Z. N. Yulchiyeva, N. A. Mirashirova, sh. D. Usmanova, G. G. Kuvandikova, I. N. Mustafaeva, D. F. Hamroqulova kasbiy psixologiya oliy texnik ta’lim yo’nalishlari uchun darslik Toshkent 2021



Download 497,76 Kb.
bet83/108
Sana08.07.2022
Hajmi497,76 Kb.
#757883
TuriУчебник
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   108
Bog'liq
yulcieva

Nazorat uchun savollar:
1. Kasb tanlash va kasbga moslashishni izohlang.
2. Kasb tanlashda uzviylik.
3. Kasbiy motiv mazmuni nimadan iborat?
4. Kasbiy motivatsiya nima?
5. Kasbiy moslashuv deganda nimani tushunasiz?
6. S.L.Rubinshteyn insonning hayotga munosabatini ifodalovchi necnta usulni ajratib ko‘rsatgan?
7. Hayotiy faoliyat modusini tushuntiring.
8. Shaxsning hayotiy va kasbiy shakllanishini dinamik xarakteriga tushuncha bering.
9. Yetuklik davrida kasbiy qayta yo‘naltirish va uning kasbiy shakllanish jarayoniga ta’siri qanday omillar orqali aniqlanadi?

VII- BOB. KASBIY TANLOVNING UMUMIY MASALALARI VA UNING TUZILISHI

Kasbiy tanlov tushunchasining mohiyati


Zamonaviy mutaxassislarni tayyorlashdagi asosiy muammolar orasida ikkita predmetli sohani alohida ajratib ko’rsatish muhimdir: “kasbiy sifatlar” va “kasbiy taraqqiyot”. Kasbiy sifatlar insonning butun umrida unga hamroh bo’ladigan va hayot faoliyati davomida muhim o’rin tutadigan “Men kimman?” degan ongli savolga asosiy e’tiborni qaratadi. Taraqqiyot esa kasbiy rivojlanishga, ishning sifatini ortishiga, izlanishlardagi kashfiyotlarga, qaror qabul qilishdagi egiluvchanlikka yo’naltirilgan bo’ladi.
Kasbiy shakllanishda kasbiy sifatlar va taraqqiyot bir-biri bilan chambarchas bog’liqdir: kasbiy sifatlar bir tomondan kasbiy taraqqiyot jarayonida shakllansa, boshqa tomondan –shaxsning mutaxassis sifatida namoyon bo’lishining muhim ko’rsatkichi hisoblanadi. Amaliy jihatdan bu quyidagilarni anglatadi: yangi ijtimoiy-iqtisodiy dinamik sharoitda o’z sha’niga ega bo’lish, raqobatda sinmaslik, farovon kelajakni ta’minlash uchun mutaxassis doimiy rivojlanishda bo’lishi, qolaversa, ijtimoiy va mehnat sharoitida o’zining mavqeini tahlil qilib borishi lozim. Shuning uchun kasbiy sifatlarni tadqiq qilishning zamonaviy yo’nalishi shaxsning ijtimoiy va kasbiy taraqqiyoti jarayoni bilan bog’liq jihatlarni o’rganish hisoblanadi.
Kasbiy shakllanish individning mutaxassisga aylanish sifatida insonning o’zi haqidagi, kasbiy va ijtimoiy muhitdagi mavqei haqidagi tasavvurlarining o’zgarishi, qolaversa, yangi kasbiy sifatlarni o’zida tarkib toptirishi, keng ma’noda aytadigan bo’lsak – shaxsning kasbiy o’z-o’zini anglashi bilan hamohanglikda kechadigan jarayondir. Kasbiy shakllanish inqirozlari davrida kasbiy sifatlar yaqqol namoyon bo’ladi.
Xorij manbalarida kasbiy sifatlar muammosini tadqiq qilishga nisbatan ikkita yo’nalish ko’rsatib o’tilgan: birinchisi kasbiy taraqqiyotga shaxsning o’z ustida ishlashiga yo’naltirilgan, ikkinchisi esa, kasbiy shakllanishning ijtimoiy tomonlari va omillariga yo’naltirilgandir. Dj.Sonenfeld kasbiy sifatlar kasbiy taraqqiyot jarayonida yuzaga kelishi va shakllanishini aytib o’tgan. Kareraning o’sishi turli kasbiy sifatlarning o’zgarishi bilan kuzatiladi. Alohida, xususiy kasbiy sifatlardan biroz umumiyroq kontseptual sifatlarga o’tish sodir bo’ladi. Aynan kontseptual sifatlar kareradagi o’sishni va kasbiy taraqqiyotning bosqichini aniqlab beradi.
R.Finchman ishlarida asosiy e’tibor kasbni egallash jarayonida kasbiy talablar, axloqiy me’yorlar, qadriyatlarni anglashga qaratiladi. Kasbiy sifatlarining shakllanish jarayoni insonga kasbiy o’zini-o’zi boshqarish imkonini beruvchi kasbiy taraqqiyot davomidagi individual xususiyatlar va ijtimoiy ta’sirlarning o’zaro muvofiqligi sifatida namoyon bo’ladi.
S.Djoshli o’zining ijtimoiy tadqiqotlarida Rim aholisining kasbiy sifatlari va mavqeini tahlil qilib, shunday xulosaga kelgan: kasbiy sifatlar faoliyat bilan bog’liq bo’lib, kasbning rasmiy va norasmiy mavqeining o’zaro muvofiqligi asosida shakllanadi. Faoliyat haqidagi mavjud tasavvurlar bilan muvofiq kasb nomlari o’ziga yarasha me’yoriy talablarga egadir va shuning uchun ham o’z-o’zidan shaxsga ma’lum ma’noda ta’sir o’tkazadi. Faoliyat mazmunidan tashqari kasbiy sifatlarga munosabatlar tizimi, insonning boshqalar bilan o’zaro hamkorligi ham ta’sir qiladi.
K.Mak-Goven va L.Xartlar asosiy urg’uni o’z tarkibiga kasbiy rollarni amalga oshirish va yangi qadriyatlarni, ustanovkalarni va kasbiy sifatlar tarkibini rivojlanishi uchun talab etiladigan maxsus bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishni qamrab oluvchi ijtimoiy o’rganish jarayoniga qaratadilar. Pedagoglarning kasbiy shakllanishini tadqiq qilish natijasida quyidagicha tahliliy xulosaga kelingan: pedagog-talabalar tanqidiy tafakkur, shaxslararo munosabatlar, nizolarni bartaraf etish kabi sohalar yuzasidan maxsus bilim, ko’nikmalarni o’zlashtirishlari, qolaversa, kompyuter texnologiyalari va turli metodlarni qo’llay olishlari zarur.
Kasbiy sifatlarining shaxsiy va ijtimoiy aspektlarining muvofiqligi g’oyasi “psixoijtimoiy sifatlar” tushunchasida to’laligicha aks ettirilgan bo’lib, u kasbiy taraqqiyotning ijtimoiy kontekstlari bilan bog’liq kasbiy sifatlarni anglatadi. Bu bilan shaxs taraqqiyoti va faoliyatni amalga oshirishda ijtimoiy muhitning roli alohida ko’rsatib o’tiladi. Muammoga bu jihatdan yondoshish G.Teshfelning ijtimoiy sifatlar nazariyasi yuzaga kelgandan so’ng ommalashib ketdi. Faoliyat va o’zaro hamkorlikni o’zlashtirish natijasida shakllanuvchi ijtimoiy sifatlar ishchilar guruhining o’zaro munosabatlariga hamda individning kasbiy taraqqiyotiga ta’sir o’tkazadi.
Kasb-jamiyatga zarur bo‘lgan faoliyatning tarixan yuzaga kelgan shakllaridir. Uni bajarish uchun inson bilim, ko‘nikma va malakalar yig‘indisiga mos keluvchi qobiliyat va kasbiy muhim sifatlarga ega bo‘lish lozim. Kasb (aniq bir kishi nuqtai nazaridan)-bu faoliyat bo‘lib, uning yordamida ushbu shaxs jamiyat hayotida ishtirok etadi va bu unga yashash uchun zarur bo‘lan moddiy vositalar asosiy manbai bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, u shaxsiy o‘zini o‘zi amalga oshirishning vositasi ham hisoblanadi.

Download 497,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish