Z. T. Karabayeva



Download 5,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/178
Sana31.12.2021
Hajmi5,6 Mb.
#278279
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   178
Bog'liq
toksikologiya

9.5-rasm.    Bakterial  endotoksin  bo‘shab,  umumiy  aylanish  tizimiga  tushgach 
zararlangan    jigarda  Toll-like  retseptori-4  (TRL-4)  tomonidan  tabiiy  immun 
javobning  faollashuvi  kuzatiladi.    
 
9.6.  Asosiy  toksik  oqibatlar 
 
Spirtli  ichimliklar  inson  sog‘lig‘iga  ko‘plab    salbiy  ta’sirlar  o‘tkazadi. 
Alkogolning  kishilarda  unga  o‘rganish  xususiyatidan  tashqari  bir  qator  jiddiy 
oqibatlarga,  jumladan:  homila  teratogenligi,  nevrotoksikant,  jigar  va  yurak 


 
 
228 
 
kasalliklariga  olib  keladi.    Alkogolizm  hatto  surunkali  intoksikatsiya  davrida 
suyaklarga  ham  ta’sir  ko‘rsatib,  ularning    mo‘rtlashishiga  olib  keladi.  Quyida  biz 
alohida  kishilar  va  butun  bir  jamiyat  sog‘lig‘ida  aks  etadigan  ayrim  toksik 
oqibatlarga  to‘xtalib  o‘tamiz. 
1.    Alkogol    jigar    kasalliklari.    Iste’mol  qilingan  etanol  bilan  yuzma-yuz 
keladigan  birinchi  organ  -  jigar  bo‘lganligi  sababli,  surunkali  spirtli  ichimliklar 
ichuvchilarda bu a’zo jiddiy ta’sirga uchraydi. O‘rta hisobda jigar kasalliklari bilan 
kasallangan kishilarda, o‘limga olib keluvchi sabablardan 50 %  spirtli ichimliklar 
bilan  bog‘liq  bo‘ladi.  Jigar  alkogol  kasalligi  (JAK)  ning  tarqalishi  odatda,  kishi 
boshiga iste’mol qilinadigan alkogol ichimliklarining miqdori bilan belgilanadi  va  
bu    ko‘rsatkich  Sharqiy  Ovrupa,  Janubiy  Ovrupa  va  Britaniya  Orollarida  yuqori 
deb topilgan. Jigarning  alkogol  jarohatlanishiga  olib keladigan uch yoki  to‘rtta  
turli    bosqich-lari  mavjud.  Bularga  ko‘pchilikka  ma’lum  bo‘lgan,  fanda 
isbotlangan,  ular  bilan  kurashish  hamda  oldini  olishga  qaratilgan  qator  chora-
tadbirlar  qo‘llanilgan  Jigarni  yog‘  bo‘sishi  (“Steatoz”),  Alkogol  Gepatiti,  Jigar 
sirrozi va Jigar Saratonidir.  
2.  Periferik   nevropatiya.  Periferik nevropatiya spirtli ichimliklar iste’mol-
chilarining  50-60%  da  kuzatiladi    va  u  sezgi  organlar,  harakat  hamda  vegetativ  
disfunktsiya  bilan  bog‘liq.    Kasallikning  eng  og‘ir  kechadigan  ko‘rinishi  oyoqlar 
harakatining  cheklanishi  bo‘lishiga  qaramay,  kasallik    kuchayishi  jarayonida  qo‘l 
harakatlarida  ham  susayishi  kuzatiladi.  Bemorlarda  yiqilishning  takrorlanishi  va 
uning  oqibatida  boshning  shikastlanishi  alkogolizmni  klinik  davolash  jarayonini 
sekinlashtiradi.  Sezgi  organlari    funksiyasining    buzilishi  ham  bu  kasallikning 
sindromlariga  kiradi.  Bemorlar  oyoqlarida  kuchli  og‘riq  sezishadi  va  bu 
alkogolning  signal  yo‘llari  bo‘lgan  neyronal  proteinkinaz  C  va  proteinkinaz  A 
larga ta’siri bilan tushuntiriladi.  
Alkogol nevropatiyasi bemorlarining gistopotologik analizida, distal aksonal 
degeneratsiyaning  yaqqol  ko‘rinishlari  yoki  oyoqdagi  eng  uzun  to‘qimalarning 
nobud  bo‘lishi  kuzatiladi,  shu  bilan  birga,  mielin  qobig‘ining  ajralishida  
g‘ayritabiiylikka  ham  duch  kelinadi.  Alkogol  nevropatiyasi  haqiqatdan  ham 


 
 
229 
 
toksikologik hodisami yoki yoq, degan savol ko‘plab  tortishuvlarga sabab bo‘lgan. 
Ko‘p  yillar  davomida  nevropatiyani  alkogol  iste’molchisining  noto‘g‘ri    ovqat-
lanishi  natijasida  foydali  ozuqaviy  moddalarning yetishmovchiligi  bilan  bog‘-
lashgan.
57
  
Kasallikning  klinik  simptomlari  tiamin  yetishmovchiligi  bilan  kasallangan 
bemorlardagi  “beriberi  nevropatiyasi”  ni  (vitamin  B
1
  tanqisligi  sababli  kelib 
chiqadigan yurak va asab tizimida yallig‘lanish kasalligi) eslatgani sababli, alkogol 
neyrotoksikligi  ko‘p  hollarda  tiaminning  kam  iste’mol  qilinishi  bilan  bog‘liq. 
Darhaqiqat,  bu  sindromlarni  farqlash  mushkul,  buning  sababi,  uzoq  vaqt 
mobaynida alkogol ichimliklarini kop miqdorda iste’mol qilish organizmda tiamin 
moddasining tanqisligiga olib keladi. 
 Klinik  tajribalar  borasidagi  rivojlanishlar  tufayli  alkogol  nevropatiyasini 
tiamin   tanqisligidan   farqlay  oladigan diagnostik  mezonlar  yaratildi.  Mos  keladi-
gan  hayvonlar  modellarining  yaratilishi  ham  alkogol  va  uning  matabolitlari 
neyrotoksikligini  isbotladi.  Ilk  bor  duch  kelingan  omadsizliklarga  qaramasdan, 
yuqori  dozali    alkogolning    surunkali  ta’sirini    o‘z    ichiga    olgan  kemiruvchilar, 
oxir oqibatda dozaga bog‘liq aksonal jaroharlanishni namoyish qilishdi. Bu hayvon 
turlari  yana  alkogol  nevropatiyasiga  xos  bo‘lgan  mielin  anomaliyasini  ishlab 
chiqaradi.  Bu  yerda  atsetaldegid  yana  asosiy  sababchi  bo‘ladi,  chunki  u  oqsil 
adduksiyasi  bilan  bog‘liq  mexanizm  orqali  neyronlarda  hujayralarning 
konsentratsion nobud bo‘lishiga olib keladi.  
Alkogol  iste’molchisining  jigarida  Mallori  tayoqchalarining  paydo  bo‘lishi 
singari,  nevrofilament  va  mikrotrubkali  oqsillar  kabi  birlamchi  sitoskelet 
komponentlarining    neyronlar  tarqalishidagi  o‘zgarishlar  shuni  ko‘rsatadiki, 
sitoskelet  atsetaldegid  adduksiyasini  kuchaytiradi.  Lekin,  bugungi  kunga  kelib, 
kemiruvchilarda  alkogol  neyrotoksikligi  davridagi  oqsillar  adduksiyasini 
o‘rganishga  qaratilgan  cheklangan  tadqiqotlar  asosan  periferik  neyronlarga  emas, 
balki  miyaga  yo‘naltirilgan.  Inson  nevropatiyasida  atsetildegidning  rolini 
                                                           
57
 
Crawford JM. Histologic findings in alcoholic liver disease. clin Liver Dis. 2012;16:699–716.
 
 


 
 
230 
 
kuzatuvlar    natijasiga  ko‘ra,  ALDH2*2  polimorfizm  tufayli  atsetaldegidni  sekin 
asta  kuchsizlantiradigan  osiyo  mintaqasiga  taalluqli  alkogol  iste’molchilari 
neyrotoksiklikka  moyil.  Bu tekshiruvlar birgalikda alkogol nevropatiyasida etanol 
metabolitlarining  taxminiy  rolini  ko‘rsatib  beradi.  Shuni  ham  inobatga  olish 
kerakki, turli  mintaqalarda turmush tarzi, ovqatlanish odatlari, genetik xususiyatlar 
xilma-xilligi    alkogol  bilan  bog‘liq  boshqa  toksik  moddalarni  tashxislashga 
nisbatan  bu  sindromni  aniqlash  mushkulliklar  tug‘diradi.  

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish