Z. T. Karabayeva


  Zamonaviy  toksikologik  ofatlar



Download 5,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/178
Sana31.12.2021
Hajmi5,6 Mb.
#278279
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   178
Bog'liq
toksikologiya

1.4.  Zamonaviy  toksikologik  ofatlar 
 
Bu  tashabbuslarga  parallel  ravishda,    XX  asr    o‘rtalarida  mustaqil  fan  sifa-
tida  zamonaviy  toksikologiya  fani  paydo  bo‘ldi.  Kasb  kasalligi  bo‘yiсha 
xabardorlikni  oshib borishi bu  jarayonga turtki  bo‘ldi va bir  qator  dori-darmonlar 
tadbiq etila boshlandi. 
1.  Dietilen glikol.  1930-yil  oxirlariga  kelib  Amerikada  birinchi  samarali 
antibakterial  dori  sulfanilamid  ishlab  chiqarila  boshlandi.  Sulfanilamid  Prontosil 
metaboliti  sifatida  nemis  olimi  Gerxard  Domagk  (1895-1964)  tomonidan  ishlab 
chiqildi. Sulfanilamid bir necha AQSh kompaniyalari tomonidan "ajoyib dori" deb 
atalib  tabletka  yoki  kapsula  shakllarida  ishlab  chiqarila  boshlandi,  biroq  ba’zi 
bemorlar  uning  achchiq  ta’mi  tufayli  doridan  voz  kechdilar.  Suv  va  spirt  kabi 
suyuqliklarda  butkul  erimasligi    sababli    uni    suyuq  shakli  mavjud  emas  edi. 
Bunday holat  Bristol, Tennessee Massengill kompaniyasi, 1937-yilda olcha ta’mli 
shirin  va  xushbo‘y    "sulfanilamide  eleksirini"  yaratguniga  qadar  davom  etdi. 
Baxtga  qarshi,  firma  kimyogari  sulfanilamidni  dietilen  glikolning  yuqori 
kontsentratsiyasida  eritish  yo‘lini  tanladi.  Shu  asnoda  tijorat  mahsulotlari  uchun 
foydalaniladigan dietilen glikoli iste’molni butunlay yaroqsiz qilib qo‘ydi.  
1937-yil  sentyabr  oyiga  kelib,  AQSh  bo‘ylab  1.304  yuk  taqsimlandi. 
Oqibatda buyrak epidemik kasalligi kuzatildi, bu bo‘lalar uchun 53 ml va kattalar 
uchun  99  ml  belgilangan  o‘rtacha  halokatli  doza  sababli  ro‘y  berdi,  4  hafta 
mobaynida davolanayotgan  105 kishi  qurbon bo‘ldi.  O‘zining ihtirosi  oqibatlarini 
o‘rgangan  va  bundan  qattiq  larzaga  kelgan  Massengill  kimyogari  o‘z  joniga  qasd 
qildi.  Sulfanilamide  sabab  kelib  chiqqan  ofatdan  keyin,  Prezident  Ruzvelt,  1938 
yilning  iyun  oyida  AQSH  oziq-ovqati,  dori-darmonlari  va  kosmetik  mahsulotlari 
bo‘yiсha qonuniy hujjatni imzoladi, shuningdek,  qonunda mahsulotlarni reklama 
qilish, ularga  yorliqlar  yopishtirish va  ehtiyotlik choralari kabi yangi talablar ham 
kiritilgan edi.  Hujjat AQSH tarixidagi xaotik davrni samarali nihoyasiga yetkazdi, 
iste’mol  mahsulotlari  oqibatida  ko‘plab  zaharlanish  avj  olgan  holatlarga  barham 
berildi.  Shubhali  Vilhide  Exhaler  kabi  ta'sirchanligini  kuchli  bo‘lgan  davolash 


 
 
22 
 
vositalari bartaraf qilindi, bundan tashqari Lash Lure nomi bilan mashhur bo‘lgan 
kiprik    bo‘yog‘i    foydalanuvchining  ko‘zlariga  doimiy  ravishda  ziyon  yetkazi-
layotgani    va  Radithor  nomli,  radiy  bilan  noxush  surunkali  zaharlanishga  olib 
kelayotgan tonik muammolarini hal qilish uchun qonunchilik bazasi  taqdim etildi. 
2.  TOCP  (tri-o-kresil  fosfat).  Yana  bir  toksikologik  ofat  Janubiy  va  O‘rta 
G‘arb davlatlari bo‘ylab 1930-yillarda  keng miqyosda yuzaga keldi. Ginger Jake 
spirtli  ichimligi  uchun  bo‘lgan  hohish,    bemorlarni  sog‘ligi    uchun  "davolash-
vositasi"    sifatida    o‘n  yillar  davomi-da  dorixonalarda  sotilgan  dorivor  mahsulot 
uchun,  kuchli  talabni  vujudga  keltirdi,  taqiqlash  asri  davomida  tarkibi  80  % 
spirtdan iborat qahrabo ichimlik mashhur bo‘la bordi. Bunday suiste'molchilikdan 
xabar topgan G‘aznachilik boshqarmasi 1935-yilda kundalik iste'molni kamaytirish 
maqsadida ichimlik tarkibini  ikki  barobar  achchiqlashtirdi. Bu o‘zgarish Ginger 
Jake mahsulotlarini yanada mazali qilish uchun izlanayotgan ishlab chiqaruvchilar 
o‘rtasida ko‘plab innovatsion soxtalashtirish sa'y-harakatlariga sabab bo‘ldi.  
Batamom  aniq  bo‘lmagan  sabablarga  ko‘ra,    Boston  shahridagi  ikki  isnod 
keltiradigan  tadbirkorlar  Garri  Gross  va  Max  Reismanlar  Eastman  Kodak 
kompaniyasi  tomonidan  ishlab  chiqariladigan  bo‘yoqlar  va  laklar  tarkibidagi 
plastifikator turi -О-krezil fosfatni (TOCP), zaharli xususiyatlaridan g‘ofil bo‘lgan 
tarzda  Ginger  Jake  ichimligining  minglab  shisha  idishlariga  qo‘shdilar.  Keyin 
mahsulot    AQSh  qit'asi  bo‘ylab  sotildi.    Mahsulotni  iste'mol  qiluvchilarga  "Jake 
Valk"  laqabi  berildi,  bunga  sabab  jabrlanuvchining  oyoqlari  qo‘g‘irchoqning 
oyog‘idek qotib qolganligi bo‘ldi, bu holat falajga olib keldi (1.5-rasm).  Mamlakat 
bo‘ylab  taxminan  40000-50  000  kishi  bundan  aziyat  chekdi:  Kanzas  shtatining 
Vichita  shaxrida  taxminan  500  bemor  bir  kechaning  o‘zida  zaharlandi.  Ba’zi 
hollarda  esa  zaharlangan  kishilar  uzoq  muddatga  sog‘lig‘ini  yoqotdilar  va  qolgan 
umrlarini  nogironlikda,    muruvvat  uylarida  o‘tkazdilar.  Shu  bilan  bir  qatorda 
epidemiya janub madaniyatida iz qoldirdi, ya’ni o‘sha davr jazz musiqachilarining 
tasmalarida “Jake Valk” kabi o‘nlab yozuvlar paydo bo‘ldi. 

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish