10.3-rasm . TRPA1 ni faollashtiradigan retseptorlarga qo‘shimcha tarzda, yonish
jarayoni mahsuloti akrolein ko‘p qismli DNK va protein hosilalarini
shakllantirish orqali tutun bilan bog‘liq patofiziologiyasiga hissa qo‘shadi.
254
Akroleinning glutasion-S-transferazasi tomonidan zaharsizlantirilishi tamaki
chekishning foydali bir biomarkeri bo‘lgan ayirish metabolite 3-gidroksiprofil
merkapturali kislota (3-GPMK) ni keltirib chiqaradi. 3-GPMK γ-glutamil-
sistenil-glisin, sistinilglisinaza, N-asitil transferazasi va aldo-keto reduktazasi
orqali shakllanadi.
Natijada kelib chiqqan metabolit – 3-gidroksiprofil merkapturali kislota
(GPMK) chekuvchilarda uning darajalari chekmaydiganlardagiga qaraganda
anchagina yuqori ekanligi va chekish xulq-atvorining (masalan, chekishni
tashlash) funksiyasi sifatida o‘zgarishi sababli tamaki chekishning foydali ayirish
biomarkeri hisoblanadi.
Akroleinni paydo qiladigan protein hosilalari – ayniqsa lizin amino-
kislotasi bog‘larida (10.3-rasm) yoki asosiy proteinlaridagi seysten qoldiq-
larida shakklanganlari yutilgan tutunning zaharliligiga hissa qo‘shadigan
asosiy omil hisoblanadi.
Akrolein nafas olish trakti hujayralaridagi proteinlar joylashgan sohaga
zararli ta’sir ko‘rsatadi – yaqinda o‘tkazilgan bir proteomik tadqiqot akro-
leinning zararli ta’siriga ergashgan inson bronxiolalaridagi epiteliy
hujayralarida 750 dan oshiq zararlangan proteinlarni aniqladi. Bu zararning butun
mexanistik ahamiyati hamon o‘z yechimini kutmoqda, biroq yuzlab genlarning
tuzilmasi o‘zgartirilib yuborilgan ko‘rinishi hujayraning o‘sishi, hujayraning
o‘limi va yallig‘lanish javob reaksiyalarini o‘z ichiga oladigan ko‘plab
hujayraviy yo‘laklarning faoliyatini o‘zgartiradigan noxush bir natijaga
o‘xshaydi. Yutilgan irritantlarga (masalan, k-Jun, JNK2) bo‘lgan makrofag javob
reaksiyasini normallashtirib turadigan proteinlarga bo‘lgan zarar akroleinning
ancha vaqt davomida chekib kelayotgan kashandalar o‘pkasida surunkali immun
tizimining pasayishiga hissa qo‘shishini bildiradi.
4. Metallar. Kadmiy, xrom, arsenik, nikel, mis va qorg‘oshin kabi zaharli
metallar tamaki ishlab chiqaradigan hududlarda tuproq va suvdagi ifloslovchi
modda-lar sifatida ko‘p uchrashi sababli sigaret ishlab chiqarish davomida
255
saqlanib qoladigan tamaki tarkibida uchraydigan muhim ifloslovchi moddalar
hisoblanadi. Ularning ko‘lami geografik omillarga qarab farq qiladi, biroq hosilga
og‘it beruvchilar (ajratilgan og‘ir metallarga boy) va sintetik fosfor og‘itlari
(metallga birikish xuxusiyatiga ega) sifatida qo‘llanilgan hayvonlar axlati tamaki
mahsulotining bir qismi sifatida foydalanilgan joylarda ayniqsa muhimdir.
Ba’zi bir sigaret brendlarida zaharli metallarning darajasi og‘ir darajadagi
chekuvchilar o‘zlarini bir necha organlarga yomon ta’sir ko‘rsatadigan metallar
keltirib chiqaradigan surunkali karaxtlikka mubtalo etishlarini bildirgan holda
nihoyatda baland hisoblanadi. Tutun orqali tashiladigan metallar SO‘OK va
astma, havo yo‘laklarida javob reaksiyalarining o‘ta yuqori bo‘lishi, yallig‘lanish
va yutilgan kimyoviy va biologik allergenlarga yuqori sezuvchanlik kabi
patogenetik va yallig‘lanishga oid o‘pkadagi buzilishlar davomida ayniqsa
muhimdir.
Og‘ir metall hisoblangan kadmiy tamaki tarkibidagi eng muhim metall
tarkibiy qismi hisoblanadi. Faules va Daybing tomonidan keltirilgan tamaki
tutunidagi ifloslantiruvchilar sinfiy xavfi baholanishida kadmiy nafas olish
tizimi sog‘lig‘iga keltiradigan jiddiy xavflariga ko‘ra 4-eng muhim o‘rinlardan
birini egalladi (qolgan uchta eng yuqori o‘rinlardagi ximikatlarning barchasi
tamaki tarkibiy qismlarining aldigid guruhiga mansub: eng muhimi akrolein
hisoblanib, asetaldigid va formaldigid keyingi o‘rinlarni egallaydi). Tamaki
tarkibidagi kadmiy darajasi ishlab chiqarish hududiga ko‘ra farqlanadi, biroq
AQSh da istiqomat qiluvchi kashandalar ustida olib borilgan uzoq tekshiruv-
lardan Levis tomonidan yig‘ilgan ma’lumotlarga ko‘ra, kashandalar agar kuniga
bir quti sigaret cheksalar chekmaydigan kishilarda sabzavotlar iste’molidan
olinadigan kunlik miqdoriga qariyb teng bo‘lgan 1-3 µg kadmiyni yutadilar.
Tana to‘qimalarida xususiyatlarning yarmiga qisqarib ketishi bilan kadmiy
pankretik o‘sma, diabet, periodontal kasalliklar va nafas olish bilan bog‘liq bir
qancha qiyinchiliklarning kelib chiqishiga hissa qo‘shuvchi moddaga aylanib
qoladi.
Autopsiya qilingan o‘pka to‘qimalarining tahlili chekuvchi kishilarning
256
o‘pka yarimsharlarining turli joylarida kadmiyning yirik miqdorda yig‘ilib
borishini aniq qilib berdi. Kadmiyning o‘pkaga normal qonning oqib kirishi
vaqtida “yopishib olish” xususiyati ko‘p chekuvchi kishilarda tananing chetki,
ahamiyati kichik organlarida ham kasalliklarga duchor bo‘lish xavfini oshiradi.
Tamaki yaproqlaridagi og‘ir metallar darajasi keng miqyosda muqarrar
bo‘lgan qishloq xo‘jaligi amaliyotlariga ta’sir o‘tkazgani sababli bu moddalar-
ning insoniyatga solayotgan xavfini yengillashtirish uchun tanlovlar chegara-
langan. Chekishning tashlanishi kashandalarda metallardan surunkali ravishda
zaharlanishni qisqartirishning ishonchli asosiy vositasi hisoblanadi.
5. Kanserogenlar. Saraton Tadqiqotlari Xalqaro Agentligi bergan
ma’lumitlarga ko‘ra, tamaki tutuni hozirda insoniyat va hayvonlarda saraton
chaqirish xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar (kanserogenlar) sifatida ma’lum
bo‘lgan taxminan 72 yoki undan-da ortiq birikmalardan tashkil topgan. Ba’zi
bir kanserogenlar faqat-gina juda kichik hajmda uchraganligi sababli ularning
o‘pka yoki tananing boshqa qismlarida rakning kelib chiqishiga aloqadorligi
noma’lumdir. Shunga qaramas-dan, tamaki tutunidagi eng o‘tkir saratonlarning
ko‘pchiligi uchun hattoki nano-gramm miqdorning mavjudligi ham og‘ir
kashandalarda bir umrlik chekish laboratoriya hayvonlarida o‘smalarni keltirib
chiqarishi ma’lum bo‘lgan milli-gramm miqdorga o‘xshab ko‘rinsa-da,
birlashgan, to‘plangan dozalarni tashishi bois juda ham ahamiyatga molik
hisoblanadi.
Amerikalik toksikolog Stefen Heyt tomonidan yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot
hisob-kitoblariga ko‘ra, bir dona sigaretdan kashanda o‘pkasiga ketayotgan tutun
PAU
lar
va
tamaki-spesifik
nitrosaminlar
sinflariga
tegishli
kuchli
karsenogenlarning taxminan 600 trillion molekulalaridan tashkil topgan, agar
ma’lum bo‘lgan 72 ta karsenogenlarning barchasi hisobga olinsa, umumiy hisob
10000 marotaba katta bo‘lishi ham mumkin.
65
65
Hecht SS. More than 500 trillion molecules of strong Carcinogens per cigarette: use in product labeling? Tob control.
2011;20:387.
257
Do'stlaringiz bilan baham: |