Faoliyatni optimallashtirish – mehnat qilish o‘qish uchun yeng qulay sharoitlar, psixologik imkoniyatlar yaratish yo‘li bilan muayyan faoliyatning samaradorligini orttirish.
Flegmatik temperament – sekin kuchsiz va barqaror yemotsional qo‘zg‘aluvchanlik bilan tavsiflanadigan individual xususiyat.
Xarakter xislati – ijtimoiy muhit ta’sirida tarkib topgan shaxsning xatti-harakatlarida muntazam uchraydigan doimiy xususiyat va sifatlar yig‘indisi.
Xalollik – shaxsning o‘z burchi va ye’tiqodlariga nisbatan sadoqatida atrofdagi borliqqa hamda kishilarga vijdonan munosabatda bo‘lishida ifodalanadigan axloqiy sifati.
Xulq – inson hamda hayvonlarning tashqi muhitga bo‘lgan munosabatini va ichki psixik hayotini ifodalovchi xatti-harakatlar tizimi.