Shtoklar
– batolitga nisbatan kichikroq hajmdagi intruziv jism.
Lakkolit
– uzunroq, dumaloq shakldagi intruziv jism bo’lib ko’pincha tag
qismi tekis bo’ladi.
15-rasm. Magmatik tog’ jinslarining yotish shakllari
Intruziv magmatik tog’ jinslari chuqurlikda yuqori bosim sharoitida hosil
bo’lganligi sababli sekin asta bir qotish ro’y beradi. Shuning uchun magmani to’la
kristallanishi ro’y berib, zich katta og’ir, to’la kristallangan tog’ jinslari (granit,
gabbro) yirik katta maydonlarni ishg’ol qilgan holda hosil bo’ladi.
Otqindi (effuziv) magmatik tog’ jinslari lavaning yer yuzasiga otilib
chiqib qotishidan hosil bo’ladi. Bu jarayon past bosim va harorat ostida bo’lib, lava
tez sovib tez qotadi. Buning natijasida undagi kimyoviy elementlar yaxshi
kristallanishga ulgurmaydi. Kristallanish jarayonida g’ovaklar hosil bo’ladi.
Bularga misol qilib basalt, pemza, tufni olish mumkin. Lavaning tezda qotishi
natijasida shishasimon yoki yashirin kristallangan tog’ jinslari hosil bo’ladi.
Magmatik tog’ jinslarining tarkibida barcha ma’lum bo’lgan kimyoviy
elementlarini uchratish mumkin. Bulardan 88%ni oksidlar, 2%ni juda oz miqdorda
tarqalgan kimyoviy elementlar tashkil qiladi.
Magmatik tog’ jinslari tarkibida SiO
2
qancha miqdorda bo’lishiga qarab 4
turga ajratiladi.
56
1.
Nordon tog’ jinslari, ularning tarkibida SiO
2
miqdori 75 – 65%
2.
O’rta tog’ jinslari, ularning tarkibida SiO
2
miqdori 65-52%
3.
Asosli tog ‘ jinslari ularning tarkibida SiO
2
miqdor 52-40%
4.
O’rta asosli tog’ jinslari ularning tarkibida SiO
2
miqdori 40% dan kam.
Ko’pgina olimlar joylashuv bo’yicha 3 – tur magmatik tog’ jinslarni ham
ajratadilar. Bular tektonik yoriqlarda magmani qotishidan hosil bo’lgan tog’
jinslaridir. Bunday tog’ jinslari tomir (жильные) magmatik tog’ jinslari deb
ataladi. Bu tog’ jinslari intruziv (chuqurlikda) tog’ jinslariga nisbatan birmuncha
yuqorida hosil bo’ladi.
Magmatik tog’ jinslarining bir – biridan farq qiluvchi xususiyatlardan biri
ularning ichki tuzilishi (struktura), hamda teksturasi hisoblanadi. Tog’ jinslarining
ichki tuzilishi deb ularni tashkil etuvchi zarralarining katta – kichikligini o’zaro
bog’lanishi, joylashishini va miqdorini xarakterlovchi xususiyatlarga aytiladi. Tog’
jinslarining ichki tuzilishi ularni tashkil qiluvchi minerallarning kristallanish
hamda keyinchalik sodir bo’ladigan o’zgarish jarayonlari bilan bog’liq bo’ladi.
Magmatik tog’ jinslarini tashkil etuvchi minerallar bir – birlari bilan
mustaqil bog’langan bo’lib, zich ichki tuzilishga ega. Lekin nurash jarayonida bu
ichki o’zgarishi natijasida ularda darzliklar paydo bo’lib, ularning fizik mexanik
xossalari ham o’zgaradi.
Magmatik tog’ jinslarining ichki tuzilishi magmaning tarkibi qanday
sharoitda o’tganligi hamda uning tashkil qiluvchi minerallarning kristallanganlik
darajasiga bog’liqdir.
Magmatik tog’ jinslari ichki tuzilishlariga asosan quyidagi turlarga
ajratiladi:
1.
Donador (to’la kristallangan) ichki tuzilish, kristallarning yoki
donalarning yirikligiga qarab:
a)
Yirik donali 5mm dan katta bo’lgan
b)
O’rtacha donali 5 mm dan 1 mm gacha bo’lgan
57
c)
Mayda donali 1 mm dan kichik bo’lgan tog’ jinslarga ajratiladi. Bu
xususiyat intruziv magmatik tog’ jinslarga xosdir.
2.
Yarim kristallangan ichki tuzilish.
3.
Shishasimon effuziv tog’ jinslariga xos bo’lgan ichki tuzilishlar
hisoblanadi.
4.
Porfirli bu ichki tuzilishda kristallanmagan yoki mayda donador tog’
jinslari tarkibida kam miqdorda yirik donalar uchraydi.
5.
Agarda yirik donalar mayda hamda o’rta donali tog’ jinslarida uchrasa
bunday ichki tuzilish porfirsimon ichki tuzilish deb ataladi.
Tog’ jinslarining teksturasi (tuzilishi) deb, ularni tashkil qiluvchi
qismlarni fazoda joylashuvini hajmiy ifodalovchi xususiyatga aytiladi. Tog’
jinslarida quyidagi teksturalar mavjud: bir xil tuzilgan, har xil tuzilgan qavat qavat
g’ovakli va boshqa teksturalar. Bir xil yoki zich tekstura. Bunda minerallarning
betartib lekin bir tekisda joylashuvlaridan (granit, diabaz va boshqalar) iborat.
Har xil turdagi tekstura. Bunda minerallar bir tekis joylashgan bo’ladi.
Varaqsiomon yoki qavat qavat tekstura. Bunda minerallar bir biriga
parallel holda joylashadi. Shu sababli bunday teksturali tog’ jinslarining ko’rinish
qat – qatliligi bilan farqlanadi. Tabiatda ko’p tarqalgan magmatik tog’ jinslari va
ularning tuzilishi berilgan. (5-jadval)
5-jadval
Gruntning strukturasi
Gruntning teksturasi
Donador
Qatlamli
Kitob uyi
Porfirli
Tarqoq
Bir jinsli
58
Do'stlaringiz bilan baham: |