predmetlar orasidagi aloqani ilg‘agan tarzda tahliliy idrok qilish
bosqichi (o‘smirlik davridan). Shunga o‘xshash bosqichlami V.Shtem
ham ko‘rsatgan.
L.S.Vigotskiy eksperimental yo‘l bilan V.Shtem tomonidan ilgari
surilgan idrok bocqichlari idrok qilishni emas, balki idrok hamda
nutq rivojlanishining ma’lum bir bosqichidagi o‘zaro munosabatni
izohlaydi, degan fikrni bildiradi. Badiiy idrokda — tasvirning
mazmunini tushunishda asarning kompozitsiyasi, rasmning
mazmuniy va strukturaviy mohiyatining muvofiq kelish darajasi katta
ahamiyatga ega.
Estetik idrok bolaning turli xil badiiy hamda kundalik faoliyati
davomida rivojlanadi. Kattalar tomonidan to‘g‘ri yo’naltirilishi bog‘cha
yosh davridayoq estetik idrokning ancha yuqori darajaga ko‘tarilishiga
olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |