Z. T. Karabayeva



Download 5,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/178
Sana31.12.2021
Hajmi5,6 Mb.
#278279
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   178
Bog'liq
toksikologiya

dasturxoni sindromi,  ya’ni  ko‘p  miqdorda  ichilgan alkogol  ta’sirida  hayotda 
ko‘z  yumadilar.  
4.    Homilada    alkogol    sindromi.    Alkogol  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  barcha 
kasalliklar  va  noxush  oqibatlar  ichida  homilaga  yetkazilgan  zarar  –  jamiyat  va 
shaxsga  eng  uzoq  vaqt  ta’sir  o‘tkazadigan  salbiy  jarayondir.  Embrionlik  davrida 
rivojlanadigan  murakkab  modellar  bosh  miyani  alkogol  kabi  neyrotoksik 
moddalarga juda sezuvchan qilib qo‘yadi
59
. Homiladorlik davrida iste’mol qilingan 
alkogol  hali  dunyoga  kelmagan  jonzodga  salbiy  ta’sir  o‘tkazishi  ko‘p 
madaniyatlarda  ta’kidlanadi.  Ayrim  olimlarning  qadimgi  yozuvlardan  olgan 
dalillarida,  qadimgi  Isroilda  Filistin  zulmiga  qarshi  kurashgan  ibroniy  askari 
Samsonga onasining bergan ogitini keltiradi: “Siz homilador bo‘lib, o‘g‘il farzand 
dunyoga  keltirasiz.  Shunday  ekan,  sharob  ichishdan    va    noma’qul    narsalar 
iste’mol qilishdan o‘zingizni tiying” (Hukm 13.7).  
Yana  bitta  misol  tariqasida    Arastuning  quyidagi  jumlasini  olishimiz 
mumkin (asrimizdan oldingi 384-322-yillar): “Kaltafahm, ichuvchi va  tovuq-miya 
ayollar  o‘zlariga  o‘xshagan  ma’yus  va  so‘ligan  bolalarni  dunyoga  keltirishadi”. 
Ancha  davrdan  so‘ng,  o‘n  sakkizinchi  asrga  kelib  esa,  Gin  Graze  Shifokorlar 
Uyushmasi  Britaniya  Quyi  Palatasiga  bergan  axborotnomasida  alkogol  “haddan 
                                                           
59
 
Joya  X  et  al.  Determination  of  maternal-fetal  biomarkers  of  prenatal  exposure  to  ethanol:  a  review.  J  Pharm  Biomed  Anal. 
2012;69:209–22. 
 


 
 
232 
 
tashqari  zaif,  nimjon    va    mantiqsiz  bolalar  tu’gilishiga  sabab  bo‘lmoqda”  deb 
xabar  bergan.  
Alkogolning homilaga salbiy ta’siri haqida ilk bor klinik xulosalar 1899-yil 
Villiam  Sallivan  tomonidan  qamoqxonalardagi  ayollarning  zurriyodlarini 
kuzatishlari  natijasida  e’lon  qilgan  taqdidot  ishida  tilga  olingan.  Dahshatlisi 
shundaki,  u    kuzatuv    ostiga  olgan  600  ta  chaqaloqdan  56  %  yoki  tug‘ilmasdan, 
yoki  hayotining  ilk  2  yili  davomida  nobud  bo‘lishgan.  Shifokorning  kuzatuvlari 
xulosasi  shu  bo‘ldiki,  tirik    qolgan    bolalarda  keyinchalik  alkogolning  ta’siri 
yaqqol  namoyon  bo‘lib,  ular  jamiyatning  foyda  keltiradigan  to‘laqonli  vakillari 
qatoriga  qo‘shila  olishmagan. Bu tadqiqotlarga qaramasdan, alkogolning homila-
ga ta’siri keng omma orasida doimiy e’tiborni o‘ziga tortib keldi.  
Vashington  Universiteti  olimlari  Smith  va  Joneslar  1973-yilga  Sietlda 
o‘zlarining    “homilada  alkogol  sindromi”  (HAS)  haqida  maqola  nashr  qilishga-
nidan so‘ng esa, ingliz tili dunyosida bu kasallik yanada ko‘proq bahslarga sabab 
bo‘ldi.  Alkogolga  mubtalo  bo‘lgan  insonlar  farzandlari  bo‘lgan  8  ta  alkogoldan 
zaharlangan  bola  tanlab  olinib,  ulardagi  kasallik  belgilari  va  simptomlari  chuqur 
o‘rganib chiqilgach, mualliflar xulosasi quyidagicha bo‘lgan: “Onadagi alkogolizm 
homilaning  rivojlanishiga  jiddiy  salbiy  ta’sir  o‘tkazadi,  deb  aytishimiz  uchun 
bizdagi ma’lumotlar yetarli bo‘ladi”. Mualliflar hatto 1968-yilda Lemuan tomoni-
dan  Fransuz  tilida  nashr qilingan ivrit tadqiqotini ham misol qilib keltiradi.  
Hozirgi kunga kelib ham HAS bu sindromni to‘liq anglatsa ham, zamonaviy 
adabiyotlarda    inson    rivojlanishida  alkogol  zarari  tashhisining  murakkabligini 
ifoda  qilish  uchun  homilada  alkogol  spektri  buzilishlari  termini  ko‘p  qo‘llaniladi. 
Tadqiqotlarning  boshlanishidayoq  mutaxassislar HAS ning  asosiy  uchta oqiba-
tini  aniqlashgan.  Bular:  bosh  va  yuz  suyaklari  anomaliyasi,  o‘sishdan  to‘xtash  va 
asab  tizimi  rivojlanishida  yetishmovchiliklar. 
Bu  birlamchi tasnif o‘zgarishsiz qolar ekan, keyingi olib borilgan kuzatuvlar 
alkogol  ta’sirining  yana  boshqa  oqibatlarini  ham  aniqladi.  HAS  bugungi  kunga 
kelib  turli  ichki  a’zolar  funktsiyasining  buzilishi  hamda  homilaning  nobud 
bo‘lishini  ham  o‘z  zimmasiga  oldi.  Bundan  tashqari,  alkogol  ta’sirida  kelib 


 
 
233 
 
chiqadigan  bu  an’anaviy  uchta  oqibat  aniq  bo‘lishiga  qaramasdan,  neonatal 
(chaqaloq)    pediatrlari    alkogolning    unchalik  aniq  bo‘lmagan  holatlarini  aniq-
lashda  qator  qiyinchiliklarga  duch  kelishmoqda.  HAS  ga  noto‘g‘ri  tashhis  qoyish 
hollari ham ko‘p uchrab turadi.  
HAS ni  to‘g‘ri  tashhislay olishga to‘sqinlik qiladigan yana bitta muammo 
shuki, bolaga  ona  tomonidan bo‘lgan  vositasiz  ta’sir,  ya’ni yomon ovqatlanish 
yoki  qon-tomir  kasalliklari  bo‘lishi  mumkin.  HAS  tashhisi  sifatini  yaxshilash 
maqsadida  onaning  alkogol  iste’mol  qilishini  tekshiradigan  biomarkerlar 
qo‘llanilmoqda.  So‘nggi  yillar  davomida  o‘tkazilgan  tadqiqotlar  natijasi  shuki, 
yangi  tug‘ilgan  chaqaloqlarning  birinchi  axlatidan  oksidlanmagan  etanol 
metabolizmi  metaboliti  darajasi  alohida  e’tibor  ostiga  olinishi  kerak  bo‘lgan 
bo‘lalarni aniqlab berish mumkin (9.2-rasm). 
 

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish