Z sh. Shovqiyev, F. N. Oqbo‘tayiev



Download 7,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/203
Sana12.07.2022
Hajmi7,76 Mb.
#778214
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   203
Bog'liq
aerodromlar yerusti xizmati vositalari va mashinalari

 
Maxovik. 
U tirsakli valning bir tekis aylanishini ta‘minlaydi va dvigatel ish jarayoni 
va qo‘zg‘alishida tushadigan og‘irlikni engish uchun xizmat kidali. Maxovik 
og‘ir cho‘yan diskdir. Bir qator dvigatellarga u o‘rnatish shtifti (7) tirsakli 
valdagi maxovikni maxkamlash teshiklariga burab kirgazilgan boltlar (8) 
yordamida o‘rnatiladi. Boshqa dvigatellarda flanes (19) bo‘lib, maxovikni 
boltlar bilan mahkamlash uchun teshiklar parmalangan bo‘ladi.
Ba‘zi bir ma-xoviklarning orqa tomonidan ilashma diskini o‘rnatish uchun 
yo‘nilma joylari bor. Yana maxovikning shu tarafida chuqurchali belgi bo‘lib, 
u birinchi porshenning turish holatini anikdash uchun xizmat qiladi. D-245 
dizelidagi chuqurchali belgining to‘g‘ri kelishi birinchi porshenga yoqilg‘i 
berilish momentiga to‘g‘ri ke-ladi. Chuqurchali belgidan koromislo va klapan 
orali-g‘idagi tirqishni rostlashda foydalanadilar. Maxovikning tashqi 
aylanasida boltlar yordamida biriktirilgan yoki presslangan tishli gardish (9) 
bo‘lib, dvigatelni starter bilan aylantirishga kerak bo‘ladi. 


II-BO‟LIM. AERODROMLAR YERUSTI MASHINALARI 
1-BOB. YO‟LOVCHILARGA XIZMAT KO‟RSATUVCHI 
MASHINALAR 
 
§ 1.1 Aeroportning maxsus transportlariga bo‟lgan talablar
 
Aeroportlarda hozirgi kunda maxsus transport vositalariga bo‘lgan tal-
ablar yil sayin oshib bormoqda. Ushbu talablar quyidagilardan tashkil topgan: 
Yo‘lovchilarni havo kemasiga olib boorish va olib kelishga bo‘lgan talab-
dir. Oldinlari yo‘lovchilar havo kemasiga piyoda borishgan bo‘lsa, hozirgi 
kunda perron avtobuslarida borishmoqda. Bu esa yo‘lovchilarga xizmat 
ko‘rsatishni tezkorligini va qulayligini ta‘minlaydi. 
Havo kemalarini shatakka olish mashinalari ham iqtisodiy tomondan juda 
qulay, chunki turargohdan havo kemasini shatakka olib, yo‘lakka chiqarishni 
o‘zi katta iqtisodiy foyda keltiradi.
Yo‘lovchilar traplari havo kemasiga yo‘lovchilarni chiqishiga qulaylik 
yaratish uchun takomillashtirilgan bo‘lib, unda havoning yog‘igarchilik kun-
larida soyaboni mavjud, yo‘lovchilar havo kemasiga chiqishi uchun yon ush-
lagichlari mavjud.
Yo‘lovchilar yuklarini va iqtisodiy yuklarni yuklovchi mashinalar ham 
yuklarni tezkor, sifatli va kam mexnat sarflab yuklashga imkon beradi. 
Havo kemalariga yoqilg‘i quyish mashinalari o‘z ustiga tonnalab yoqilg‘i 
yuklab havo kemalariga olib borib, quyib beradi. Hattoki quduqli gidrant 
mashinalari esa bunga juda katta iqtisodiy va vaqt tomondan samarali xizmat 
qiladi.
Yong‘inni oldini olish mashinalari aeroportda terminal, inshootlar va havo 
kemalarini favqulotda holatlarda yong‘inni oldini olish uchun xizmat qiladi. 
Havo kemalariga moy, suv va oziq-ovqatlarni joylashtirish ishlarining te-
zkorligi va yuqori sifatliligi ham bunga bir misoldir. Havo kemalariga ichimlik 
suvi quyish mashinalari, moy quyish mashinalari va konditsioner mashinalari 
ish samaradorligini yanada oshiradi. Havo kemalariga oziq-ovqat va ambulato-
riya avtoliftlari havo kemasining eshigigacha ko‘tarilib, yuklash ishlarini amal-
ga oshirishga samarali xizmat qiladi.
Bundan tashqari havo kemalari harakatlanuvchi yo‘laklarni qishki 
mavsumda qordan tozalash ishlarini olib boruvchi mashinalarning ishlash 
printsipi, ish jarayonlari, aerodromning yo‘laklarini muzlashini oldini oluvchi 
reagent suyuqligini purkovchi mashinalar, shuningdek aerodromda xizmat 
ko‘rsatuvchi transportlarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi mashinalar va boshqa 
aerodrom yerusti mashinalarining o‘rni juda katta rul o‘ynaydi.



Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish