1.4-rasm. Ilk tibbiy kuzatishlar kasallik sabablari va omillarini ta’riflab bergan,
ta’rifda sanoat ishlab chiqarish joylarida faoliyat yurutuvchi ishchilarda
uchraydigan kasalliklar olimlar e’toborini tortishi natijasida, kasallikning asosiy
kimyoviy va biokimyoviy sabablari o‘rganila boshladi.
19
Professor Ernest Kennavay boshchiligidagi Chester Beatty tadqiqot instituti
(Buyuk Britaniya) da ko‘mir sabab yuzaga keluvchi saraton kasalligiga olib
keluvchi bir necha organik kimyo moddalari aniqlandi. Bu kimyoviy moddalar
shuningdek tamaki chekuvchilarni ham saraton kasalligi bilan og‘rishlari sababini
ko‘rsatib o‘tdi, biz bu masalaga keyingi bobda batafsil to‘xtalib o‘tamiz. Bundan
tashqari, o’n to‘qqizinchi asr oxirlari va XX asr boshlarida epidemiologik
tadqiqotlar bunday zararli kimyoviy moddalar nemis ko‘mir konlari ishchilari,
Shotlandiya rezina ishlab chiqaruvch ishchilari va Lankashir paxta ishlab
chiqaruvchilari duch keladigan saraton bilan bog‘liq ekanligi ko‘rsatib o‘tildi.
2) Ludvig Renn. Poliaromatik uglevodorodlar Sanoat Asri ishonuvchan
ishchilariga ziyon yetkazayotgan birgina kimyoviy modda emas edi. 1895 yilda
aprel oyida Berlinda bo‘lib o‘tgan Germaniya Jarrohlik jamiyati Kongressi
davomida yana boshqa bir shifokor, Ludvig Rahn (1849-1930) o‘z
hamkasabalarini kimyoviy zavodining ishchilari mubtalo bo‘lgan qovuq va moyak
o‘smalari to‘qimachilik sanoatida ishlatiladigan bo‘yoqlar anilin kimyoviy
moddasi tufayli bo‘lganiga ishontirishga urindi. “Men saraton kasalligiga olib
keluvchi anil kimyoviy moddasi ko’rinishi-dagi omilni e’toborga olish katta
ahamiyatga ega ekanligiga aniq ishora qildim, biroq bundan biror natija chiqmadi,
behuda bo‘ldi”, degandi Rehn. Qarashlarining boshlang‘ich shubha ostida
qolganligiga qaramay, avlodlar Rehnni "aromatik omil" deb nomlanuvchi kuchli
kantserogenlarning yangi sinfi kashfiyotchisi sifatida yodga oladilar. Odam
tanasiga singib kirgandan song bunday kimyoviy moddalar jigar ichidagi
metabolitga sabab bo‘ladi, lekin bu moddalar eng katta zararni buyrak pufagiga
yetkizadi. Bu kimyoviy modda tamaki yonish paytida yuzaga kelishi bois biz uni
10-bobda diqqat bilan ko‘rib otamiz.
XX asr kasb-hunar oqibatida yuzaga keluvchi saraton kasalligining bir necha
dalillariga guvoh bo‘ldi. Eng muhim dalillar sifatida o‘limga olib keluvchi o‘pka
saratoni va mezotelyomalar misol bo‘la oladi. Bu kasalliklar tog‘- konlarida asbest
qazib oluvchi ishchilar orasida uchragan. Shu asnoda asbest eng zo‘r hom
asyolardan biri sifatida tan olingan bo‘lsada salbiy fikr kelib chiqgan. Masalan,
20
Avstraliyaning chekka g‘arbiy shahri Vittenoomda asbest qazib chiqarish koni
tarixidagi eng jiddiy ofatlar orasidan o‘rin egallaydi, 1960- va 1970-yillarda
epidemiya tarqalgan. Bunda nafaqat kon ishchilari balki, ularning oilalari va
farzandlari ham fojeali epidemiyadan aziyat chekganlar.1970-yillar jigar saratoni
kasaliga ham guvoh bo‘ldi, bu “angiosarkoma” deb nom oldi, vinil xlorid, keng
ishlatiladigan polimer polivinilxlorid buning etakchi omili ekanligi aniqlandi.
Birinchi bor bu holat Kentukki shtatining zavod ishchilarida kuzatildi, keyinchalik
esa kasallikdan butun dunyo bo‘ylab ishchilar aziyat cheka boshladilar. Zavod ish
tajribasidan kelib chiqgan holda ish uslublarining o‘zgartirilishi kasallikni bartaraf
etish imkonini berdi. Kimyoviy moddalar nafaqat saraton, balki boshqa kasal-
liklarning ham kelib chiqishiga omil bo‘ladi. Bu kasalliklar inson salomatligiga
katta putur yetkazadi.
XX asr davomida saraton kasalligidan tashqari qo‘rg‘oshin ta’sirida miya
faoliyatidagi o‘zgarishlar va margimush pestitsidlar ta’siridagi teri kasalliklari,
shuningdek, quruq tozalash sanoati ishchilarida jigar kasalligi aniqlandi; ushbu
turdagi ko‘plab misollar kitobning boshqa boblarida ham yoritilgan. Bu holatlarni
anglab yetish ish joylari ischilarga sanoat ishlab chiqarish sohasida yetkazilgan
ziyon sababli ular nogiron kishilarga aylanib qolganliklari bois ular va ularning
oilalariga yordam berishga ma’sul ekanliklarini isbotlab berdi. Germaniya
Reihstagi bu jixatidan qonunchilikda 1883-yil ishchilar sog‘liqni saqlash bo‘yiсha
sug‘urta fondini tashkil etish va nogiron bo‘lib qolgan ishchilarga yordam puli
bilan ta'minlanishlari majburiyatini berdi. 1897-yilda Buyuk Britaniya ham shu
zayldagi sug‘urta Qonunini ishlab chiqdi. AQShda, kasbiy kasalliklar xavfi o‘sib
borayotganligi bois 1911-yilda Milliy Xavfsizlik Kengashi shakllantirildi va 3 yil
o‘tib sanoat gigiyena bo‘limi tashkil etildi. Garvard tibbiyot maktabi fakultetiga
tayinlangan birinchi ayol Alike Hamilton (1869-1970), AQSh industrial toksikolo-
giyasi va kasbiy tibbiyot asoslariga poydevor yaratdi, deb e’tirof etiladi. Shifokor
va patologo-anatom bu ayol, kimyoviy moddalardan inson sog‘lig‘ini qanday
saqlash va uning ta’sir kuchini kamaytirish borasida tadqiqotlar o‘tkazdi. Shuning-
dek, u sanoat toksikologiyasiga bag‘ishlangan bir qator darsliklar chop ettirdi.
21
Do'stlaringiz bilan baham: |