1.O’quv amaliyotni o’tkazishga qo’yiladigan asosiy maqsad vazifalari
1.1. O’quv amaliyotining maqsad va vazifalari. O’quv amaliyoti talabalarning ingliz tili fani va pedagogika, psixologiya, yosh fiziologiyasi fanlari bo’yicha olingan nazariy bilimlarini kasbiy faoliyatda qo’llay olish bo’yicha dastlabki ko’nikma va malakalarini shakllantirishga xizmat qilishi kerak.
O’quv amaliyotining maqsadi quyidagilardan iborat:
- bo’lajak ingliz tili o’qituvchisida avvalgi bosqichlarda egallagan nazariy bilimlarini kasbiy faoliyatga qo’llash bo’yicha dastlabki tasavvurlarini, ko’nikma va malakalarini shakllantirish;
- zamonaviy pedagogik texnologiyalarni pedagogik amaliyotda qo’llash namunalari bilan tanishish, mashg’ulotlarni tashkil qilishning usullarini o’rganish va pedagogik jarayonlarni kuzatish, tahlil qilish, xulosalar chiqarish ko’nikma va malakalarini egallash.
O’quv amaliyotni o’tkazishdan maqsad – bo’lajak ingliz tili o’qituvchilariga dastlabki kasbiy ko’nikma va malakalarini, tasavvurlarini shakllantirishdan iborat.
O’quv amaliyotni o’tkazishning vazifasi – talabalarda maktab, akademik litsey va kasb-xunar kollejlaridagi ingliz tili ta’limi jarayonini loyihalashtirish, tashkil etish, o’tkazish usullari bilan tanishtirish, ta’lim jarayonini kuzatish, tahlil qilish ko’nikma va malakalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
Talabalar bilimiga qo’yiladigan talablar:
- ingliz tilidan maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari ingliz tili kurslarining mazmunini, ilmiy metodik asoslarini puxta egallagan bo’lishi;
- pedagogika, psixologiya, yosh fiziologiyasi fanlari bo’yicha nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llay olishi;
- ingliz tili darslarini tashkil qilish bo’yicha dastlabki tasavvurlarga ega bo’lishi;
- tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish, o’tkazish va ularning samaradorligini aniqlashni bilishi zarur.
O’quv amaliyotining o’quv fanlari bilan aloqasi.
O’quv amaliyoti oldingi bosqichlarda egallangan pedagogika, psixologiya, yosh fiziologiyasi fanlari bilan bevosita aloqadorlikda bo’lib, kelajakda malakaviy amaliyotni tashkil etishda bo’lajak matematika o’qituvchilarining pedagogik mahoratini shakllantirish va rivojlantirish, kasbiy ko’nikma va malakalarini shakllantirish va rivojlantirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Shuning uchun ham bo’lajak ingliz tili o’qituvchisining kasbiy tayyorgarligini amalga oshirishda, kurs va malakaviy bitiruv ishlarini yuqori saviyada bajarishiga yaqindan yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |