eksperimental psixologiya
- eksperimental
metodlar vositasida psixik hodisalarni tadqiq qilishning umumiy
nomlanishidir.
XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida o ‘zining tadqiqotlari
bilan psixologiya sohasiga ulkan hissa qo‘shgan deyarli barcha
psixologlar eksperimentatorlar bo'lishgan. Bugungi kunda esa
eksperimental psixologiyaning rivojlanishi ancha tezlashib, yangi-
yangi sohalar tadqiq qilinmoqda. Psixologik metodlaming rivojla
nishi va kengayishi bilan birga u o ‘zicha boshqa bir qator ilm
sohasiga oid metodlar bilan ham chambarchas bog‘liq: neyrofizio-
logiya, biologiya, siyosatshunoslik va boshqalar.
Eksperimental psixologiyani o ‘rganishdan maqsad psixika rivoj-
lanishining individual va yosh xususiyatlarini bilgan holda ularni
obyektiv metod va usullar bilan o ‘rganishdan iborat. Eksperimental
psixologik tadqiqotlar psixodiagnostik tadqiqotlardan tubdan farq
qiladi. Psixodiagnostik tadqiqotda aniq individ yoki individlar guruhi
haqida m a’lumot olinadi, eksperimental tadqiqotda nazariy faraz
tekshiriladi.
1.2. Nazariya va uning tuzilishi
Eksperiment nazariyani tekshirib ko‘rish uchun o ‘tkaziladi.
Nazariya ichki bilishning nutqiy tizimiga izoh beradi. Nazariyaning
mantiqiy qismlari bir-birini rad etadi. Nazariya asosida uning
tushunarli obyektiv haqiqatlari yotadi.
Mavjud ko'plab shakllar nazariy bilish: qonunlar, tasniflar va
turlar, modeller, chizmalar, farazlardan iborat. Har bir nazariya o ‘z
ichiga quyidagi tarkibiy qismlarni oladi: 1. Empirik oqibatlar poyde-
vori (dalillar, empirik qonun-qoidalar). 2. Asos - ko‘plab birlamchi
sharoitlar (faraz, shart-sharoitlar farazi, aksioma), bu nazariyaning
fikriy obyekti sifatida qaraladi. 3. Ko'plab nazariyalar asosiy nazariy
bilimlarni mustahkamlaydi.
Nazariy bilimlar tarkibiy qismlarining kelib chiqishi turlichadir.
Nazariyaning empirik tuzilishi tadqiqot va eksperiment natijalari
bilan izohlanadi. Nazariyaning ideallashtirilgan obyekti o ‘zi bilan
(tanish) aniqlikning tanish-ramziy modelini yaratadi. Qonunlar
6
nazariyani shakllantiradi, ayni paytda (aniqlikni) borliqni emas, ideal
obyektni ta’riflaydi. Uslubiy qurilma aksiomani va gipotetik-deduk-
tiv nazariyalarni rivojlantiradi. Birinchidan, nazariyaning ramkasi
boMmish, isbot talab etmaydigan, zarur va yetarli bo‘lgan aksioma-
lardan qurilgan bo‘ladi. Ikkinchidan, farazlaming empirik, induktiv
asoslari mavjudligi, nazariyalar matematik apparatning sifat quril-
masi tarzida, shaklan, rasmiy tomondan rivojlanadi. Sifat naza
riyalarni psixologiyada A. Maslouning qarashlari, L. Festinger, Dj.
Gibsonning ekologik idrok qarashlarida ko‘rish mumkin. Shakliy
nazariyalar qoMlaniladigan matematik apparatning tuzilishida na
moyon bo‘ladi. Bu nazariya D. Xonsonning ishlarida o ‘z aksini
topgan, aqliy nazariya J. Piaje, motivlar nazariyasi K. Levin, D.Kelli
tomonidan yaratilgan. Formal nazariyalar matematikada ishlatila-
digan apparatda namoyon bo‘ladi.
Empirik yo‘nalish nazariyaning sifatini rivojlantiradi, haqiqatni
yozish uchun lozim boMadi. Nazariya faqatgina borliqni aks ettir-
maydi, balki uning tuzilishini ham ko‘rib chiqadi, eksperimental
natijalar, nazariyaning holati va uning ta’sirini hisobga oladi.
Mavjud vaqtda o‘tkazilgan eksperiment natijalarida faqat bitta
emas, balki ikki yoki undan ortiq nazariyalar isbotlanib tushun-
tiriladi. Masalan, psixofiziologiyada sensorning uzluksizligi haqida
nazariya mavjud. Psixofiziologiyada shaxsning bir qancha sifatlari va
empirik ta’sir etuvchi omillari isbotlangan. (G. Ayzenk modeli,
R. Kettell modeli, «Katta beshlik»).
Taniqli metodolog B. Feyerbend «Tirishqoqlik tamoyili»da eski
nazariyalarni rad etmaslik lozim, hatto ularning aniq isbotlarini e ’ti-
borsiz qoldirib bo‘Imaydi, deb hisoblaydi. Ikkinchi uning tamoyili
metodologik anarxizm tamoyili: «Fan o ‘zi bilan anarxistlikni vujud-
ga keltiradi, nazariya qonunlar asosida har doim progressiv rivoj-
lanishda... Bu tarixiy voqealarni analiz qiladi va isbot etadi, fikr va
harakat orasidagi munosabatni mavhum tahlil qiladi. Asosiy tamoyil
progressiyaga to'sqinlik qilmaydi, bu «Hammani qo'yib yuboramiz»
deb ataladi. Masalan, biz farazlarni qo‘llashimiz mumkin, bular
nazariyada ko‘rsatilgan va eksperiment natijalarida isbotlangan
b o iish i lozim. Fanni konstruktiv harakatlar bilan rivojlantirish mum
kin» (Feyerbend. 1986).
7
Do'stlaringiz bilan baham: |