10.6-rasm. Tamakiga ishlov berish va sigaretning yonish jarayonlarida
nikotinning nitrozatsiyasi N-nitrosonornikotin (NNN) and 4-metilnitrosamino
(NNK)-1-(3-piridil)-1-(butanon) kabi kanserogenik tamakining belgilangan nitroz
aminlarini keltirib chiqaradi.
NNN va NNK o‘zlarining yirik miqyosdagi karsenogenlik xususiyati
tufayli ko‘p e’tiborni jalb etsa-da, tamakida ko‘p sonli TBNA lar uchraydi
(masalan, NNN (N-nitrosonornikotin), NNK((4-metilnitrosamino)-1-(3-piridil)-1-
butanon) , NAB (1-nitrosoanabazin) and NAT ( N-nitrosoanatabin)). Har ikkala
birikma, ayniqsa, NNK ning kalamushlar, sichqonlar va olmaxon singari
turlardagi o‘pka karsenogenlariga ta’siri juda yuqori. NNK ning zamonaviy
toksikologiyaga ma’lum bo‘lgan eng katta ta’sirga ega bo‘lgan va qayta-qayta
yangilanaveradigan o‘pka karsenogeni ekanligi bahslarga sabab bo‘lishi
264
mumkin.
NNN va NNK ning eng kam dozalarigina hayvonlarda o‘pka rakini
keltirib chiqaradi (masalan, o‘simtalar normal chekish holatlari ostida
chekuvchilar tomonidan erishilganlariga o‘xshaydigan muqobil turlarni o‘lchov-
chi dozada paydo bo‘ladi). Buning ustiga, ba’zi konserogenlarga oxshamagan
holda, NNN va NNK “yovvoyi turdagi” labaratoriya hayvonlarida
karsenogenlarga bo‘lgan ta’sirchanlikni oshirishda genetik manipulatsiyaga
bo‘lgan ehtiyojsiz ham o‘simtalar keltirb chiqaradi (masalan, DNK ning
tuzuvchi genlari yoki o‘smani bekitadigan genlarning ochirilishi).
NNN va NNK shuningdek, nafaqat o‘pkada, balki burun to‘qimalarida,
jigar va me’da osti bezi singari chekuvchilarda o‘sma paydo bo‘lishiga qarshilik
ko‘rsatishi qiyin bo‘lgan organlarda o‘sma chaqirish bilan multi-organ
kanserogen hisoblanadi.
TBNA yaqinda qadoqlangan tamaki tarkibida kam miqdorda mavjud
bo‘ladi va asosan, tamaki yonish jarayoni bilan bir qatorda barglarni olinishi,
ishlov berish va quritish jarayonlarida ham shakllanadi. TBNA miqdorini
sezilarli tarzda pasaytiradigan tamakiga ishlov berishning tartibi mavjud,
biroq bu xavfsizlantiruvchi usullarning savdoga oid tamaki ishlab chiqarishda
keng qo‘llanilishi yoki qo‘llanilmasligi noma’lum. TBNA miqdori tamaki
sifatiga ko‘ra farq qiladi va nikotinning nikotin demetilatsiyasi uchun kamay-
tirilgan sig‘imli variantlari odatda, past TBNA miqdorini ishlab chiqaradi.
Tamaki yonish jarayonida TBNA ning shakllanishi biroz kutilmagan
bo‘lishi mumkin va ahamiyatga molik xilma-xilliklar sigaret ishlab chiqarilgan
mamlakatga qarab sigaret yonib turganda chiqadigan tutun va kashandaning
o‘pkasiga ketadigan tutunda ayon bo‘ladi. Umuman olganda, tutun orqali
tashiladigan NNN ning darajalari NNK nikidan oshiqroq bo‘ladi. Turli xil
sigaretlarda NNN darjalarining xalqaro qiyoslamalari ishlab chiqarilish
mamlakatlariga bog‘liq tarzda NNN va NNK darajalarida anchagina xilma-
xilliklarni aniqladi.
NNN va NNK metabolizmi insonlarda va boshqa turlarda chuqur
265
o‘rganilgan. Ko‘p sonli metabolitlar denitrozatsiya yo‘laklari, N-oksidatsiyasi
yoki piridin halqasining gidroksilatsiyasi orqali shakllanadigan soni jihatdan
kichik mahsulotlari o‘z ichiga olgan holda xabar berildi. NNK jihatdan asosiy
natija karbonil guruhining NNAL (4-(metilnitrosamino)-1-(3-piridil)-1-butanol)
ni shakllantirish uchun qisqarib ketishini qamrab oladi. Keyin NNAL turli xil
NNAL-glusuronidlarni shakllantirish uchun tuslanishli metabolizmni boshdan
kechiradi. NNAL va uning glusuronidlangan metabolitlari tamaki tutunining
keng qo‘llaniluvchi biomarkerlari hisoblanadi. Chekmaydiganlardan (masalan,
kashandalar bilan bir uyda yashovchi bolalar va oila a’zolari, kazinolar,
barlar, restoranlardagi mijozlardan) olingan qon va siydik namunalaridagi
NNAL-glusuronidlarini fosh etib tashlash ba’zi mamlakatlarda jamoat joylarida
chekishning kamaytirilishida ko‘makchi bir vosita bo‘lgan edi. Bir bog‘liq
birikma, izo- NNAL yuzalarda yig‘ilib qolgan (“uchlamchi” tamaki tutuni deb
nomlanadigan) tutun xavfining muhim bir biomarkeri hisoblanadi.
Kanserogenlarning ko‘rinishidan NNK ning asosiy metabolik natijasi
CYP fermentlari tomonidan α-gidroksilatsiyasini qamrab oladi. Bu oksidlanish
reaksiyalari NNK tomonidan qamrab olinadigan ochiq halqali zanjirdagi nitroz
amin guruhiga bog‘langan metil yoki metilen guruhlarini keltirib chiqaradi
(rasm 10.7). Bu aniq gidroksilatsiya hodisalari NNK xavfi davomida, ya’ni
α-metilen gidroksilatsiyasi yo‘laklari mahsulotidan paydo bo‘ladigan metil
hosilasi hamda α-metil gidroksilatsiyasi yo‘lagi orqali shakllanadigan
piridiloksobutil hosilalari xavfida to‘qimalardagi proteinlarda (masalan,
gemoglabin) yoki DNK da shakllanadigan hosilalarning ikki asosiy sinfini
keltirib chiqarganliklari bois ham muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Birinchi o‘rinda, NNKning α-metilen gidroksilatsiyasi DNK ni metal-
laydigan reaktiv metil tarqatuvchi modda, metandiazogidroksidni shakllantirishda
parchalanib ketadigan turg‘un bo‘lmagan α-gidrosid meta-bolitni keltirib
chiqaradi. Bu yo‘lakda shakllangan DNK hosilalari shakllanishi NNK
munosabatdagi inson hujayralarida ham hayvon to‘qimalarida ham yaqqol
ko‘rinib turadigan 7-metil- deoksigenozin, O
6
-metil-deoksigenozin va O
4
-metil-
266
deoksitimidinlarni o‘z ichiga oladi. Agarda DNK ning tuzuvchi proteinlari
tomonidan to‘g‘rilanmasa, O
6
-metil-deoksigenozin singari hosilalar bo‘linish
orqali ko‘paygan DNK molekulalarida tez-tez G→A tranzitsiyalari uchrab
turishini isbotlagan holda, DNK polimerlari replikatsiyasi jarayonida
deoksitimidin bilan nomunosib bo‘lgan “juftlashish” ni boshdan o‘tkazishi
mumkin. Garchu bu kabi mutatsiyalar xato juftlangan to‘qimalarni tuzatuvchi
yo‘laklar tomonidan to‘g‘rilasa bo‘ladigan bo‘lsa-da, tamaki chekuvchilarning
o‘pka o‘smalarida faollashtirilgan onkogenezlardagi bu kabi o‘rindoshlarning
o‘ta ko‘p tarqalganligi shuni ta’kidlaydiki, metillangan DNK bazasi shikast-
lanishlarining barchasi ham samarali ravishda tuzatilaverilmaydi.
NNK ning α-metil gidroksilatsiyasini qamrab oladigan muqobil yo‘laklar
turli xil piridiloksobutil hosilalarini shakllantirishda DNK va proteinga zarar
yetkazadigan turg‘un bo‘lmagan elektrofillarni keltirib chiqaradi (10.7-rasm).
DNK bilan reaksiya davomida piridiloksobutil hosilalari deoksigenozin,
deoksisitozin va deoksitimidin bilan bo‘ladigan reaksiyalar orqali shakllanadi
(10.7-rasm, faqat N-7 genin hosilasini ko‘rsatadi).
Kanserogenezdagi bu turlarning roli yuqorida muhokama qilingan metil-
langan asoslarga qaraganda yomonroq o‘rnatilgan bo‘lsa-da, dalilning bir necha
yo‘nalishlari piridil-oksobutil DNK hosilalarining tamaki kanserogenezida
qatnashishini qattiq ta’kidlaydi. Masalan, piridiloksobutil DNK hosilalari NNK
munosabatdagi kemiruvchilarning o‘smaga moyil to‘qimalaridan ajratib olingan
DNK da uzoqqa cho‘ziladigan shikastlanishlar sifatida fosh etilgan.
Piridiloksobutillangan hosilalarni shakllantiradigan moddalarning ham
Salmonella testi yoki sutemizuvchilar tekshiruvlarida metagenikligi aniqlandi.
Piridiloksobutil hosilalari, shuningdek, NNK mutagenezidagi sinergistik effektni
cheklagan holda zararlangan DNK dagi metillangan asoslarni tuzatadigan
metiltransferaza fermentlarining oldini oladi. Va nihoyat, insoniyat ustida
o‘tkazilgan tadqiqotlar o‘pka raki bilan og‘rigan chekuvchilarning to‘qimalarida
bu kasallikka duchor bo‘lmagan kashandalar bilan qiyoslaganda piridilokso-
butil DNK hosilalarining yuqori darajasini aniqladi.
267
Do'stlaringiz bilan baham: |