10.10-rasm. DNK zararlovchi metabolitlarining 4-aminobifineldan kelib
chiqishidagi asosiy bosqichlari. Shuni esdan chiqarmangki, sxema anchagina
soddalashtirilgan va N-birlashmalari (masalan, asitillangan yoki glusuroni-
datlangan turlar) yoki O-birlashmalar (masalan, sulfonatlar) ning boshqa
sinflarining rolini ko‘rsatmaydi.
Kislotali siydikda, 4-ABP O-glusuronid siydik pufagi rakini keltirib
chiqarishda asosiy vosita bo‘lgan yuqori elektrofillik nitriy kationini chiqarish
uchun gidrolizlanadi. Bu turlar yaxshi tuzilmagan mutagenik hosila N-
(deoksigenozin-8-yl)-4-ABP ni shakllantirish uchun geninlarning K-8 pozitsi-
yasida ayirish hujayralarida DNK ga zarar yetkazadi. Kanadalik tadqiqotchilar
tomonidan yaqinda o‘tkazilgan ish, 4-ABP bilan olti haftalik muolajalar bilan
ketma-ket sodir bo‘ladigan, 6 haftalik tuzalish davrini ham ergashtirib keladigan
kII transgen mutatsiyalarni tadqiq qilish maqsadida Big Blue
TM
transgenik
sichqonlaridan foydalanish, siydik pufagini o‘rganilgan bir qancha to‘qimalar
272
orasida mutatsiyalarga eng moyili deb aniqladi. G→A tranzitsiyalari eng keng
tarqalgan kontrol to‘qimalarga taqqoslanganda, siydik pufagidagi eng ko‘p
uchraydigan o‘zgarishlar G→A transversiyalari, asosiy 4-ABP dan kelib chiqqan
hosila, N-(deoksigenozin-8-yl)-4-ABP ning ma’lum bo‘lgan yanglish kodlash
xususiyati bilan o‘zgarmas edi. Mutatsiyalar 4-ABP ning so‘nggi dozasi uzoq
vaqt o‘tib fosh etilganligi topilmasi sutemizuvchilar to‘qimalarida bu
hosilalarning uzoq vaqt davomida saqlanib qolish xususiyati bilan mos keladi.
4) 1,3-Butadien (BD). Faules va Daybing tomonidan tutunning tarkibiy
qismlaridagi xavfni baholashiga ko‘ra, bir kunda atigi bir dona sigaret
chekishdagi istalgan ma’lum bir qismlar sababli saraton xavfidagi eng yuqori
o‘sish tamaki tutunida uchraydigan ko‘plab kichik bug‘lanuvchan moddalarning
biri bo‘lgan 1,3-butadien (BD) ni taqozo etadi (qolganlari etilen oksid,
akrilonitril, asetamid va benzenni o‘z ichiga oladi). BD ga belgilangan eng
yuqori o‘rin boshqa tamaki kanserogenlariga taqqoslanganda tamaki tutunida
qiyosiy ravishda o‘zining yuqori konsentratsiyalarini aks ettiradi. 16 dan 75 gacha
bo‘lgan μg/sigaret darajalari kashanda o‘pkasiga ketayotgan tutunda va 205–361
μg/sigaret sigaretdan chiqib turgan tutunda o‘lchandi. Bu baholar aromatik
aminlar yoki PAU larning darajalari ekvivalentidan 10
3
-10
4
martaga yuqoriroq
67
.
BD plastic polimerlar va rezina mahsulotlari ishlab chiqarilishida
kimyo sanoatida qo‘llaniladigan gazolinga o‘xshash ta’mga ega rangsiz gaz
hisoblanadi. Yoqilg‘i yonish jarayonida shakllanishi tufayli BD, shuningdek,
BD xavfi keng tarqalganligini isbotlagan holda shaharlardagi havo va
mashinalardan chiqadigan tutunda uchraydi. Analitik izlanishlar shuni isbotladiki,
BD garchi natija chekuvchilarda ikki yoki uch barobar yuqoriroq bo‘lsa-da,
chekmaydiganlar umumiy guruhining qon va siydik namunalarida ham uchrar
ekan. Labaratoriya kemiruvchilariga berilganda BD limfositik limfomalar, yurak
o‘simtalari, sut bezi, tuxumdon, jigar va o‘pkalarni qamrab oluvchi aniq o‘simta
javob reaksiyalarini keltirib chiqaradi. Kasbiy jihatdan xavf ostida bo‘lgan
67
Spiess PK et al. Proteomic profiling of acrolein adducts in human lung epithelial cells. J Proteomics. 2011;74:2380–94.
273
ishchilarda oqqon kasalligining yuqori xavfini ilgari suruvchi epidemiologik
topilmalar bilan birgalikda BD STXA tomonidan 1-guruh “inson kanserogeni”
sifatida topildi.
BD ning kanserogenlik xususiyatlari elektrofil epoksid metabolite, 1,2-
epoksid-3-buten (EB) ga CYP2E1 va -2A6-katalizlangan o‘zgarish jarayoni
sababdan bo‘lishi ham mumkin. BD biotransformatsiyaning soddalashtiril-
gan ko‘rinishi 10.11-rasmda berilgan (metabolitlarning barchasi ham ko‘rsatil-
magan).
EB epoksid gidrolazasi tomonidan 3-buten-1,2-diol (BD-diol) ga gidro-
lizlana oladi va BD-diolning o‘zi ham 3,4-epoksid-1,2-butandiol (EBD) ni
shakllantirishda CYP tomonidan epoksidlanishi mumkin. EB uchun yana bir
natija diepoksibutan (DEB) ni hosil qilshda CYP2E1 yoki -2A6 tomonidan
katalizlangan ikkinchi oksidlanishni qamrab oladi. DEB shuningdek, epoksid-
diol metabolitiga gidroliz-katalizlangan epoksid o‘zgarish jarayonini boshdan
kechiradi (10.11-rasm). Ham bakteriya (masalan, Ames testi) ham sutemizuv-
chilar hujayralari (masalan, CHO hujayralari) dan foydalangan holda tashqarida
o‘tkazilgan testlar tizimidagi natijalarga asoslangan holda garchi EB va EDB ham
DNK hosilasi va mutagenik natijalarga hissa qo‘shsa-da, DEB eng kuchli
mutagenik BD metaboliti hisoblanadi.
Ko‘p sonli DNK hosilalari BD ning ko‘pchiligi yanglish kodlash yoki
replikatsiyani to‘xtatib qo‘yuvchi xususiyatga ega bo‘lgan uch asosiy elektro-
fil metabolitlari uchun o‘rganilgan. BD dan shakllangan mutagenikligi yuqori
bo‘lgan DNK hosilalari deoksiadenozinning N1 pozitsiyasi bilan EB ning
reaksiyasidan keyingi deaminatsiyasi ostida shakllanadigan turli xil deoksiinozin
ajratmalarini o‘z ichiga oladi. Bu yuqori mutagenik xususiyatiga ega bo‘lgan
hosilalar DNK replikatsiyasi vaqtida juda yuqori bo‘lgan mutatsiya takroriy-
liklarini keltirib chiqaradi.
274
Do'stlaringiz bilan baham: |