Z. T. Karabayeva



Download 5,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/178
Sana31.12.2021
Hajmi5,6 Mb.
#278279
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   178
Bog'liq
toksikologiya

3.  Surunkali  o‘pka  obstrukiv  kasalliklari.  Tamaki  yonish  jarayonidan 
hosil  bo‘lib  yutilgan  moddalar  yig‘iladigan  joy  bo‘lgani  sababli  inson  o‘pkasi 
chekish bilan bog‘liq ko‘plab  kasalliklar oldida  ojiz  hisoblanadi. Saraton  bilan  
bog‘liq  bo‘lmagan o‘pkaga xavf soluvchi  kasalliklar  orasida  surunkali  o‘pka  
obstrukiv  kasalligi  eng  ahamiyatga    molik    hisoblanadi.  SO‘OK  davomiy  nafas 
yetishmasligi  va  surunkali    o‘pka    yallig‘lanishi    sababli    o‘pka    funksiyasining 
yomonlashuvini o‘z  ichiga oladi.  
SO‘OK  bilan  bir  vaqtda  bir  necha  kasalliklar  paydo  bo‘lishi  mumkin           
(yurak  xuruji,  mushaklar  bo‘shashishi,  diabet,  asabiylik,  bakteriya  infeksiyasi). 
O‘pka  to‘qimalarining  muttasil  ravishda  o‘zgarishi,  chekishning  tashlanishi 
SO‘OK    simptomlarini    faqat    qisman    o‘zgartiradi.  SO‘OK  hozircha  dunyo 
bo‘ylab  o‘limga  sabab  bo‘luvchi  4-asosiy  kasallik  va  Butunjahon  Sog‘liqni 
Saqlash    Tashkiloti    bergan    ma’lumotlarga    ko‘ra,    rivojlanayotgan  mamlakat-
larda    chekish    sur’atlarining    o‘sib  borayotganligi    sababli    global    ahamiyatga 
molik tarzda oshib bormoqda.  
Tamaki  chekuvchi  inson  SO‘OK  dan  aziyat  chekayotgan  bir  paytda 
o‘xshash sindromlar bolalarda uchraydigan astma, bolalarda  o‘pka  infeksiyalari,  
chang  va  tutunga  kasbiy holatlarda allergiya kabi  o‘pka  jarohatlarinng  boshqa  
shakllarini  surunkali  xavf  solishi ham yuz  beradi.  
SO‘OK  ning  nafas  olishdagi  patofiziologiyasi  asosan  yallig‘langan 
hujayralarning  “normal”  chekuvchilarda  uchraydigan  bronxlar  va  periferal 
o‘pkaga  past  darajadagi  tarqalishining  bo‘rttirilgan  ko‘rinishidir.  SO‘OK  ni 
boshdan  kechirayotgan  kashandalarning  ozchilik  qismida  shilliq  gipersek-
retsiyasi,  kichik  havo  yo‘llarida  tiqilish,  kichik  o‘pka  doiralarida  yuqori  qon 
bosimi    kabilar    bilan    birga    uchraydigan    to‘qimalarning    o‘zgarish    jarayoni 
bilan  birgalikda  kuzatiladi  va  orttiriladi.  SO‘OK ning  xususiyatlari  bo‘lgan 
havo  yetishmasligi  va    “nafas  tiqilishi”    asosan    alveolalar  devorlari  ostidagi 
chetki  nafas  olishga  oid  havo  bo‘shliqlarining  o‘zgarmas  kattalashishini  aks 
ettiradi.  


 
 
246 
 
SO‘OK  patobiologiyasi  murakkab  bo‘lsa-da,  ko‘plab    chekuvchilarda 
kuzatiladigan  “normal”  yallig‘lanish  bilan  bog‘liq  reaksiyasidan  normal 
bo‘lmagan    tug‘ma    va  orttirilgan  immun  reaksiyasiga  o‘tishga  neytrofil, 
makrofeyj  va  limfotsitlaning  kirishida  qatnashadigan  protez-antiprotez  va 
oksidant-antioksidant  balansidagi  nomutanosibliklar  ehtimol  ta’sir  etadi. 
Yallig‘lanish  jarayonida  hosil  bo‘ladigan  birikmalar  va  boshqa  to‘qimalar 
reaksiyalari  bilan  birgalikda,  bu  jarayonlar  alveolalar  zararlanishini  va  kichik 
havo  yo‘llari  funksiyasini  o‘zgartirish  orqali  apoptoz  va  mexanizmlar  muvaf-
faqiyatsizligini  keltirib  chiqaradi.  Garchi  tamaki  tutuni  tarkibida  uchraydigan 
ko‘plab    moddalar  SO‘OK  patogeniziga  hissa  qo‘shsa-da,  akrolein  irritanti  bu 
kasallikning  dastlabki  bosqichlarida  shilliq  gipersekretsiyasi,  yallig‘lanishdan  
oldin    sitoken  ishlab  chiqarilishi  va  metalloprotein  aktivatsiyasini    keltirib  
chiqaradi. 
4.   O‘pka  raki.  Richard  Doll  tomonidan  ishlab  chiqilgan o‘pka  raki va 
chekish  o‘rtasidagi    ancha    vaqt    davomida    shubha  ostiga  qo‘yib  kelinayotgan 
avval  hech  qayerda  e’lon  qilinmagan  epidemiologik  dalillar  bilan  ta’minlaydigan 
yangi  usullar    yangi   g‘oyalarni   qamrab   olgan    mashhur    Britaniyalik  Doktorlar 
ishlariga  ko‘ra,  o‘pka  rakini  keltirib chiqaradigan eng muhim yagona omil yillar 
davomida  muttasil  chekish  hisoblanadi.  Ma’lumotlar  shundan  dalolat  beradiki,  
o‘pka    rakining    ko‘lami    45    yildan    beri    chekib  keladigan    kishilarda  15  yil 
davomida  chekkanlardan  100  barobar  ko‘proq  uchraydi.  Shuningdek,  chekishni  
boshlanishidagi  yosh  chekishning  davomiyligiga  kuchli  ta’sir  qilganligi    sababli  
erta    boshlash    ham    erkak    ham  ayol  chekuvchilarda    o‘pka  rakini  keltirib 
chiqarishi muqarrardir.  
O‘pka rakiga chekish davomiyligining muhimligini 50 yoshlarida, ayniqsa 
30    yoshlarida    chekishni    tashlagan    kashandalar    orasida    saraton  xavfidagi 
kuchli  qisqarishni  ko‘rsatadigan  keyingi    izlanishlar  yanada  qo‘llab-quvvatladi. 
Chekishni  tashlagan  kishilarga  umuman  chekmaganlardan  ko‘ra  bu  kasallik 
ko‘proq    xavf    solsa-da,  ular    hamon    chekishni    davom  ettirayotgan  kashanda-
larga qaraganda anchagina kamroq xavf ostida bo‘ladilar. 


 
 
247 
 
Aholi  o‘rtasida  o‘tkazilgan  tekshiruvlar  shuni  aniqladiki,  garchi  chekish 
davomiyligi  bilan  bog‘liq  xavfdagi  keskin  o‘sish  kam  yoki  ko‘p  darajada 
chekuvchilarning  har  ikkalasi  uchun  ham  hamon  ahamiyatli  bo‘lsa-da,  kun 
davomida    chekilgan    har    bitta  sigaret  soni  o‘pka  saratoni  natijasiga  hissa 
qo‘shadi. Tutundan tortishning qanchalik chuqurligi, har bir sigaretdan olinadigan 
puflashlar soni va tutunni o‘pkada qancha vaqt davomida tutib turish ham  o‘pka 
saratonini kelib chiqishiga hissa qo‘shadi. 
O‘pka  saratoni  neoplastik  kasallikning  bir  qancha  alohida  gistalogik 
shakllarini  o‘zida  ifodalaydigan  tushuncha  hisoblanadi.  Epidemiologik  tekshi-
ruvlar  chekishning  shilliq  hujayra  o‘smasi,  adenokarsenoma,  katta  hujayra 
karsinomasi,  kichik  hujayraning  farqlanmas  karsinomasi  kabilarni  o‘z    ichiga 
oladigan  barcha  asosiy  turlari  bilan  bog‘liqligini  aniqladi.  O‘pka  rakining  har 
bitta  turida  kelib  chiqish  xavfining  dozasiga  qarab  ortishi    ham    ifodalangan          
(ya’ni,  o‘ta    kashandalarda    o‘rtacha  miqdorda  chekuvchilarga  qaraganda  xavf-
ning  yuqoriligi). 
 Bu  uzoq  vaqtlar  davomida  yig‘ilgan  ma’lumotlarga  qaramay  shunisi 
hayratlanarliki,  ko‘plab    chekuvchilar  bu  xavfli  mashg‘ulotda  qatnashishda 
davom  etishmoqda:  dunyo  miqyosida  har  kuni  chekish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 
o‘pka rakidan qariyb 3000 o‘lim holatlari sodir bo‘lmoqda. Bugungi kunda AQSh 
da  o‘pka  saratoni  o‘limlarining  90%  ini  tamaki  chekishga  bog‘liqligi  taxmin 
qilinadi.  O‘pka  rakidagi  individual  tamaki  konserogenlarining  roliga  quyida 
e’tiboringizni  qaratsangiz. 
5.    Siydik    pufagi    raki.    Garchi    bu    bog‘liqlik    o‘pka    rakichalik    kuchli 
bo‘lmasa-da,  epidemiologik  dalillar  chekishning  “pastki  siydik  trakti”  ning 
asosan  bachadonda,  shuningdek,  siydik  chiqarish  nayi,  buyrak  jomi  va  siydik 
chiqarish  kanalida  uchraydigan  bir  qancha  saraton  turlari  bilan  bog‘liqligini 
ta’kidladi.  Bu  o‘rinlardagi    tamakiga  aloqador    o‘simtalar    asosan  uroteleyda  
paydo    bo‘ladi    va  o‘tkazuvchi    hujayra    karsinomasi  yoki    shilliq  hujayra 
o‘smasidir.  
Garchi  siydik  pufagi  raki  uchun  dozaga  qarab  reaksiya  qilish    ko‘lami 


 
 
248 
 
o‘pka  saratoniga  qaraganda  kamroq  darajada  bo‘lsa-da,  turli  xil  aholi  va  etnik 
guruhlar  orasida  ahamiyatga  molik  o‘zgaruvchanlik  mavjud  bo‘lishiga  qaramay, 
epidemiologik  tekshiruvlar  kuniga  20  yoki  undanda  ko‘p  sigaret  chekadigan 
erkaklarda  3-5  barobargacha  yuqori  bo‘lishini  ta’kidladladi.  Urotekiyda 
o‘smalarga  sababchi  bo‘luvchi  tutunning  takibiy  qismlariga  ko‘ra,  aromatik 
aminlar eng  muhimi  hisoblanadi  (quyida ko‘ring). 
6.  Boshqa    o‘simtalar.    Saraton    ustida    tadqiqotlar    Xalqaro  Agentligi 
chekish  va  13  turdagi  saraton    turlari    orasida  bog‘liqliklarni  sabablari  bilan 
oydinlashtirib  berdi  (yuqorida  nafas  olish  va  siydik    chiqarish    tizimlaridagi 
o‘smalar  haqida  oqidingiz).  Xavfning  turli  tadqiqot  guruhlari  orasida  farq 
qilishiga  qaramay,  insoniyat  ustida  olib  borilgan  tekshiruvlardan  olingan 
ma’lumotlar chekish va og‘iz  bo‘shlig‘i, hiqildoq, burun boshlig‘i, burun-halqum 
to‘qimalari, qizil-o‘ngach  to‘qimalari,  me’da  osti  bezi,  yog‘on  ichak-to‘g‘ri  
ichak  to‘qimalari va jigar kabi bir-biridan farqli anatomik o‘rinlarda uchraydigan 
o‘simtalar  o‘rtasidagi  bog‘lanishni  ma’lum  qildi.  

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish