Birinchi bosqichda ish joyi yoki faoliyatning fiziologigienik va psixologik xususiyatlari baholanadi. Bu to‘g‘ridan to‘g‘ri ushbu faoliyatni o‘rganish yoki ishlab chiqilgan me’yoriy talablar va ish yurituvchi hujjatlar, ko‘rsatma, texnologik xarita, o‘quv dasturlari, ma’lumotnomalarni qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Bu bosqichda muayyan ish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulay vaziyatlarni aniqlash muhim hisoblanadi
Faoliyatni o‘rganish asosida ushbu mutaxassislik bo‘yicha nomzodga qo‘yiladigan talablar tizimi ishlab chiqildi:
-tibbiy talablar (sog‘liq holati, umumiy tibbiy ko‘rsatkichlar);
-talimiy talablar (umumiy va maxsus tayyorgarlik darajasi);
-xarakterologik talablar (xarakter va shaxs xususiyatlari, motivasiya);
-psixologik va psixofiziologik talablar (xotira, diqqat, tafakkur, reaksiya tezligi, emotsional barqarorlik, markaziy nerv tizimining xususiyatlari va boshqalar)
Do'stlaringiz bilan baham: |