Angidrid
– bu mineral suvsiz, birmuncha qattiq gips bo’lib, marmarni
eslatadi. Suv ta’sirida angidrid gipsga aylanadi va uning hajmi 30 foizgacha
oshadi. Rangi oq, kulrang yoki havorang, yaltiroqligi shishasimon, ulanish tekisligi
mukammal, zichligi 2,8 – 3 gr/sm
3
, sinishi tekis emas. Angidrid juda katta uyumlar
holida cho’kindi tog’ jinslari qatlamlari orasida uchraydi. Tabiatda ko’pincha sof
holda uchraydi. U bezak toshlari shaklida, hamda portlandsementni olishda
qo’shimcha yopishqoq modda sifatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |