Z. S. Ubaydullayeva, sh. R. Xalimova muhandislik geologiyasi va gruntlar


-§. Gruntlarning mexanik xususiyatlari



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/252
Sana06.01.2022
Hajmi7,26 Mb.
#322513
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   252
Bog'liq
fayl 1625 20210826

23-§. Gruntlarning mexanik xususiyatlari 
        Gruntlarning  surilishiga  qarshiligi
    ularning    asosiy  mexanik  xossalardan 
biri  bo’lib,  u  ko’tarmalardagi  to’g’  jinslarining,  tog’  yonbag’irlarining  hamda 
inshootlar  zaminining  mustahkamligini  ifodalaydi.Tog’  jinslari  tashqi  kuch 
ta’sirida  siqilganda  ularning  zarrachalari  harakatga  keladi.  Bunda  zarrachalar 
orasida siljituvchi kuchga qarshi kuch, ya’ni ishqalanish kuchi hosil bo’ladi. 
        Sochiluvchan  gruntlarning  surilishga  qarshiligi  –  ularning  ishqalanishga 
qarshiligidir.  Bu  qonuniyat  Kulon  tomonidan  1773  yil  yaratilgan  bo’lib,  uni 
quyidagicha  ifodalash  mumkin:  sochiluvchan    gruntlarning  qarshiligi  –  ularning  
ishqalanishga  qarshiligi  bo’lib,  qo’yilayotgan    normal    kuchga  to’g’ri 
proporsionaldir.Zarrachalari  bog’langan  gruntlarning  siljishga  qarshiligi  ikki 
ko’rsatkich  orqali: 1) ichki ishqalanish;  2) tortishish bilan ifodalanadi. 
        Donalar  yuzalari  orasida    yuz  beradigan    ishqalanishga  ular  yuzasining 
g’adir–budurligi (dag’alligi) sabab  bo’ladi. Tashqi  kuch ortishi bilan donalar bir–
biriga yaqinlashib, ular orasidagi ishqalanish kuchayadi.Grunt g’ovaklari suv bilan 
to’lganda,  grunt  zarralari  orasidagi  ishqalanish  kamayadi.  Bunda  suv  moylovchi 
ro’lini  o’ynaydi.  Bundan  tashqari,  gilli  gruntlar  tarkibidagi  gil  zarrachalari  suv 
ta’sirida  ko’pchishi  natijasida  hajm  kengayishi  ro’y  berib,  zarralar  bir–biriga 
nisbatan  yana  ham  itariladi  va  molekulyar  kuchlar    ostiga  suv  zarraning 
dag’alligini  kamaytiradi.  Shu  sababli  namligi  ko’p  bo’lgan  gilli  gruntlarda 
ishqalanish juda ozdir. 
        Gruntlardagi  ichki  ishqalanish  ancha  murakkab  hodisa  bo’lib,  u  birinchidan 
o’zaro bir–biriga tegib turgan grunt donalarining ishqalanishidan, ikkinchidan bir–
biriga  suv  qobiqlari  orqali  bog’langan  oraliq  elementlarning  o’zaro 
ishqalanishidan,  uchinchidan  mineral    elementlarning  siljish  maydonida  namoyon  
bo’luvchi  aylana    siljishga  qarshiligidan  iborat.Tajriba  shuni  ko’rsatadiki,  ichki 


198 
 
 
ishqalanish  kuchi  ma’lum  qiymatga  qo’yilayotgan  kuchga  to’g’ri  proporsional 
ravishda o’zgarib boradi. 
        Kulon  qonuniga  asosan,  biror  tekislik  ustida  yotgan  zarrani  biror  kuch  bilan 
surish  kerak  bo’lsa,  uni  surish  uchun  bu  kuchga  qarama–qarshi  yo’nalgan 
ishqalanish  kuchining  qarshiligini  yengish  kerak  bo’ladi.  Agar  bir  birlik  yuzaga 
to’g’ri  kelayotgan  qarshilik  kuchini    S

  bilan    belgilasak  (o’lchami  МPа),  bu 
kattalik  quyidagicha ifodalanadi: 
S
k
 = P·f 
bu yerda:  f – ichki ishqalanish koeffitsiyenti;  
                 P – normal kuch, MPa. 
        Ishqalanish koeffitsiyenti burchak ishqalanishi  orqali ifodalansa,  quyidagicha 
yozish mumkin: 
S
k
 = P tg γ 
        Ishqalanish tog’ jinsining ichki qismida sodir bo’lgani uchun  f va γ gruntning 
ishqalanish koeffitsiyenti va ichki ishqalanish burchagi deb ataladi.  
  Sochiluvchan  gruntlar  uchun  ichki  ishqalanish  burchagi  grunt  zichligiga, 
tuzilishiga  bog’liq.  Gruntning  zichligini  ifodalovchi  kattalik  uning  g’ovakligiga 
bog’liq, bu holda yuqoridagi (2) ifodani quyidagicha yozish mumkin: 
 S
k
 = P tg γ
n                   
 
        Gilli gruntlarda qarshilik kuchi, asosan, uning namligiga (W) bog’liq bo’lib, u 
holda bunday gruntlar uchun (2) ifoda quyidagicha yoziladi: 
S
k
 = P tg γ + C

        Lekin  gilli  gruntlarda  qarshilik  kuchining  hosil  bo’lishi  murakkab  hodisa,  bu 
kattalikni  gruntning  boshqa  ichki  bog’lanishlari  bilan  bilan  birgalikda  ko’rish 
lozim bo’ladi. 


199 
 
 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish