3. Talidomid. XX asrning eng talofatli toksikologik ofatlari Ginger Jake va
sulfanilamide eleksiri bo‘lib, epidemiyalar global miqyosda bo‘ldi. 1550-yilarda
23
rivojlangan dunyo bo‘ylab jamiyatlarda, ikkinchi jahon urushida omon qolganlar
zamonaviy -ijtimoiy rivojlanishdagi ijtimoiy va texnologik o‘zgarishlar bilan
kurashdilar. Shifokorlar bemorlarga uyqusizlik va stress bilan bog‘liq belgilarni
yengib o‘tishlari uchun barbiturate tranquilisers yoza boshladilar: 1955-yilning
o‘zida, AQSh farmatsevtika sanoati mamlakatdagi har bir erkak, ayol va bo‘la
uchun 26 barbiturat tabletkalarni ishlab chiqardi. Biroq barbiturate tabletkalari
uyqusizlik muammosi uchun yaxshi yechim bo‘la olmadi, nemis Chemie
Grunenthal kompaniyasi yangi gipnosedativ – talidomid ishlab chiqara boshlagach
va homiladorlik davrida hech qanday ziyon yetmaydi, tarkibida hech qanday toksik
moddalar yo‘q deb tasdiqlay boshlaganida muammoning yechimi topilishiga umid
uyg‘ondi. So‘nggi tasdiq shubhali chunki homilador hayvonlarda o‘tkazilgan
tajriba dalillari yoki talidomidni sinovdan o‘tkazgan kishilar dalillari yo‘q.
Talidomid tez orada o‘sha davrda unchalik jiddiy qaralmagan davlat
standartlari tasdig‘i ostida farmakologik va toksikologik hususiyatlarni hisobga
olmagan holda Evropa va Britaniya hamdo‘stligi bo‘ylab sotuvga chiqdi.
Ommaviy reklama tashviqot ishlari tufayli tez orada talidomid havfsiz dori sifatida
shuxrat qozondi va sotilish bo‘yiсha etakchi ko‘rsatkichga erishdi, ba’zi bir
davlat-lardagina aspirin dorisidan keyingi o‘rinda edi. Talidomid ayniqsa
uyqusizlik, ertalabki kongil aynishi va qayd qilishdan aziyat chekayotgan
homilador ayo‘llar va keksalar orasida mashxur edi.
3
1950-yillarning oxiriga kelib talidomid avval reklama qilingan dori-
darmonlardan ko‘ra zararliroq degan fikrlar paydo bo‘la boshladi. Masalan, uzoq
muddat undan foydalangan kishilar neyrotoksik sindromni ishlab chiqdilar va
avval Ginger Jake dan zarar ko‘rgan kishilardagi muammolarni eslatuvchi
dalillarni namoyon etdilar: bemorlar oyoqlarining yuqori va pastki qismlarida
noxush jimirlash bo‘lishini, ba’zida qotib qolish holatlarini, mushaklari falaj
holatiga tushib qolayotgani va yurish mushkullashayotganini ma’lum qildilar.
1960-yillar oxiri va 1961-yillar boshida turli tibbiy jurnallarda ma’lum bir
3
Stephens T, Brynner R. Dark remedy: the impact of thalidomide and its revival as a vital medicine. New York: Basic Books;
2005.
24
bemorlarning holatidagi yuqorida qayd etilgan sindromlarni ko‘rsatib beruvchi bir
qator ilmiy maqolalar nashr etildi. Natijada, Germaniya va Buyuk Britaniyada
ba'zi shifoxonalarda talidomiddan foydalanishni cheklash boshlandi.Atlantika
ortida, Kinkinnati Richardson-Merrell kompaniyasining o‘ta talabchan vakili dok-
tor Frankes Kelsi AQSh oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi (FDA) arizani tasdiq-
lashda davom etish bo‘yiсha rasmiy bosim o‘tkazdi. Farmakolog va shifokor
Frankes Chikago universitetida bir tadqiqot izlanuvchisi sifatida "sulfanilamide
eliksir" epidemiyasida dietilenglikol bo‘lganligini aniqlashga yordam berdi.
Frankes va uning atrofidagi hamkasabalari farmakologik vositani juda sinchkovlik
bilan tekshirish zarurati borligini anglab yetdilar.
Doktor
Kelsi
va
hamkasabalari
Richardson-Merrell
kompaniyasi
hayvonlarda tajriba o‘tkazilib taqdim etgan marketing failida yetarlicha ma’lumot
yo‘q ekanligidan havotirga tushdilar. Bundan tashqari, British Medikal
Journalining (Britaniya Tibbiyot Jurnali) 1960-yil dekabr sonida nashr etilgan
periferik neirotoksik holatida talidomidning ta’siri borligi yoritilgan maqola doktor
Kelsining e’toborini tortdi va Richardson-Merrell bilan muzoKARalar davomida
o‘z fikrida mahkam turishga undadi. Doktor Kelsining talidomidni bekor qilish
uchun olib borgan jasur kurashi qandaydir bir ma’noda AQSH fuqarolarini
fojeadan saqlab qoldi va President J.F.Kennedi uni ko‘krak nishoni bilan
taqdirladi. Shunisi ajablanarliki, talidomid preparati doktor Kelsiga “oddiy dori
vositasi” sifatida ilmiy izlanish olib borish maqsadida topshirilgan edi.
AQSH aholisiga omad kulib boqib, doktor o‘zining birinchi ilmiy izlanish
vazifasiga jiddiylik bilan yondoshdi. Planetaning boshqa bir burchagi, Sidneydagi
ayyollar shifohonasida yosh akusher bo‘lib ishlaydigan Vilyam Mk Braidning
e’tiborini 1960-yilda nashr etilgan periferik nevritda talidomidning ta’siri
yoritilgan xat tortdi. Mahalliy britaniya kompaniyasining savdo vakili Distillers Ko
tomonidan tarqatiladigan, litsenziyaga ega bo‘lgan talidomid preparati butun
Britaniya hamdo‘stligi bo‘ylab tarqatilar edi, Mk Braid talidomidni homilador
ayolga ichish uchun belgilab uning asoratlaridan hayratga tushdi. Ona sog‘lom
farzandni dunyoga keltirganiga qaramasdan, tug‘uruq jarayonida yuz bergan bir
25
qator qiyinchiliklar unda xavotirni kuchaytirdi, bu holat u talidomid ichishni
belgilagan boshqa uch ayolning ham tug‘uruq jarayonida takrorlandi. Barcha
tug‘ilgan uch chaqaloqlar bir yil ichida vafot etgan, chaqaloqlarda oshqozon-ichak,
shu jumladan, ichki tana organlari doirasida nuqsonlar qayd etilgan, elka - qol
suyaklari yetarli ravishda uzun emasligi ko‘rsatilgan. Mk Braid zudlik bilan
Distillers kompaniyasiga bu haqda habar bergan, biror ular tomonidan hech bir
qiziqish bo‘lmagach, shifoxona dorixonasi javonlaridan talidomidni olib tashlashga
ko‘ndirdi. Oz shubhasini tasdiqlash maqsadida doktor Mk Bride talidomid
bo‘yiсha homilador sichqon va kalamushlarda tadqiqot ishlarini olib bordi.
Tabiatning bir g‘alati tasodifi bois, bu ikki kemiruvchi turlarining avlodlari
1961-yilning qish faslida hech bir nuqsonsiz dunyoga keldi, doktor Mk Bride va
uning kichik jamoasi uchun bu qattiq zarba bo‘ldi. Ammo sentyabr oyida, Sidney
klinikasida ikki chaqaloqning nuqson va qiyinchiliklar bilan tug‘ilishi talidomid-
ning zararli ekanini isbotladi. Lanset nashrining 1961-yil dekabr sonida chop
etilgan maktub Avstraliya ommaviy axborot vositalari, shuningdek, xalqaro
tibbiyot hamjamiyatida doktor Mk Brideni yuqori muvaffaqiyat qozonishiga sabab
bo‘ldi. Garchan doktor Mk Bride shuhratiga yana bir dori vositasi Debendox
bo‘yiсha bahsda putur yetgan bo‘lsada u butun dunyoda tug‘ilgan godaklardagi
nuqsonlar va falaj asoratlari talidomid dori vositasi tufayli ekanini isbotlab berishi
orqali hurmatga loyiqdir.
Ayni paytda Germaniya ham fat markaziga aylanib borayotgan mahalda,
boshqa bir hushyor shifokor - doktor Vidukind Lenz - Talidomid o‘z mamlakatida
tug‘ilgan chaqaloqlar orasida shiddatli o‘lat nuqsonlariga sabab bo‘layotgani
hususidagi gumonlarini ilgari surdi. Shu yilda bo‘lalar klinikalarida - chaqaloqlar
yuqori yoki pastki oyoqlarda oziga xos nuqsonlar ya’ni cho‘loqlik bilan dunyoga
kela boshladilar – mana shunday godaklardan birining otasi bo‘lgan Karl Schulte-
Hillen advokat sifatida bundan qattiq ta’sirlanishi oqibatida doktor Lenz fokomelia
bilan bog‘liq bunday baxtsiz hodisalarni batafsil ravishda Gamburg klinikasida
o‘rgana boshladi. U olib borgan tadqiqot ishlari natijasidan dahshatga tushdi,
ahvol oldinga nisbatan ancha ayanchli edi, o‘n yilliklar ichida salbiy ta’sir
26
bo‘lalarda sezilarli darajada o‘sgan so‘nggi paytlarda esa juda tez-tez yuz
berganligi aniqlandi. Bir necha nemis gazetalarida Lenz va Schulte-Hillen
dorining salbiy ta’sirini bayon etdilar, bir qator oilalardagi onalar bilan
suhbatlashib, barcha hollarda umumiy salbiy omil sifatida talidomid aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |