Tayanch iboralar:
Sistema, vaziyat, egiluvchan sistema, boshqarishga yondashish,
sistemali yondashish, vaziyatli yondashish, strategik yondashish,
ishlab chiqarish vaziyatlari, sistema konsepsiyalari, boshqaruv
tizimlari, klassifikatsiya, ijtimoiy-iqtisodiy tizim, sifatida, tizimli
yondashuv, vaziyatli yondashuv, axborot texnologiyalari, takomil
lashtirish, qaror qabul qilish, jarayon, elektron hisoblash texnikasi,
matematik usul, vositalar, N.Vinner, G.Saymon, P.Duruker, E.Deyl
yaxlit (integral) tizim, differensial, 0 ‘rta Osiyo, Amir Temur,
«Temur tuzuklari», tizimli (структурный), vaziyatli, funksional
(protsessual) va miqdoriy yoki sonli (численный).
Zamonaviy menejmentning maqsadi hozirgi zamon axborot
texnologiyalari asosida boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish,
jumladan, qaror qabul qilish jarayonini elektron hisoblash texnikasi
hamda eng yangi matematik usul va vositalami qo‘llagan holda
amalga oshirishdir. Yangi zamona viy usul laming rivojlanib borishi
tizimli menejmenti shakllanishiga olib keldi va o‘z navbatida
boshqaruv qarorlarining oqilonaligini ta’minlashga imkon yaratdi.
1950-yildan boshlab N.Vinner, G.Saymon, P.Duruker, E.Deyl
va boshqalar miqdoriy, tizimli yoki zamonaviy menejmentning
murakkab boshqaruv muammolarini chuqurroq tushunish maq-
sadida turli iqtisodiy-matematik modellarini ishlab chiqib, ulami
boshqaruv jarayoniga tadbiq etish ustida katta ishlar olib borishdi.
Natijada murakkab vaziyatlaming yechimi bo‘yicha boshqaruv
xodimlariga yordam beruvchi miqdoriy usullar keng miqyosda
ishlab chiqildi.
XX asming 60-80-yillarida G’arbda zamonaviy menejment
rivojlana boshlandi. G ’arb nazariyotchilari boshqaruvning ijtimoiy
185
tizimiar maktabini yaratish maqsadida quyidagi ilmiy masalalarga
o ‘z e ’tiborlarini qaratishdi:
-menejmentda tizimli yondashuv asosiarini ishlab chiqishdi;
-menejmentda yaxlit (integral) tizim bilan uning differensial
qismlari munosabatlari masalalarini ko‘rib chiqishdi;
-birqancha
o ‘zgaruvchi
(dinamik)
omillarning
ta’sirini
o ‘rganishdi.
Menejment nazariyasini rivojlantirishga sobiq ittifoqning
A.K. Gastev, P.M. Kerjensev, V.G. Afanasev, D.V. Gvishiani,
S.E. Kaminitser, O.V. Kozlova, D.M. Kruk, A.M. Omarov,
G.X. Popov, V.Q. Qobulov kabi olimlari ham o ‘zlarining salmoqii
hissalarini qo‘shganlar. Sobiq ittifoqda mehnatni ilmiy tashkil qilish
va boshqarish sohasini ilmiy tadbiq qilish 1920-yillarda boshlangan.
0 ‘sha yillari Markaziy mehnat instituti (MMI) tashkil etilib,
mehnatni ilmiy tashkil qilish bo‘yicha qator konferensiyalar
o‘tkazildi. Maxsus jumallar chop etilishi yo‘lga qo‘yildi. 0 ‘quv
yurtlarida «Mehnatni ilmiy tashkil qilish» fani o ‘qitila boshlandi.
0 ‘rta Osiyoda esa menejmentning nazariy asoslari va uning
asosiy prinsiplari qadim zamonlarda ham u yoki bu ko‘rinishda
mavjud bo‘lgan. Ammo ular Amir Temur hukmronligi davriga kelib
ma’lum shaklni kasb etgan, bunga Amir Temuming «Temur
tuzuklari» asari yorqin misol bo‘la oladi.
0 ‘zbekistonda mustaqillik davriga kelib, menejmentning naza
riy va amaliy asosiarini, ulaming barcha kategoriyalarini takomil-
lashtirishga katta e ’tibor berilyapti. Ayniqsa yoshlar o‘rtasida
menejmentga, shu jumladan, jismoniy tarbiya va sport menejmen-
tiga qiziqishni ortib borayotgani fikrimizning dalilidir.
Ko‘rib chiqilayotgan davr boshqaruviga bir necha yondashuv-
larning bir vaqtda taraqqiy topganinni, ularning ichida o ‘zlariga
yarasha ta’lim va nazariyalar bunyod boMganini tasdiqladi. Shu
bilan bir qatorda g‘arb nazariyachilarining tizimli (структурный),
vaziyatli,
funksional (protsessual) va miqdoriy yoki sonli
(численный) kabi to‘rtta yondashuvi ajratib ko‘rsatganliklarini
shohidi bo‘ldik.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bu yondashuvlar bir-biriga
o ‘zaro qarama-qarshi emas. Ular ma’lum darajada erkindirlar,
chunki ular qandaydir yo‘nalish bo‘yicha bir-birini to‘ldirish yoki
186
taraqqiy :optirish maqsadida ba’zi-bir g ‘oya!ar bilan bog‘lan-
gandirlar. Shu davrlarda menejment nazariyasi bo‘yicha paydo
bo‘lgan bir qator izlanuvchilar maktablarini e’tibor bilan o ‘rganila-
digan bo‘lsak, ularning tadqiqotlarini umumiy «Boshqarish
nazariyasi va amaliyoti» yoki «Boshqaruv fani ta’limi» nomlari
bilan birlashtirish mumkin bo‘ladi.
Shu borada amerikalik Ch. Barnard, G.Saymon tomonidan
zamonaviy menejmentga qaratilgan va ilmiy tomondan asoslab
berilgan boshqaruvga yangicha yondashuvning quyidagi to‘rt
(tizimli, vaziyatli, funksional va miqdoriy) yo‘nalishga e ’tibomi
qaratadigan bo'lsak, haqiqatdan ham menejment fani asrlar
davomida shakllanib, rivojlanib borishi natijasida zamonamizning
eng ilg^or va dolzarb sohasiga aylanganini ko‘rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |