Z. S. Ubaydullayeva, sh. R. Xalimova muhandislik geologiyasi va gruntlar



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/252
Sana06.01.2022
Hajmi7,26 Mb.
#322513
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   252
Bog'liq
fayl 1625 20210826

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Yaxshilangan  gruntlar.
  Tog'    jinslarini  sun'iy    yaxshilash  usullari  orqali 
turlarga  ajratishda  S.V.  Voronkevich  (1966)  kimyoviy  o’zgartirishni  asosiy 
yo’nalish qilib oladi. 
Tog' jinslarini kimyoviy o’zgartirish deganda juda kam miqdordagi (umumiy 
og'irligiga nisbatan 1 kam) kimyoviy  ta'sir etuvchilar bilan tog' jinslarining  o’zaro 
ta'sirida  gruntlar  xossalarining o’zgarishi tushuniladi. 
Sirti – aktiv moddalar 
bilan ishlov berilgan 
yaxshilangan 
Tuzlar bilan ishlov 
berilgan 
Eng qulay 
granulometrik 
tarkibga keltirilgan 
Kristalli bog’lanishga ega 
bo’lgan sun’iy gruntlar 
O’zgargan 
To’kilgan 
Yuvilgan 
Madaniy qatlam 
Kolmatatsiyalangan 
Zichlangan 
 


141 
 
 
Kimyoviy  o’zgartirish  usuli  lyossimon  va  gilli  tog'  jinslarida  qo’llaniladi. 
Bunda  grunt  yuzasida  ro’y  beradigan  jarayon  va  ho’disalar  orasida  eng    asosiysi 
adsorbsiya jarayoni va ionlarning almashinuvi hisoblanadi. 
Gruntlarni kimyoviy o’zgartirish usullariga quyidagilar kiradi: lyossimon va 
gilli  gruntlarga  tuzlar  yordamida  va  qremniyli  sirti-  aktiv  birikmalar  bilan  ishlov 
berish.  Gruntlarga  sun'y  yuborigan  tuzlar  ularning  xossasini  butunlay  o’zgartirib 
yuboradi.  Masalan,  bog'langan  gruntlarga  natriy  xlo’r  qo’shilsa  ro’y  beradigan 
fizik - kimyoviy jarayonlar natijasida gruntlarning suv  o’tkazuvchanligi kamayadi 
yoki  yo’qoladi.  Grunt  yuzasiga  kal'siy  xlorit  yeritmasi  qo’yilganda  chang  hosil 
bo’lishining oldi olinadi. Keltirilgan misollardan ko’rinib turibdiki sun'y tuzlangan 
gruntlar tuzlanmagan gruntlardan keskin farq qiladi. 
Ko’rsatilgan  ikki  holda  ham  gruntlarning  xossalari  ularning  ichki  tuzilishi  
va teksturasining  o’zgarishi, ya'ni  grunt donalari bilan  eritma orasidagi bo’linish 
yuzasining kamayishi kimyoviy  tarkibining o’zgarishida donalardagi ajralish yoki 
birikish  reaksiyasi  natijasida  ro’y  beradi.  Gruntlarga  tuzlar  bilan  ishlov  berish 
natijasida  faqatgina  ularning  suv  o’tkazuvchanligi  emas,  balki  plastikligi  va 
zichligi ham o’zgaradi. 
Dispergirlovchi  moddalar  gil-suv  harakatini  tezlashtirib,  gruntlarning 
oquvchanlik  chegarasini  kamaytiradi.  Ular  gruntning  zichligini  oshiradi  va 
zichlanish  sharoitini  ham  yaxshilaydi.  Birlashtiruvchi  moddalar    esa  aksincha, 
zichlanish uchun eng qulay namlikni oshiradi. Bu esa namligi ko’p bo’lgan joydagi 
gruntlar  uchun  kerak  bo’ladi.  Bu  jarayon  gruntlarning  sovuqdan  ko’pchish 
xususiyatini  ham  kamaytiradi.  Sun'iy  gruntlarni  hosil  qilishdagi  uchinchi  yonalish 
gruntlarni  zichlashga  asoslangan  usullardan  iboratdir.  Yo’llarga  eng  qulay 
aralashmalar ishlatish  va mexanik zichlash usullari kiradi. 
Gruntlarning  xususiyatini  yaxshilashda    eng  “qulay  aralashmalar”  shundan 
iboratki,  ma'lum  bir  granulometrik  tarkibdagi  gruntga  ma’lum  bir  yiriklikka  yega 
bo’lgan  donalarni  qo’shishdan  iborat    bo’lib,  natijada  eng  mustaxkam  grunt  hosil 
bo’ladiki,  uning    tashqi  kuchga  qarshiligi  yuqori  bo’ladi.  Qum  va  gil  donalarini 


142 
 
 
aralashtirish yo’li bilan xuddi shunday birikmalar hosil qilinadi. Bu birikmalarning 
qurilish  xossasi  yeng  yuqori  bo’ladi.  Ish  usuli  asosida  glinalar  qumlanadi  va 
qumlar glinalanadi. Qumlarning xossalarini yaxshilashda to’rfdan yoki chirindilari 
ko’p  bo’lgan  tuproqdan  ham  foydalanish  mumkin.  Gruntlarning    suv 
o’tkazuvchanligi  kolmatatsiya  jarayonida  zichlash  yo’li  bilan  kamaytiriladi.  G.A. 
Kuprina  va  Y.M.  Sergeev  (1955-1968)  ishlarida  kolmatatsiya  jarayonining 
glinalarning  mineralogik  tarkibi  va  ichki  tuzilishining  o’zgarishiga  ta’siri  yoritib 
berilgan. 
Montmorillonitli 
glinalarda 
mayda 
zarrachali 
qumlarga 
gil 
zarrachalarning kirib borish chuqurligi 20 sm ni, gidroslyudali glinalarda 10 sm va 
kaolinitli glinalarda -5 sm ni tashkil qiladi. 
Gruntlarni  mexanik  zichlashga  shibbalash  yo’li  bilan  yoki  dumalab 
harakatlanuvchi  mexanik  yo’li  bilan  va  hozirgi    zamon  mashinalari  bilan  zichlash 
kiradi. Zichlangan gruntlarning xususiyatlari xuddi shu tarkibdagi shibbalanmagan 
gruntlardan  farq  qiladi.  Masalan,  zichlangan  gruntlarni  muzlatish  yo’li  bilan, 
ularning  mustahkamligi  oshadi,  suv  o’tkazuvchanligi  va  ko’pchishi  kamayadi  va 
hokazo. Bu usullar qurilish tajribasida uzoq yillar davomida qo’llanib kelinmoqda. 
Bu  usulda  gruntda  sun’iy,  ya’ni  bog'lanishlar  hosil  bo’lmaydi,  balki  faqatgina 
zichlanish    jarayonida  gruntlarning  ichki  tuzilishida    bog'lanish  ko’payadi.  Bu 
usulning  nazariy  asosi  shundan  iboratki,  grunt  donalariga  har  xil  namlikda  va 
zichlikda ta’sir etiladi.  
Gruntlarni  zichlashda  qumli,  lyossimon  va  gilli  gruntlarning  granulometrik 
tarkibini “eng qulay aralashma” usuli, kolmatatsiya va gillash, tog' jinslarini kuch 
ta’sirida zichlash yoki tebranish orqali erishiladi.  
Yuqoridagi  usullar  tog'  jinslaridagi  bo’shliqlarni  va  yoriqlarni  to’ldirishga 
asoslangan  bo’lib,  ularning  tuzilishini  o’zgartiradi.  Gruntlarni  zichlashga 
asoslangan  hamma  usullarda  tog'  jinslaridagi  gruntlarning  ichki  tuzilishi  va 
teksturasi  o’zgaradi.  Shu  subabli  zichlash  natijasida  hosil  bo’lgan  sun’iy  gruntlar 
tashqi muhit ta’siriga tez uchraydi.  


143 
 
 
Shunday qilib, kristall bog'lanishlari bo’lmagan tog' jinslari kimyoviy usullar 
bilan  va  zichlash  natijasida  o’zgartirilgan  gruntlardir.  O’zgargan  gruntlarga: 
to’kilgan, yuvilgan gruntlar va madaniy qatlamlar kiradi.  
To’kilgan  gruntlarni  ikki  turga  ajratish  mumkin,  ya’ni  qurilish  bilan  bog'liq 
bo’lgan  gruntlarga  ko’tarmalar,  avtomobil  va  temir  yo’llar,  to’g'on,  sanoat  bilan 
bog'liq bo’lganlarga tog'-kon sanoati qoldiqlari misol bo’ladi. 
Avtomobil  va  temir  yo’llarni  qurishda  qurilish  materiallari  sifatida 
konlardan  olinadigan  gruntlardan  foydalaniladi.  Ko’tarmalardagi  bu  gruntlar 
tuzilishi bilan tabiiy gruntlardan farq qiladi: bu gruntlarda havo va suv rejimi tabiiy 
holda  yotgan  gruntlarning  suv  va  havo  rejimidan  farq  qiladi.  Ko’mir  va  boshqa 
foydali  qazilmalarni  qazib  olish  mobaynida  juda  ko’p  tog'  jinslari  ham  yer 
yuzasiga chiqarib olinadi. Buning natijasida to’kilgan gruntlarning yana bir boshqa 
turi  hosil  bo’ladi.  Bunday  gruntlarga,  ko’pincha,  sanoat  va  transport  qoldiqlari,  
ayrim  shkalalar  kiradi,  ya’ni  ular  to’kilgandan  so’ng  yer  qobig'ining  bir  qismi 
bo’lib qoladi.  
Yuvilgan  gruntlar  katta  daryo  qayirlarida  va  ularni  inson  tomonidan  qayta 
qurishda  hosil  bo’ladi.  Yuvilgan  gruntlarning  zichligi  va  namligi,  ko’pincha, 
birinchi ikki hafta davomida juda tez o’zgaradi. Shu sababli bir yerdan har yilda bir 
xil  usulda  olingan  qumlarning  zichligi  va  namligi  bir-    biriga  yaqin  bo’ladi.  Vaqt 
o’tishi  bilan  yuvilgan  gruntlarda  qo’shimcha  bog'langanliklar  hosil  bo’lib  uning 
mahkamligi oshadi.  

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish