Z. T. Karabayeva



Download 5,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/178
Sana31.12.2021
Hajmi5,6 Mb.
#278279
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   178
Bog'liq
toksikologiya

10.1. Tamaki tarixi 
 
1492-yilning  oktabr  oyida  Xristofor  Kolumbning  jamoasi  Janubiy 
Amerikaliklar bilan birgalikda tarixiy hodisaga duch keladilar. “Mahalliy aholi”, 
deya  yozadi  Kolumb,  “mevalar,  yog‘och  nayzalar  va  g‘alati  hid  tarqatuvchi 
allaqanday  quritilgan  barglarni  olib  kelishdi”.  Kolumb  jamoasi  avvaliga 
barglarga qiziqmagan ersada, ayrim ziyrak  jamoadoshlari mahalliy aholi ushbu 
tamaki  barglarni  ardoqlashini  payqashgan  va  uning  sirli  xususiyatlari  bor 
yo‘qligiga katta qiziqish bildira boshlashgan.  
Kolumbning  ikkinchi  sayohati  ishtirokchisi  bo‘lmish  Ramon  Peyn 
Ispaniyaga  qaytishi  chog‘ida  nikotiana  daraxtini  olib  kelish  orqali,  ba’zida, 
nikotianani  Yevopraga  tanishtirgan  ilk  shaxs,  deb  hisoblanadi.  Uning 
qo‘lyozmalarida  tamaki  o‘simligi  va  uni  qanday  qilib  qo‘llash  (hidlash  yoki 
trubka  ichiga  joylab  chekish)  haqidagi  uzundan-uzoq  tafsiltolar  o‘rin  olgan. 
Ramon    Peynning    ushbu    zararsizdek  ko‘ringan  tadqiqotlari  Yevropa  mada-
niyati  va  tamaki o‘rtasidagi bog‘liqlik, ya’ni  keyinchalik millionlab odamlar-
ning  hayotiga  zomin  bo‘lishiga  sababchi  bo‘ladi.
60
 
Vaqtlar  o‘tishi  bilan,  suvliklar  orqali  sayohatga  chiquvchi  yevropaliklar 
tamaki  o‘simligini  yetishtirish  uchun  yaxshiroq  iqlim  qidirib  Afrika,  Yaponiya 
va    Osiyoga    yo‘l  oladilar.  Biroq  tamaki  yetishtirish  industriyasi  u  paytlarda 
sekin  rivojlangan,  chunki  tamaki  iste’moli  dengizchilardan  boshqa  odamlar 
orasida    unchalik  keng  tarqalmagan  edi.  Vaqt  o‘tishi  bilan  tamakining  tish 
og‘rigi,  gijja  va  boshqa  dardlarni  davolovchi  tibbiy  xususiyatlari  haqida 
tarqalgan    mish-mishlar  tufayli  tamaki  mashhur  bo‘lib  ketadi.  Tamaki  yetish-
tirish  Virjinya  va  Karolina  kabi  Amerika  janubidagi  koloniyalar  iqtisodining 
                                                           
60
 
Glynn T et al. The globalization of tobacco use: 21 challenges for the 21st century. CA Canker J Clin. 2010;60:50–61. 
 


 
 
237 
 
asosiy    manbasiga  aylanadi.  Uning  qo‘llanilish  turlari  ham  ko‘paya  boradi: 
trubka  orqali  chekish  XVII  asrda  ommalashgan  bo‘lsa,  XVIII  asrda  «Hidlash 
asri» va XIX asrda «Sigara asri», deya  e’tirof  etiladi. 
Qrim  urushi  davrida  Britaniyalik  askarlar  turklardan  tamakini  qogozga 
o‘rab  chekish  uslubini  o‘zlashtirib  olishadi  va  ushbu  uslub  1881-yilda  Jeyms 
Bonsak  sigareta  yasovchi  qurilma  ixtiro  qilgach  yuqori  darajada  ommalashib 
ketadi.  Birinchi  yilda  Jeyms  Dyuk  bilan  birgalikda  Bonsak  zavod  qurib  o‘n 
million  dona  sigareta  ishlab  chiqazadi.  Besh  yildan  so‘ng  esa,  «Amerikan 
Tobakko  Company»  bir  yilda  bir  milliard  dona  sigareta  ishlab  chiqarishga 
muvaffaq  bo‘ladi. Ular  o‘z  sigaretalarini  kichkina  yog‘och qutilarda sotish-
gan    va    quti    ichida  mashhur  beysbol  o‘yinchilar    surati  tushirilgan  beysbol  
kartalari  bo‘lgan.  Birinchi  va  Ikkinchi  Jahon  urushi  davrida  sigareta-ning  
harbiylar    orasidagi    ommalashuvi    uning  Yer  yuzi  bo‘ylab  misli  ko‘rilmagan  
ravishda    tarqalishiga    olib    keladi.
61
  Ushbu    davrda  endi  ayollar    ham  keng 
ko‘lamda  chekishni  boshlaydilar.  Sigaretalarning  bu  qadar  omma-lashuvi  
odamlar  hayotida  sigara, trubka, hidlanadigan va chaynaladigan tamaki barglari  
o‘rnini egallaydi (10.1-rasm). 
O‘ziga  o‘rgatib  qoyuvchi  moddaning  savdosidan  keladigan  tushumga 
qo‘yiladigan  soliqdan  katta  foyda  ko‘rish  mumkinligini  anglagan  hukumatlar 
uzoq    yillar davomida  tamaki  yetishtiruvchi kompaniyalar  bilan  muzokaralarda 
qiyinchiliklarga duch kelishgan. “Agarda siz menga tamakidek katta foyda kelti-
ruvchi  biror  bir  yaxshi  xislatni  ko‘rsatsangiz,  men  shubhasiz,  tamakini  darhol  
taqiqlab  qoyaman”,  deya  qat’iy  farmoyish  bilan chiqqan edi Napoleon III.   
Bugungi    kunda,  bir    tomondan  tamaki    savdosiga    qo‘yiladigan    aksiz 
solig‘i    va  tariflar  borligi  paytda, ikkinchi  tomondan  o‘sha  soliqlardan  tushadi-
gan  mablag‘lar evaziga hukumat tomonidan chekishga qarshi kurashni moliya-
lashtirilishi    nizoli  holatga  sabab  bo‘lmoqda.  Bu  kabi  nizolar  tamakining 
ko‘pgina    davlatlarga    soliqsiz    yoki    noqonuniy    kontrabanda    yo‘llari    bilan 
                                                           
61
 
Giovino GA. The tobacco epidemic in the United States. Am J Prev Med. 2007;33(Suppl):S318–26.
 
 


 
 
238 
 
kirib  kelishiga  sabab  bo‘ladi.  Umumiy  olib  qaraganda  esa,  dunyoda  qo‘llani-
layotgan  tajribalarga  nazar  solinsa,  tamakiga  qo‘yiladigan  soliqning  oshirlishi 
haqiqatdan  ham  yosh  iste’molchilarning  chekishga  o‘rganib  qolishini  oldini 
oladi. 
Sport    musobaqalaridagi    sigaretaning  reklamasi  va  yoki  sport  muso-
baqalarining  tamaki  ishlab  chiqazuvchilar  tomonidan  moliyalashtirilishining 
kamaytirilishi  va  tamaki    qutisiga    joylashtiriladigan    ogohlantiruvchi    suratlar 
va  ogohlantiruvchi  yozuvlar  ko‘pgina  davlatlarda  tamaki  iste’molining 
qisqarishiga  olib  keldi.  Shu  bilan  birgalikda,  sigareta  tutuning  atrofdagilarga 
zarari haqidagi yangi dalillar tufayli ommaviy joylarda chekishning taqiqlanishi 
ko‘p  davlatlarda  tamaki  iste’moli  so‘nggi  o‘n  yilliklarda  20-40  %  tushishiga 
sabab  bo‘ldi.  Bundayin  o‘sishga  qaramay,  biroq  baribir  ko‘pgina  davlatlarda 
chekish  o‘limga  olib  keluvchi  asosiy  sabab emas  bo‘lib  qolmoqda. 

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish