2.1. Toksikologiya atamasi
Toksikologiya (grekcha toxicon− zahar va logos − fan), bu tirik organizm va
41
zaharni o‘zaro ta’sir qilish qonunlarini o‘rganuvchi tibbiyotning sohasi
hisoblanadi.
Boshqa sohalar kabi toksikologiya sohasi ham o‘ziga hos lug‘at boyligiga
ega. Noto‘gri talqin etilgan toksikologiya sohasidagi so‘zlar kimyoviy havfni
samarali tarzda oldini olishda to‘sqinlik qilishi mumkin. Ayrim semantik masalalar
bizning e'tiborimizni talab qiladi.
1. Zahar. Ehtimol bu atama toksikologiya sohasidagi eng dolzarb atama
bo‘lib, toksikologiya sohasini o‘rganadigan zararli moddalarni umumlashtiruvchi
atama bo‘lib kelgan. “Zahar” so‘zi kundalik hayot davomida tez-tez qo‘llanilgan
va qadimdan bu so‘z ommaviylashgani ma’lum. Zamonaviy toksikologiya
sohasining otasi Matye Orifla 1813-yil o‘zining mashhur risolalar bobini yozayotib
bu atamani qo‘llashni lozim topgan, - “Zahar juda kichik dozada inson sog‘lig‘ini
zaiflashtiradi yoki hayotdan ko‘z yumdiradi. Biroq bunga qaramay zahar atamasi
zamonaviy toksikokogiyada umumlashtiruvchi atama hisoblanmaydi”. Biroq uzoq
vaqtdan buyon ma’lum bo‘lib kelayotgan bu atama zamonaviy toksikologiya
sohasida asosiy atamalardan biri hisoblanmaydi, chunki bu atama dunyoda
faqatgina kimyoviy moddaning ikki turi ya’ni “zaharli” va “zaharsiz” turlari bor,
degan noto‘g‘ri tushunchani hosil qilishi mumkin. Aslini olib qaraganda darhaqiqat
“Zaharsiz” deb aytilganda noto‘g‘ri tushuncha paydo bo‘ladi. Paraselsus fikriga
qoshilgan holda zamonaviy toksikologiya sohasi har qanday kimyoviy modda
ma’lum bir sharoit va omil ta’sirida toksik holatga olib kelishi mumkinligiga urg‘u
beradi. (Masalan: juda yuqori miqdorda, hatto osh tuzi yoki ichimlik suvi ham
zararli bo‘lishi mumkin).
2. Toksin. Kundalik hayotda nutqimizda tez-tez uchraydigan toksin so‘zini
qo‘llashimiz mumkin. Bu so‘z jigar yoki boshqa tizimlarni go‘yoki “tozalay-
digan” mahsulotlarni sotuvchi ko‘plab muqobil tibbiyot saytlarida uchraydi.
Toksikologiya sohasida bu atamani tirik organizmlardan chiquvchi zararli
moddalar uchun qo‘llagan ma’qul (masalan, zaharli dengiz organizmlari, yuqumli
patogenlar yoki zaharli o‘rgimchaklar uchun). Sirasini sun’iy kimyoviy moddalar,
shu jumladan, ko‘pgina zamonaviy dori vositalari va sanoat kimyoviy moddalri
42
uchun bu atama mos kelmaydi.
3. Ksenobiotik. Toksikologlar tomonidan tez-tez qo‘llaniladigan so‘z
ksenobiotik so‘zi hisoblanadi. Bu yunoncha so‘z bo‘lib, “xenos” - notanish
ma’nosini anglatadi. Ksenobiotik shu tarzda chet yoki tashqi manbadan tanaga
kirgan kimyoviy modda hisoblanadi. Bunday kimyoviy moddalar normal
fiziologik jarayonlar davomida tananing ichida endobiotiklardan farq qiladi
(masalan, androgenlar, glyuko-kortikoidlar, nevrotransmitterlar va shu kabi
bilirubin metabolik chiqindi mahsu-lotlari).
Endobiotiklar patologik jarayonlar tufayli shikastlangan to‘qimalar ichida
shakllangan toksik kimyoviy moddalarni o‘z ichiga oladi. Nazariya nuqtai
nazaridan ksenobiotik endogen moddalardan istisno bo‘lgan holda bugungi kunda
dunyoda keng tarqalgan minglab sun’iy kimyoviy moddalar, iste’mol mahsulotlari,
dori-darmonlar, pestitsidlar, gerbitsidlar va sanoat reagentlarini o‘z ichiga oladi.
Ksenobiotik ba’zi keskin ta’sir sharoiti ostida zaharli bo‘lishi mumkin, lekin
boshqa sharoitlar ostida zararsiz bo‘lishi mumkin. Misol uchun, tegishli dozalardan
vaqti-vaqti bilan foydalanish bilan, ba’zi sun’iy dorilar zararsiz hisoblanadi va
shifokor ruxsatisiz uni dorixonalardan sotib olish mumkin.
Sun’iy moddalarga qo‘shimcha tarzda ksenobiotik atamasi tabiiy kimyoviy
moddalarni ham o‘z ichiga qamrab oladi, ya’ni kishilar iste’mol qiladigan oziq-
ovqat mahsulotlari, ichimliklar va o‘simliklardan tayyorlanadigan dori vositalari
aslini olib qaralganda bularning ko‘pchiligi kishi salomatligi uchun unchalik
zararli emas, garchan ksenobiotiklarning tabiiy kelib chiqishi nihoyatda zararli
bo‘lsada. Qoida tariqasida shuni aytish joizki, zamonaviy toksikologiya tabiiy
tarzda kelib chiquvchi moddalardan o‘laroq sun’iy moddalar ko‘proq zararli, degan
keng tarqalgan g‘oya tarafdori emas. Eng zaharli moddalarning ko‘p qismini tabiiy
kelib chiqishi toksikologiya faniga ma’lum. Shunday bo‘lsada, bugungi sanoat
jamiyatlarda sun’iy kimyoviy moddalarning keng ko‘lamda ishlatilishi zamonaviy
toksikologiya e’tiborini jalb etmoqda. Shu zaylda tabiat juda kuchli bo‘lgan
toksinlarni ishlab chiqarishi mumkin bo‘lgan bir paytda kamdan kam hollarda
zamonaviy tarzda ishlab chiqarilayotgan sun’iy moddalar bilan mos hajmda
43
emasligi ma’lum.
Yana bir omilni olib qarasak, sun’iy tarzda ishlab chiqarilayotgan
ksenobiotiklarga bo‘lgan qiziqish katta bo‘lib, buning sababi ularning fizik va
kimyoviy hususiyatlaridir. Bugungi kunda inson organizmi ko‘proq sun’iy tarzda
ishlab chiqarilgan gayrioddiy kimyoviy hususiyatlarga ega moddalarga moyil
bo‘lib, ularda metabolizmga nisbatan chidamlilik shakllanib boradi. Zaharli
moddalar tabaqalanganda ko‘p hollarda ular sun’iy toksik moddalar bo‘lib chiqadi.
Mahsus aniqlash asboblari inson organizmdagi suyuqlik yoki to‘qimalardagi
zararli moddalarni aniqlashda ularning ko‘p qismi sun’iy ekanligini namoyon
etadi. Shu tarza biz qachonlardir tabiiy deb o‘ylagan ba’zi kimyoviy moddalar
sun’iy ekanligi va ular faqatgina ishlab chiqarish joylarida vujudga kelishini
bilamiz, biroq bunday moddalar inson organizmida juda kam miqdorda bo‘lishi
aniqlangan.
Masalan, akrolein o‘ta zaharli modda hisoblanib karbonil bilan qorishtirilgan
holda plastmass va boshqa turli kimyoviy moddalarni ishlab chiqarishda ishlatiladi.
(2.1-rasm). Shu bilan bir qatorda u tabiatni va atrof-muhitni ifloslaniruvchi modda
hisoblanadi, organik moddalarni ya’ni tamaki, o‘rmon o‘simliklari va qazib olinuv-
chi yoqilg‘ilarni yonishi oqibatida paydo bo‘ladi. Akrolein, shuningdek, oziq-ovqat
pishirish jarayonida ham paydo bo‘ladi, oshxona sharoitida havoga ko‘tarilib
yuqori havo konsentrasiyalarini keltirib chiqaradi.
Bunga qaramay so‘nggi o‘n yilliklar ichida akrolein asosan tashqi omillar
oqibatida organizmda paydo bo‘ladi, degan tahminimiz o‘zgardi, u boshqa
biologik jarayonlar ta’sirida shakllanadi degan g‘oya yuzaga keldi. Ba’zi olimlar
endogen akrolein “Alzgeymer” kabi keksa kishilardagi degenerativ kasalliklni
kelib chiqishida ro‘l oynaydi dehan taxminga boradilar. Albatta, bu taxminga
to‘laqonli isbot talab etiladi. Biz tashqi yoki ichki manbalar ta’siri ostida
ekanligimiz kontseptual muammoni yuzaga keltiradi. Bu esa o‘z navbatida
akrolein va ksenobiotik kabi moddalarni tasnif etishimiz lozimligini taqazo etadi.
4. Toksikant (zaharli). Toksikologiya lug‘atida tabiiy va sun’iy kelib
chiquvchi zararli kimyoviy moddalarni ifodalashda keng ko‘lamda “toksikant”
44
so‘zi qo‘llaniladi. Bu so‘z kimyoviy moddalar to‘qimalarini turli sharoitlarda,
turlicha omillar ta’sirida zararlashi holatlarida qo‘llaniladi, tabiiy yoki sun’iy kelib
chiqishidan qat’iy nazar bu atama kundalik hayotda kam qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |