Zinapoyani ko‘tarish har xil burchak ostida o‘rnatish va ko‘tarish
mexanizmi orqali amalga oshiriladi. U ikki tomonlama gidravlik ko‘tarish
harakatiga ega, payvandlangan yig‘ma truba shaklidagi qurilma.
Gidroko‘targichning yon tomonidagi qulflari zinapoyani kerakli
balandlikda turishini ta‘minlaydi.
Trapdan yo‘lovchilarning chiqish va tushish vaqtida mustahkam turishi
uchun, asosiy ramasida 4 ta ikki tomonlama harakatga ega tayanch
ko‘targichlari o‘rnatilgan.
Trapning gidravlik tizimi zinapoyaning ko‘tarilish mexanizmi va asosiy
rama tayanch ko‘targichlarini harakatga keltiradi.
Gidrotizimda bosim, 465-MTV nasosini DT 1500 TV doimiy tok
elektrodvigateli harakati orqali paydo bo‘ladi. Bu elektrodvigatel akkumulyator
batariyasidan quvvat oladi. Tizimda ish suyuqligi uchun AMF-10 moyidan
foydalaniladi.
Gidrovlik bakning sig‘imi 16,9 litr, gidrosistema zo‘riqish, bosimni
harorat tasirida ko‘tarilishirni oldini olish maqsadida klapanlar o‘rnatiladi.
Kechki paytda trap P-39 plafonlari orqali yoritiladi. Ular tik panellarning
ichki tomonidan o‘rnatilgan.
Trapning harakatlanish yo‘lini yoritish uchun uning old chap tarafida fara
va orqa tarafida signal fanarlari o‘rnatilgan.
Akkumulyator batariyasini kuchlanishi,tok kuchini agrigatlar ishlab
turganda nazorat qilish priborlari elektr qutida joylashtirilgan.
Yo‘lovchi trapining shassisi maxsus o‘zi yurar arava bo‘lib, asosiy
ramava yurish qurilmasidan iborat. Ramaning oldingi qismida haydovchi
o‘rindig‘i va boshqaruv o‘rnatilgan. O‘rta qismida elektrodvigatil o‘rnatilgan
rama tagida esa akkumliyator batariyasi joylashtirilgan quti joylashgan
g‘ildiraklar ilgagi ramaga ressorlar orqali amalga oshirilgan. Rama trapni
samolyot oldida o‘rnatish uchun tayanch domkratlari bilan jixozlangan.
Trapning ko‘tarilish zinasi yig‘ma ko‘tarma qurilma va pilla poyasi yuqori
qismi maydonchali karkasdan iborat. Yig‘ma ko‘tarma qurilma pastki va
balanddagi o‘zoro harakatlanuvchi qismlardan tuzilgan yig‘ma qurilmaning
yuqoridagi tekis kismi zinaning karkas qismi bilan xarakatlantirish asosida
ulangan. Yig‘ma qurilmaning pastki keng ko‘tarma qismi trap ramasining
asosiy qismiga xarakatlanish asosida qotirilgan.
Yig‘ma qurilmaning pastki bir bo‘lagi gidropryomnikning shtoki bilan
ulangan. Trapning karkasiga zinapoyalarning pastki va yuqori qismlari qotirish
uchun harakatlanuvchi va harakatlanmaydigan profillar qotirilgan. Profil ham
parallelogramma ko‘rinishida ulangan. Ular trapning zinapoyalari, yuqori
maydonchasini o‘zgarmas gorizontal holatda bo‘lishini taminlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: