomarkeri hisoblandi
(9.4-rasm) .
AQShda yaqin yillarda o‘tkazilgan tadqiqot natijasi shuni ko‘rsatdiki,
tajribada qatnashgan ko‘ngillilar aroqni iste’mol qilishganidan 4 soat o‘tib
ularning hujayralar DNK sida bu adduktning miqdori taxminan 100 barobarga
oshib ketgan. Bu adduktning ko‘payishi laboratoriya sharoitida alkogol berib
turilgan kemiruvchilarning og‘iz boshlig‘ida ham kuzatilgan. Alkogol iste’mol
qiluvchi kishilarda bosh va bo‘yinda saraton kasalligi keng tarqalganligini
hisobga olinsa, bu natijalardan shuni taxmin qilish mumkinki, atsetildegid modda-
224
si alkogol bilan bog‘liq kanserogenezning vositachisi bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |