Z. T. Karabayeva



Download 5,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/178
Sana31.12.2021
Hajmi5,6 Mb.
#278279
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   178
Bog'liq
toksikologiya

10.4-rasm.  Tamaki  yonish  jarayonida  hosil  bo‘lgan  yuzlab  polisiklik  aromatik 
uglevodorodlardan  atigi  taxminan  o‘n  ikkitasining  karsenogenlik  xususiyati 
bo‘lishi  mumkin.  STXA  tomonidan  2-guruh  A  karsenogenlari  sifatida 
ko‘rsatilgan  bir  necha  PAU lar yuqorida namoyish  etilgan.                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                          
 
1) Polisiklik  aromatic  uglevodorodlar (PAU). Yuzlab ko‘p bog‘li aroma-
tik    uglevodorodlar    tamaki  tutunining  zarrachali  fazasida  uchraydi.  Ulardan 
ayrimlari  10.4-rasmda  ko‘rsatilgan.  Bu  sinf  vakillari    o‘zlarining    o‘rmon  
yong‘inlarida shakllanishi, tozalanmagan yog‘lar va  organik  moddaning boshqa 
turlarida  mavjudligi  bilan  tabiiy  atrof-muhitda  ko‘p  uchraydi. PAU  larning  kasb  
bilan aloqador xavfi alyuminiy zavodlari, metall quyish zavodlari, tabiiy yonilg‘i 
olish  zavodlarida,  tom  yopish,  yo‘l  yotqizish  va  sanoatning  boshqa  sohalarida 
faoliyat  yurituvchi  ishchilar  orasida  uchraydi.  Yuk  mashinasi  haydovchilari  va 
lokomotiv  injenerlari  singari  transport  tizimida    ishlaydiganlar  ham  trubalardan 
chiqadigan  dizel  tutuni  sababli  ham  PAU  larning  yuqori  darajasiga    duchor  
bo‘lmoqdalar.  
Olimlar  tamaki  tutunida  550  ga  yaqin  PAU  larni  o‘zining  molekular 
tuzilishida karbon atomlarining umumiy sonidan kelib chiqqan alohida PAU ning 
miqdori  bilan  birgalikda  aniqlashdi.  Tamakini  hosil  qiladigan  maxsus  PAU 
larning shakllanishi murakkab kimyoni o‘z  ichiga  qamrab oladi va bu jarayonga 
tamakining  turi  va  yonish  jarayoni  hosil  bo‘ladigan  harorat  havodagi  sigaret 


 
 
258 
 
tutuni  va  o‘pkaga boradigan tutundagi PAU ning miqdorini farqlashga yordam 
beradigan omillar kuchli ta’sir o‘tkazadi. 
PAU  lar   kattaroq   tuzilmalarni   shakllantirishda   tezlik   bilan  birikadigan 
erkin radikallar va  yoki kichik reaktiv molekulalarni ishlab chiqaradigan tamaki 
o‘simligida organik tarkibiy qismlarning  pirolizi va issiqlik parchalanishi orqali 
shakllanadi.  Tamaki  bargining  PAU  larning  shakklanishida  o‘tmishdoshlari 
tamaki  hujayrasi  devoridagi  komponentlar  va  yog‘lar,  selluloza,  yarim 
sellulozalar va  lignin singari tuzilmali biopolimerlarni qamrab oladi. 
PAU  sinfidagi  tuzilma  jihatdan  xilma-xillik  sabab,  CYP  hosil  qilish 
samaraliligi,  karsenogenlik    xususiyati    va  oilaning  individual  a’zolarining 
to‘qima  tanlanuvchanligi  ahamiyatga  molik  darajada  farq  qiladi.  Tamaki 
tutunidagi  yuzlab  PAU  lardan  atigi  12  tasi  STXA  tomonidan  insoniyatga  va 
hayvonot    olamida    kanserogenlik    vazifasini  o‘tovchi  moddalar  sifatida  tanish-
tirib o‘tilgan. Bulardan ba’zi PAU lar STXA tomonidan 2-guruh A karserogenlari 
sifatida tasniflanadi (10.4-rasm).  
Ko‘pchilik    PAU    larda    saraton  chaqirish  xususiyatining  yetishmasligi 
fakti  bu  birikmalar  uchun  tuzilma  -  harakat  bog‘lanishlari  shakllanishini 
murakkablashtiradi.  Shuningdek,  alohida  olingan  PAU  ning  toksikologik  xusu-
siyati  alohida  organilganda  ko‘plab    PAU  larni  o‘z    ichiga    oladigan  kompleks 
aralashmada xususiyatining o‘zgarishi ehtimolligi ham bu  moddalarni  o‘rganish-
ni    murakkablashtiradi.  Odatda,  PAU  larning  kompleks  aralashmalari  (masalan, 
ko‘mir  smolasi  ajratmalari)  alohida  olingan  birikmalarga  qaraganda  yuqoriroq 
saraton chaqirish ehtimolligini ko‘rsatadi, biroq har ikkalasi  DNK  bog‘lamining 
darajasi uchun muhim tarzda mos hisoblanmaydi. Bu esa PAU larning o‘zlarining 
hosilalarini shakllantirish, genotoksik turlariga qaramasdan o‘simtaning o‘sishiga 
hissa qo‘shadigan holatlarni keltirib chiqarishiga ishora qiladi.  
Sun’iy  tarzda  sinov  uchun  o‘stiriladigan  hujayralarda  ko‘rilishi  mum-
kin  bo‘lgan  genotoksik  bo‘lmagan  mexanizmlarda  PAU  lar  bo‘shliqlar  tutasha-
digan  nuqtalarda  birlashgan hujayraviy aloqa tizimini, forbol esterlari kabi ko‘p 
uchraydigan    o‘sma    chaqiruvchilar    bilan    bo‘lishiladigan  natijani  oldini  oladi. 


 
 
259 
 
Bu  mexanizmlarning  butun  bir  hayvonlar  va  insoniyat  o‘rnida  bevosita 
bog‘liqligini  ko‘rsatish  anchagina  mushkul. 
PAU  sinfining  yorqin  namunasi  bo‘lgan  benzol[α]piren  (BaP)  o‘zining 
tabiatda  keng  miqyosda  tarqalishi  va  keng  toksikologik  xususiyatlari  (terato-
genezlik,  mutagenezlik,  karsenogenezlik  va  immunotoksiklik)  uchun  ham  ko‘p 
e’tiborni  tortadi.  BaP  ning  1930-yilda  ko‘mir  smolasidan  ajralib  chiqishi  va 
sichqon  terisiga  takroriy  ravishda  ishqalanganda  o‘sma  chaqirishi  namoyishi 
tajribalarga  asoslangan  toksikologiyaning  kelib  chiqishida  muhim  bosqichlardan 
biri  bo‘ldi.  BaP  ni  tamaki  tarkibida  uchraydigan  asosiy  karsenogen  modda 
sifatida  ayblash  dalili  o‘pkaga  bog‘liqligi  jihatdan  ayniqsa  kuchli  hisoblanadi  – 
BaP ning  past  dozasi  nafas, teri  orqali  va  hayvon turlari doirasida og‘iz yo‘l-
lari  bilan  tashilganda  kuchli  va  takroriy  ravishda saraton keltirib chiqaradi. 
 

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish