76
To'lov darajasi bo'yicha berish
Ko'chmas mulk
Mijozning kredit qobiliyati sinfi 1
klass Kredit sifati sinfi
Yaxshi
Ssuda ta'minoti sinfi
Ta'minotli ssudalar
Ssuda ob'ekti
_______________ Buyurtmanoma bo'yicha eslatmalar
«DD.MM.GGGG.» formatida buyurtmanoma sanasi kiritiladi. Kiritiladigan
keyingi element ssuda summasi bo'ladi. Ssuda qanday valyutada beriladigan bo'lsa, summa
ham shu valyutada kiritiladi. Summa ma'lumotlar bazasiga to'liq muvofiq kelishi uchun
albatga tiyinlarda berilishi lozim.
Kiritish keyingi elementi kredit qo'llanadigan tarmoq kodi bo'ladi. Bunda
o'rnatilgan holatda qolish (po umolchaniyu) orqali ma'lumotlar bazasidan avtomat ravishda
xalq xo'jaligi tarmog'i kodi tanlab olinadi va bu kod mijoz kodi ro'yxatga olinayotgan
vaqtda qo'yiladi. Navbatdagi element ssuda hisobvaraqlari ro'yxatidan tanlash orqali
kiritish elementidir.
Tanlashning keyingi elementi ssuda maqsadini tanlash elementi, undan keyingi
kiritish elementi ssuda berish turi bo'lib, unda bazadagi mavjud turlarni tanlash taklif
qilinadi, bunday turlar - bir marta ssuda berish yoki to'lov darajasiga qarab ssuda berishdan
iborat jarayondir.
Bundan keyingi kiritish elementi o'z mablag'larining summasi bo'lib, u o'z
mablag'lari manbai summasi ko'rsatkichiga teng bo'ladi, bu mablag'lar korxona balansi
bo'yicha ma'lumotlarni kiritish vaqtida mijozning kredit qobiliyatini tahlil etish shaklidan
olinganligi sababli, undagi summa o'zgarmasligi lozim. «Enter" tugmasi bosilib, keyingi
kiritish elementiga o'tiladi. Bu keyingi ssuda muddati turini tanlash elementi bo'lib,
muddatlar turi ro'yxatidan muddatning kerakligi tanlab olinadi, so'ngra «Enter" tugmasi
bosiladi.
Navbatdagi kiritish elementi ta'minot turi yoki kafolat turini tanlashdir. Yo'nalishli
tasvirli tugma bosilganida o'ng tarafda, har haftada Markaziy bank tomonidan yangilanib
turiladigan spravochnik - kredit qaytarilishi kafolatlar turi ro'yxati paydo bo'ladi.
Sichqoncha bilan kerakli kafolat turi tanlab olinib, «Enter" tugmasi bosiladi. Quyida
kreditni qaytarish ta'minoti yoki kafolatlarning asosiy turlarini keltiramiz:
1)
transport vositalari;
77
2)
inventar
(biror idoraning mol-mulkn, asbob-anjomi);
3)
ko'chmas mulk;
4)
asbob-uskunalar;
5)
veksellar;
6)
aktsiyalar;
7)
hukumat kafolatlari;
8)
uchinchi tomon kafolatlari;
9)
depozit;
10)
boshqa ta'minot turlari;
11)
ta'minotsiz.
Keltirilgan barcha kqrsatichlar kiritilgandan so'ng garov qiymatini baholash sanasi
yoki kafolat yoxud ishonch xatini berish sanasi kiritiladi. Ushbu sana buyurtmanomadagi
sanadan farq qilmasligi lozim, quyi tizimda buning uchun dasturiy nazorat qilib borish ham
ko'zda tutilgan.
So'ngra garov qiymati summasi yoki kafolat summasi kiritiladi:
-
ssuda ob'ekti bo'yicha qisqa tavsifi yoki nimaga mo'ljallanganligini test shaklida
terish lozim. Darchada ssuda ob'ekti, beriladigan ssudaning o'ziga xos xususiyatlari yoki
aniq nimaga mo'ljallanganligi matn kqrinishida qisqacha qilib kiritiladi va bu matn ssuda
varaqchasiga tushganligidan, ko'pgina hisobotlarda ishtirok etadi;
-
keyingi maydonchada ssuda bo'yicha ixtiyoriy eslatmani kiritish mumkin.
Buyurtmanoma bo'yicha ko'rsatilgan ma'lumotlar
kiritilib, eslatma
bo'yicha so'ngi kiritish elementi kiritilgandan keyin ma'lumotlar bazasida bu
buyurtmanomani saqlab qo'yish uchun muloqot oynasi paydo bo'ladi.
Shakldan chiqib ketish uchun ochiq eshik tasviri tushirilgan tugma bosiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: